24 ta mamlakat, uch oy, deyarli 25 ming kilometr. Kunlarning birida Umid Salamullayev avtomobilda sayohatga chiqishga qaror qildi va natijida yarim Yevropani aylanib chiqdi. U buni qanday uddalaganini aytib beramiz.
Umid bunday safarga chiqishni anchadan beri o‘ylagan edi. Aslini olganda, u mashinalarni bolaligidan yaxshi ko‘radi. Kichik yoshidanoq ota-bobosidan mana shu ajoyib avtomobillarning kapotlari ostida nima borligiga qiziqar edi. 18 yoshida avtomaktabga borishni boshladi. Imtihonlarni muammosiz topshirdi va sayohat qilishni boshladi. Biroq, albatta, bunday uzoq safarlarga darhol chiqqani yo‘q.
«Avval Toshkent viloyati bo‘ylab yurishni boshladim, keyin tog‘larda, undan keyin esa mamlakatimiz shaharlariga navbat keldi, — deydi u. —
Do‘stlarimiz bilan uzun dam olish kunlari yoki bayram kunlarini kutib, respublikani o‘rganib chiqish uchun yo‘lga chiqardik, axir O‘zbekistonimiz tarixiy shaharlar va ularning tashqarisidagi go‘zal tabiatga boy. Natijada men butun mamlakatni mashinada bir necha marotaba aylanib chiqdim».
Ammo, butun O‘zbekiston ham yetmadi! Tez orada Umid Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston yo‘llari bo‘ylab sayohat qilar edi. 2020-yilning mart oyida esa Peterburgdan tanishi aziz do‘stini mehmonga taklif qildi. Keyin esa Gamburgdan tanishi ko‘ng‘iroq qilib, undan birgalikda qoyaga chiqish taklifi tushdi… Bunday takliflarga rad javobini berish juda qiyin edi.
«Suhbatdan keyin men xaritani ochib, Germaniyadan Italiyagacha marshrutni qurishni boshladim, u yerga uchib kelganimdan so‘ng ijaraga
mashina olish haqida o‘ylayotgan edim. Biroq, Piter esimga tushib, marshrutni to‘g‘ri o‘sha yerdan boshladim. Keyin esa yana biroz o‘ylanib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Toshkentdan borishim mumkinligini qaror qildim. Yevroturimning g‘oyasi ana shunday paydo bo‘ldi».
Ammo bu 2020-yil edi. Karantin boshlandi, va butun dunyo bir necha yilga yopildi. Shu sababli sayohatimni yaxshi kunlar kelgunicha kechiktirishga to‘g‘ri keldi.
ALPINIZMDAN BOSHLAB MARAFONGACHA
Bu yerda biroz lirik chekinish qilish lozim. Umid allaqachon sport bilan yashaydi. U, mana 15 yildirki, alpinizm bilan shug‘ullanadi, sport masteri nomzodligini qo‘lga kiritdi va instruktor hamda tog‘ qutqaruvchisi bo‘lib ishlab kelmoqda. Va bu uning sport sohasidagi yagona qiziqishi emas! Bizning qahramonimiz qoyaga chiqish sporti, snoubord, tog‘ velosipedi, paraplanerizm, rafting bilan ham shug‘ullanadi. Hattoki yugurishdan ha qochmaydi.
«Bir payt kelib yugurishni boshladim: yarim marafonlar, marafonlar va ultra, ya’ni klassik 42 kilometrdan oshgan masofalar, — deb gapirib berdi Umid. — Va asta-sekin triatlon haqida o‘ylanishni boshladim. Juda katta xohish bor edi, anchadan buyon qiziqardim, lekin navbatdagi nobudjet xobbiga sho‘ng‘ib ketishga shoshilmasdim, chunki bu odatdagidek hayotimning bir qismiga aylanib qolishi mumkin edi».
