Skip to main content

Iyul oyida to‘qqiz kishidan iborat jamoa mamlakatdagi eng baland cho‘qqi – 4668 metrga ko‘tarildi. Hozircha uning hatto nomi ham yo‘q. Ekspeditsiya tashkilotchilaridan biri Vladimir Dolgiy maroqli safarning har kuni qanday o‘tganini batafsil so‘zlab berdi.

O‘zbekistonning eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tarilish birinchi marta 2018-yilda xayolimga kelgan. O‘sha vaqtda odamlar bu yerga faqat bir marta, 2010-yilda Tojikiston tomonidan chiqishgan, o‘shanda 4643 metr balandlikdagi nomsiz cho‘qqi edi. Men u yerga O‘zbekiston tarafdan chiqish kerak degan qarorga keldim. Biroq biz ko‘tarilgan nuqta yanada balandroq – 4668 metr edi.

Bir kuni men Google Earth xaritalarini ko‘rib chiqdim va 4643 metrlik cho‘qqidan taxminan olti kilometr narida, janubda, yuqoriroq bo‘lishi kerak bo‘lgan nomsiz nuqtani topdim. Men qiziqib, bu nuqtalarni ko‘rish uchun ko‘tarilishni rejalashtira boshladim. Ammo kovid boshlanib, biz bu ishni keyinga qoldirdik.

2023-yilning avgustida ikki kishi, AQSH’lik Erik va daniyalik Andreas o‘sha vaqtgacha onlayn xaritalarda Alpomish deb atab kelingan bu cho‘qqiga chiqishdi. Erik va Andreas unga janubi-sharq tarafdan muvaffaqiyatli tarzda ko‘tarilishgan, lekin biz u yerga o‘zimiz chiqib, bayroqni o‘rnatishga qaror qildik. Avvalboshda O‘zbekiston tarafdan borishni xohladik, chegara xizmatiga ariza topshirdik, biroq yo‘lda minalar ko‘milgani sababli rad javobini oldik. Tojikiston orqali borishga qaror qildik.

Guruhimizda atigi to‘qqiz kishi bor edi. Sakkiz kishi Toshkentdan birga borishdi, to‘qqizinchisi esa avstriyalik Andreas edi, uning o‘zi Dushanbega keldi, biz esa Tojikistondagi Iskandarko‘lda uchrashdik. U safar haqida u start olishidan to‘rt kun qolganda xabar topibdi, chipta sotib olib, uchib keldi. Shunday oson va tez qaror qabul qiladigan odamlarni juda yoqtiraman.

Bundan baland bo‘lmaydi: O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqiga ko‘tarilish haqida reportaj, 7men.uz

Bundan baland bo‘lmaydi: O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqiga ko‘tarilish haqida reportaj, 7men.uz

Bundan baland bo‘lmaydi: O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqiga ko‘tarilish haqida reportaj, 7men.uz

16.07.2024

Piyoda yurishni boshlashdan avval yuklarni tortib ko‘rganimizda erkaklarda 30+ kilogrammgacha, qizlarda 20+ kilogrammgacha, hammasi bo‘lib hammaga 300 kilogramm atrofida chiqdi. Mur va Zombar daryolari o‘rtasidagi ancha kuchli nishablik bo‘lgan suv ayirgich bo‘ylab ko‘tarilayotganimizda ortmoqlangan bu 30 kilogramm o‘zi haqida tez-tez eslatib turdi.

Zombar daryosidan o‘tgandan keyin Zombar va Dikondar daryolari oralig‘idagi o‘tloqlarga tushib qoldik. Odatda bu joylarda yetti-o‘n qo‘y podasi boqiladi, lekin bu yil havo juda sovuq, faqat bir juft poda ko‘rindi. 3000 metrdan yuqoriga ko‘tarildik, undan nariga hech kim o‘tmaydi. Daraxtlar ham tugadi, lekin o‘t-o‘lanlar va butalar hali bor.

Tushlik vaqtida qandaydir qora yungi o‘siq hayvonning toshlar ustida tez-tez harakatlanib, sakrab-sakrab yurganini ko‘rdik. Bu tog‘dagi yolg‘iz qo‘tos. Yana ikki soatdan keyin Hisor Pomirining qorli saltanati oldidagi vodiyga chiqdik. Pastda elliktacha yovvoyi qo‘tos o‘tlab yuribdi. Ular juda kuchli, lekin hurkak, o‘ziga yaqin yo‘latmaydi.

Aslida cho‘qqiga chiqishni hisobga olmaganda, marshrutning eng murakkab qismi asta-sekin boshlanadi. Balandlik 3400 metr, 45-50 darajali ko‘tarilish, yashillik endi yo‘q, faqat daryo, toshlar va tizzagacha botib ketadigan qor bor. Soat 16:00, oldinda har biri 4000 metr balandlik va 1B murakkablikdagi yana ikkita dovon turibdi. Bu toshli saltanatni bosib o‘tib, tepasida bir nechta sirk osilib turgan ko‘k ko‘lli kichik sirkka chiqdik.

