Skip to main content

Yangi hissiyotlar va adrenalin izlayapsizmi? Shunchaki jismoniy yuklamadan ko‘ra ko‘proq narsani taklif qiladigan uchta qiziqarli faoliyat bilan tanishing. O‘tgan sonlarimizning birida biz sport ixlosmandlariga ot sporti, golf, qoyaga ko‘tarilish sporti, armrestlingni maslahat bergandik – endi esa diqqatingizni yanada noodatiy mashg‘ulotlarga qaratishingizni tavsiya qilamiz. 

Rafting

Dam berib shishirilgan qayiqda pishqirgan daryolar bo‘ylab tushish – nafaqat jismoniy chidamlilik va tizimli harakatlanishni, balki, birdamlikni ham talab qiladigan jamoaviy sarguzasht. Ustiga ustak, jamoada ishtirok etish hisobidan yangilar ham, tajribali sportchilar ham o‘zlarini sinab ko‘rishlari mumkin. Bunday faoliyat timbilding uchun mos keladi (agar suzishni biladigan va toshqinli oqimlardan qo‘rqmaydigan odamlardan keragicha to‘play olsangiz). Qolaversa, rafting bilan shug‘ullanishni boshlasangiz, sizda shu kabi sport turlari qiziquvchi yangi tanishlar davrasi paydo bo‘ladi.

Rafting, tog‘ velosipedi va sapbord: O‘zbekistonda dam olish kunlarini o‘tkazishning ekstremal usullari, 7men.uz

O‘zbekistonda mashhur manzilgohlarni uchratish mumkin, masalan, Chirchiq yaqinidagi Ugam daryosida topish mumkin. U yerda nafaqat maftunkor tepaliklardan, balki aql bovar qilmas tabiat manzaralaridan bahramand bo‘lish mumkin. Yodda tuting, manzilgohlar turli darajadagi qiyinchiliklarga ega, bunisini instruktoringizdan avvaldan so‘rab bilib oling. Har bir raftga oltita qatnashchi va ikkita yo‘lboshchi-instruktor sig‘adi. To‘g‘ridan to‘g‘ri oqiziq davomiyligi –40 daqiqa atrofida. Batafsil ma’lumotni @raftingclub.uz Instagram-akkauntida bilib olishingiz mumkin. 

Po‘rtanalarga qarshi chiqib, ushbu maroqli sarguzashtning har bir daqiqasidan lazzatlangan holda kunni suvda o‘tkazing! 

Tog‘ velosipedi

Tog‘ velosipedida uchish ham o‘zida jismoniy yuklama, adrenalin vulqoni va manzarali tabiatni tadqiq etishni mujassamlashtirgan. Sportning bu turi faol hordiqni sevuvchilar va qiyinchiliklardan qo‘rqmaydiganlar uchun ayni muddao. 

Baribir bunga jiddiy yondashing: agar sinab ko‘rish qaroriga kelgan bo‘lsangiz, farqlarini ikir-chikirigacha o‘rganib chiqing va sizga aynan qanday velosiped kerakligini tanlang. Tog‘ velosipedlari yerning o‘nqir-cho‘nqir yuzalari uchun ishlab chiqilgan. Ularning rama va g‘ildiraklari nisbatan pishiq, protektorli shinalari keng, old va orqa ilgaklar va tik tushish va ko‘tarilishlarga moslangan tezlik darajasini uzatish tizimi mavjud.

Rafting, tog‘ velosipedi va sapbord: O‘zbekistonda dam olish kunlarini o‘tkazishning ekstremal usullari, 7men.uz

O‘zbekistonda manzilgohlarni havaskorlar tomonidan uzoq vaqt mobaynida har qanday darajadagi tayyorgarlik uchun trassalar yotqizilgan Chimyon va Bildirsoyda topish mumkin. Kerakli asbob-anjomlar: himoya shlemi, xavfsizligingizni ta’minlaydigan tizza va tirsak sovuti haqida unutmang. 

Tog‘ velosipedi – qiyin, biroq toza havoda vaqt o‘tkazish, quvvat to‘plash va tabiatdan zavqlanishning esda qolarli usuli. 

Sapbording 

Sapbording (stand-up paddleboarding, ingliz tilidan so‘zma so‘z tarjima qilganda – “baydarkada tik turib eshkak eshish”) – syorfing va kayaking sport turlarining chatishmasi: maxsus doska (sap)da rostakamiga turib, uncha katta bo‘lmagan tezlikda eshkak bilan eshasiz va yuza bo‘ylab bir tekis harakatlanasiz.

Rafting, tog‘ velosipedi va sapbord: O‘zbekistonda dam olish kunlarini o‘tkazishning ekstremal usullari, 7men.uz

Sapbording haqiqatdan ham tez o‘zlashtiriladi. U barcha muskul guruhlarini mashq qildirgan holda muvozanat, harakatlar muvofiqligi va kuchni rivojlantirishga yordam beradi. Toshkent viloyatida u bilan Chorvoq va Tashmoreda shug‘ullanishadi. U yerda instruktor bilan ham suzish mumkin – birinchi marta ko‘pni ko‘rganlar yonida mashq qilgan ma’qul, keyin, agar yoqsa, o‘zi mustaqil yoki do‘stlari bilan suzishi mumkin. Bu joylarda sapbordlar ijarasi ham yaxshigina rivojlangan – masalan, Supbor.uz saytidan qarab ko‘rish mumkin.

Sapbording, ehtimol, butun oila bilan faol dam olish yoki suvda sportning ekstremal turlaridan tanaffus qilishga qaror qilgan do‘stlar bilan ozmi-ko‘pmi tinchroq suzish uchun mos keladi. 

Matn: Denis Ustyansev