Lekin, baribir ham, bu qiziqish uni o‘z og‘ushiga tortib oldi. Avval yarim marafon, keyin butun bir masofa, va mana qarabsizki, Umid Ironman Astana musobaqasida ishtirok etmoqda. Aslida, aynan triatlon uning avtomobilda sayohatga chiqishiga turtki bo‘ldi. Buning tarixi bunday. 2022- yili u Italiyaga triatlon bo‘yicha musobaqaga uchishni rejalashtirdi, ammo chiptalarni avvaldan sotib olmadi. Aviakompaniya saytiga kirganida esa, lol qoldi: qimmatli chiptalarning osmonga yetib, ikki karra oshib ketibti. Ana shunda u bu ishga qo‘l urdi.
«O‘zbekiston va qo‘shni davlatlar bo‘ylab sayohat qilishga odatlanganmiz, bu holda, boshqa mamlakatlarga mashinaga nimaga borib bo‘lmas ekan? Shunday qilib birinchi yevroturimizga chiqdik. O‘sha yili biz 46 kun ichida 19ta davlat bo‘ylab salkam 20 ming kilometrdan ortiq masofa yurib keldik».
Undan so‘ng esa Umid bundan ko‘prog‘ini xohladi. Natijada Eurotour 2.0 vujudga keldi.
TURKUDAN LIVINYOGACHA
Bu safar Umid o‘rtoqlari bilan birdaniga ma’lum sanali uchta asosiy shaharni — triatlon bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladigan uchta joyni
tanlashga qaror qildi:
30-iyul. Turku, Finlyandiya. Challenge Turku yarmi.
5-avgust. Eydford, Norvegiya. Ekstremal triatlon bo‘yicha jahon
chempionati.
1-sentyabr. Livinyo, Italiya. Ekstremal triatlon, dunyodagi eng
murakkablardan biri.
«Biz Toshkentda marshrutni muhokama qilish uchun yig‘ilib, birinchi navbatda bu uchta shaharni xaritada belgiladik. Keyin esa har birimiz qaysi joylarni borib ko‘rishni istayotganimizni aytib o‘tdik. Ularni ham xaritada belgilab, u yerga qanday yetib borish qulayroq bo‘lishini o‘rganib chiqdik. Musobaqaga kechikmaslik uchun, 1-sentyabrgacha taxminiy sanalar bilan rejani tuzib chiqdik. Undan keyin esa aslo shoshmasdan haydab borishni rejalashtirdik. Natijada biz Norvegiya va Italiya o‘rtasida uch hafta ichida to‘qqizda yevropalik mamlakatni ko‘rib chiqdik».
ALPINIZM UCHUN BARINI OLDIK VA… GITARANI!
Avtosayohat uchun eng muhimi — to‘g‘ri «temir otni» tanlash. Umidning mashinasi, 2008-yilda chiqarilgan bo‘lsa-da, haligacha egasiga sifatli xizmat qilmoqda. Bu ikki litrli dvigatel va to‘liq uzatmaga ega Suzuki Grand Vitara. Safarga chiqish oldidan uni to‘liq diagnostikasini o‘tkazib, ba’zi detallar almashtirildi.
«Yo‘lga chiqishdan bir oy oldin men podveskaning katta qismini yangiladim. Yo‘ldan oldin moy, filtrlarni almashtirdim, hamda o‘zim bilan ikkinchi almashtirish uchun bir to‘plamni oldim. Shuningdek, zapasda GTM kamari, shamlar, lampochkalar — lekin bularning barchasini deyarli har bir AYoQShda xarid qilish mumkin. Va albatta, domkrat, shinalarni ta’mirlash uchun to‘plam, yong‘inga qarshi moslama, uchburchak, tros va mashinada odamlar soniga qarab signal jiletkalari. Har ehtimolga qarshi, klipsalar, zatyajkalar va skotch hamda izolenta ham bor».
O‘z bagajingni to‘g‘ri tanlash juda muhim edi.
«O‘zimiz bilan cho‘milish shortigidan boshlash puxoviklargacha oldik, chunki ko‘plab dengizlarga tushishni va Alplarga balandlikka chiqishni rejalashtirgandik. Kemping uchun barchasi: palatkalar, qopko‘rpalar, yurish uchun mo‘ljallangan mebel va idishlar, gorelkalar, gaz, ikkita velosiped, gidrokostyumlar, alpinizm, qoyaga chiqish, snorkling uchun moslamalar».
Turli xil shirinliklar ham bor edi — quritilgan qovun, mayiz, quritilgan mevalar. An’anaviy boboychalarni ham unutishmadi, ularni yo‘lda uchratgan insonlarga sovg‘a qilishgan. Bundan tashqari, ona-onaning mehri bilan tayyorlangan uy murabbosi, hamda tog‘ asali.
Ajoyib, lekin natijada joy hammaga yetdi, narsalarga ham, odamlarga ham. Hattoki musiqiy asboblar uchun ham! Umidning o‘rtog‘i o‘zi bilan gitarani oldi… Natijada barcha narsalarning joylashtirilishi tetris o‘yinini eslatar edi. Sayohatchilar buni uddaladilar. Yo‘l juda qulay kechdi. Biroq, vaqtda ham yo‘qotishlar bo‘ldi, asosan deyarli rejalashtirilmagan yo‘qotishlar.
«Do‘stim Italiyadan uchib ketishni rejalashtirgan edi, ishi sababli sayohatning ohirigacha qolish imkoni yo‘q edi. Va biz barcha musobaqalardan keyin uch kishi bo‘lib qolishimiz kerak edi. Lekin boshqa yo‘lovchimiz, safarimizning uch oyidan so‘ng, birdan bizni Germaniyada tark etishga qaror qildi, va biz yo‘lni uch kishi tarkibida davom ettirdik. Do‘stimiz Italiyadan uchib ketganidan keyin esa, uygacha ikki kishi bo‘lib qaytdik», — deb eslaydi Umid.
NOOZODA NEAPOL VA G‘AMXO‘R FINLYANDIYA
Yo‘ldagi eng murakkabi bu chegara, chegara va yana bir marotaba chegara bo‘ldi.
«O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi, hamda Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi chegaradan o‘tish va orqaga qaytishda ham aynan shu chegalar eng og‘irlari edi, — deb eslaydi hozir Umid. — Yaxshiyamki, o‘zbekistonlik chegarachilar sayyohlarga yaxshi munosabatda bo‘lib, maksimal darajada tez o‘tishingizga yordamlashadi. Ammo, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni har gal ko‘p vaqt oladi».
Biroq, bunga arzidi. Sayyohatchilar vaqtni juda maroqli o‘tkazishdi.
«Biz madaniy va faol hordiqlarni navbatladik, bir necha kun shaharlarda aylanib, keyin bir necha kunga, tabiat qo‘ynida dam olish yoki shovqindan uzoqlashish uchun o‘rmonlarga yoki tog‘ga chiqib ketardik. Kichik shaharchalarda yurdik, nihoyatda mehribon mahalliy aholi bilan tanishdik, ulardan yashash joylari haqida so‘radik va O‘zbekiston haqida gapirib berdik. Va, albatta, mehmonga taklif qildik!» Noxushliklar ham bo‘lib turdi. Neapol shahri bizda eng salbiy taassurot qoldirdi.
«Shaharga kirib kelganimizda ko‘chalardagi axlatlar, binolar, shu jumladan, me’morchilik yodgorliklarning vahshiylarcha chizib tashlangan devorlarini ko‘rib hayratda qoldik, — deb aytadi Umid. — Bu shaharni tezroq tark etishni xohlardik. Mahalliy aholidan yaxshi joylar haqida so‘rab-surishtirib, biz nihoyatda mazali pitssa yegan restoranchaga yo‘l oldik. Restorangacha butun yo‘l axlat-chiqindi bilan qoplangan edi, bu esa shaharning tarixiy markazi!»
Bundan tashqari, shu shaharda yigitlarni tunashdi: mashinaga mahkamlanib bog‘langan velosipedning g‘ildiragini o‘g‘irlab ketishdi. Kuppa- kunduzi, gavjum ko‘chada! Kutilmaganda Norvegiyada qiyinchiliklar yuz berdi, bu yerda bir juft giyohvandlar boshqa inson bilan to‘qnashish va telefon tushirish bilan o‘sha mashhur hiylani o‘ynashdi. Yaxshiyamki, politsiya yaqin joyda edi.
Ammo ko‘pincha mahalliy aholi yuqori darajada mehribonlik namoyish qilib, yordamga kelishga tayyor edilar. Misol uchun, Finlyandiyada yigitlarning g‘ildiraklaridagi beshta to‘g‘nog‘ichdan uchtasi sindi. Bu jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin edi. Biron chora ko‘rishga to‘g‘ri keldi. Buning ustiga ushbu shimoliy mamlakatda evakuator xizmati nihoyatda qimmat turadi. Lekin finlar yordamga kelib, hammasini ta’mirlab berishdi.
«Biz uni tezroq tark etishni istagan yoki biron nima yoqmagan bironta mamlakat bo‘lmadi. Qayerdadir sim-kartani xarid qilish bilan muammoga duch keldik, boshqa joyda mahalliy aholi uchun restorancha yoki markazda avtoturargoh topishga qiynaldik… Hamma joyda biz yordam berishga tayyor mehribon insonlarni uchratdik. Muloqot, boshqa madaniyatga bo‘lgan samimiy qiziqish va ijobiy kayfiyat — bularning barchasi bizga umumiy til topib, istalgan muammoni hal qilishga yordam berardi!» — ishonch bilan ta’kidladi Umid.
300 GIG HAJMIDA FOTOSURATLAR
Yigitlar jami 300 gigabayt hajmida fotosuratlar olishdi. Ularni hali uzoq vaqt ko‘rib chiqishadi. Lekin, eng muhimi — bu, albatta, taassurotlar.
«Men bu sayohatdan o‘zim uchun qanday xulosa oldim? Do‘stlaring ishonchli bo‘lsa, ular bilan butun dunyoni aylanib chiqsa bo‘lar ekan! Va dunyoda inson borishni istagan nihoyatda ko‘p go‘zal joylar bor bo‘lib, bo‘lgan joylaringga esa yana uzoqroq vaqtga qaytishni xohlaysan».
Bundan tashqari esa, Umid O‘zbekistonni ko‘proq reklama qilish, uni dunyoga tanitish kerakligini tushunib yetdi. Ko‘plar bu mamlakat qayerda joylashganini ham bilishmaydi, yoki u haqida ilk marotaba eshitmoqda.
«Men O‘zbekiston haqida deyarli barchaga savol berdim. Keyin esa xaritani ochib, u qayerda joylashganini tushuntirdim va shaharlar, tabiatning fotosuratlarini ko‘rsatib, O‘zbekiston bilan shaxsan tanishish va ishonch hosil qilish uchun taklif qildim!»
Ha, aytgancha, yevrotur 3.0 albatta bo‘ladi! Ekstremal triatlonda Umid trassada yo‘l qo‘ygan xato tufayli belgilangan vaqtda ulgirmadi va endi ushbu cho‘qqini yana bir bor zabt etishga urinadi. Uning irodasini hisobga olganda, u buni albatta uddalashidan shubhalanmasak ham bo‘ladi!
UMID DO‘STLARI BILAN AVTODA QAYSI MAMLAKATLARDA BO‘LDI
Qozog‘iston | Rossiya | Finlyandiya | Shvetsiya |
Norvegiya | Daniya | Germaniya | Belgiya |
Fransiya | Andorra | Ispaniya | Shveytsariya |
Lixtenshteyn | Italiya | Vatikan | San-Marino |
Sloveniya | Xorvatiya | Bosniya va Gersegovina | Serbiya
|
Bolgariya | Turkiya | Gruziya |
QAYSI HUJJATLARNI OLISH KERAK?
Noodatiy hech nima: pasport, haydovchilik guvohnomasi, avtomobilga texpasport. Texnik ko‘rik kerak bo‘ladi, O‘zbekistonniki yoki Rossiyaniki bo‘ladi ham. Hamda sug‘urta — masalan, Yevropa ittifoqi uchun alohida to‘lanadi. Oyiga 90 yevro turadi.
QANCHA PUL KERAK BO‘LADI?
Hamma uchun har xil. Tabiiyki, yaxshisi pulni tejab, behudaga sarflamaslik kerak. Eng ko‘p mablag‘ benzinga sarflanadi. Undan keyin ovqat masalasi keladi. Muzeylarga borish-bormaslikni har kim o‘zi hal qilishi kerak. Umid do‘stlari bilan to‘rt kishiga bir oyda 10 000 dollarga yaqin xarajat qildi, bu tish pastasi va esdalik sovg‘alari kabi shaxsiy narsalarni hisoblamaganda.
O‘ZINGIZ BILAN NIMA OLISH KERAK
Mashina tomiga yukxona Albatta, statsionar yukxona — bu yaxshi narsa. Va agarda sizning katta avtomobilingiz bo‘lsa, unga oila a’zolaringiz bilan uyingizning yarmini sig‘dira olasiz. Shunday bo‘lsa ham, narsalarni saqlash uchun qo‘shimcha joy ortiqchalik qilmaydi.
Benzin uchun kanistra
Yo‘lda benzinsiz qolish — avtomobilda sayohat qilayotgan inson bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng yomoni. Shu sababli, kanistrangizda doim biroz benzin bo‘lishi kerak. Kim bilsin, ehtimol, sizga navigator “tavsiya qilgan” va siz undan umidvor bo‘lgan AYoQSh ikki kun avval ta’mirga yopilgandir?
Shinalarni ta’mirlash uchun to‘plam
Yurib o‘tishingiz kerak bo‘lgan kilometrlar qancha ko‘p bo‘lsa, siz g‘ildiragingizni teshishingiz ehtimolligi shuncha yuqori bo‘ladi. Bu statistika. Shu sababli, teshilgan g‘ildirak o‘rniga boshqasini qo‘yishga tayyor bo‘ling. Aslida esa, o‘rtacha teshiklarni yamash qobiliyatingiz bo‘lsa, undan-da yaxshi.
Quvvatlash moslamalari
Ular qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi. Elektr quvvati — odamzodning go‘zal kashfiyoti. Lekin hozircha asfaltga quvvatlagichlar o‘rnatilmayapti. Sizga telefon aynan kerak bo‘lgan paytda quvvati nolda bo‘lib qolishi mumkin.
Antennali ratsiya
Mobil aloqa go‘yoki hamma joyda borday tuyuladi. Aslida esa, unday emas. Favqulodda vaziyat yuzaga kelgan paytda bunday ratsiya sizning hayotingizni qutqarishi mumkin. Ayniqsa, so‘z qishda safarga chiqish borasida ketayotgan bo‘lsa.
Avtosovitkich
Mahsulotlarni sof saqlashga yordam beradi va ularning buzilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ishoning, do‘konlar ham hamma joyda ham mavjud emas.
Gaz plitasi va gorelka
Kuch to‘plab olish va avtosovitkichdan mahsulotlarni tayyorlash uchun sizga ko‘chma mikroto‘lqinli pechdan ko‘ra yanada muhimroq moslama kerak bo‘ladi.
Idishlar, konteynerlar va mahkamlagichlar
Mahsulotlarni biron narsada tayyorlash, keyin esa ularni qulaylik bilan
yeyish kerak bo‘ladi. Uncha ahamiyatsiz deysiz. Lekin bu juda muhim.
Yomg‘irpo‘sh
Bu ham kerak bo‘ladi. Mashinaning tomi bor, albatta (siz buzilgan kabrioletda safarga chiqmagan bo‘lsangiz, albatta), lekin salonga suv holda, kiyimingizni tez quritib olish imkoniyatisiz kirish aslida uncha yoqimli emas.
Yostiq
Yostiqsiz uxlash aslida juda azobli.
Yopinchiq
Yostiqsiz uxlashdan keyin azoblantiradigan ikkinchi narsa — bu ko‘rpasiz uyqudir.
Palatka, stol va stul
Axir siz mashinada uxlamaysizku. Yana, ovqatlanish ham kerak!