Bu daryoda tunab qolishga qaror qildik, chunki toifaviy (qandaydir murakkablik toifasiga ega) dovonlar osha qorong‘uda yurish unchalik yaxshi fikr emas. Kechki ovqatga pyureli dimlangan konserva go‘sht, harorat taxminan 5-10 daraja issiq, balandlik 3600 metr.

Bundan baland bo‘lmaydi: O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqiga ko‘tarilish haqida reportaj, 7men.uz

Bundan baland bo‘lmaydi: O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqiga ko‘tarilish haqida reportaj, 7men.uz

Bundan baland bo‘lmaydi: O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqiga ko‘tarilish haqida reportaj, 7men.uz

17.07.2024

Keyingi manzil – “Удобный-2” dovoni, bu esa 4030 metr. Unga ikki bosqichda yondashdik: avval 3800 metr balandlikdagi dovonning sirkiga chiqdik, pastda bir nechta muzlik ko‘llari qoldi, keyin qor bosgan muzlik bo‘ylab harakatlandik. So‘ngra dovondan Diaxandara daryosining boshlanadigan vodiysiga tushib, 3700 metrga yaqin balandlikkacha bordik, so‘ngra u yerdan 4000 metrdan yuqori bo‘lgan Kendal dovoniga ko‘tarildik. Mana shunaqa o‘tishlar.

Qorda chang‘idagi kabi pastga tushish, ammo bir payt qor tugab, ko‘p kuch talab qiladigan toshloq uyumlar boshlandi. To‘rt kishilik guruh biroz oldinga o‘tib ketdi, qolgan besh kishi esa orqada sekin yurib borardi. Kendal dovoni ancha tik, to‘xtab dam olish uchun deyarli joy yo‘q. Tushlikdan so‘ng birinchi guruhga yetib olib, Bodomiston ko‘li yonida lager qurish uchun joy izlab, oldinga yurdik. Ko‘lning o‘zi tiniq muz bilan qoplangan, atrofida esa qor va qora muz yotibdi. Bu yerdan biz, nihoyat, ko‘tarilishimiz kerak bo‘lgan cho‘qqini ko‘rdik.

Shu yerda keyingi uch tunga lager qurdik. To‘rtta tekis maydoncha tayyorlab, muzyorar bilan qor qatlamini kesib oldik. Chodir qor ustida bo‘lgani uchun termoizolyatsiya qildik: tagiga issiqlik saqlovchi ko‘rpalar, ustidan esa karematlar va uxlash uchun maxsus turistik qoplarini to‘shadik.

Bundan baland bo‘lmaydi: O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqiga ko‘tarilish haqida reportaj, 7men.uz

Bundan baland bo‘lmaydi: O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqiga ko‘tarilish haqida reportaj, 7men.uz

Bundan baland bo‘lmaydi: O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqiga ko‘tarilish haqida reportaj, 7men.uz

18.07.2024

Cho‘qqiga chiqishga tayyorgarlik. Ikki guruhga bo‘lindik. Birinchisi – “razvedkachilar”, ularning vazifasi – kelajakda yordam beradigan imkon qadar ko‘proq arqonlarni o‘rnatish. Qolganlar hozircha lagerda qolishadi, men esa ikki guruh o‘rtasidagi aloqachiman.

Ikki soat ichida balandligi 4300 metrdan ortiq bo‘lgan va keyinchalik Tyulen deb ataydigan tepalikka yetib bordik. Ratsiya orqali qarorgohda qolgan yigitlarga ham iqlimga moslashish uchun bizning oldimizga chiqishlarini aytdim – 300 metr balandlikka ko‘tarilish va muzlik bo‘ylab taxminan uch kilometr piyoda yurish kerak. Men karamga o‘xshab olganman: futbolka, flisdan tikilgan kiyim, parli kurtka, yomg‘irpo‘sh. “Razvedkachilar” ratsiya orqali 150-200 metr yuqoriga ko‘tarilishganini, bu qolgan yo‘lning yarmiga yaqinligini va to‘rtta arqon tortishganini xabar qilishadi. Men qarorgohga soat 20:00 ga yaqin qaytaman, razvedkachilar guruhi esa undan ham kechroq.

19.07.2024

Toqqa chiqish kuni. 06:30 da uyg‘ondik, tashqarida har tarafdan qora bulutlar qoplab olgan. Bunday ob-havoda yurish yoqimli emas albatta, lekin boshqa iloji yo‘q. Ikki soat Tyulen dovonigacha (4300 metr) yo‘l bosdik. Keyin arqondan 50 metr pastga tushdik, yana 40 metrga arqonsiz va qorli travers bilan tepaga chiqishimiz kerak bo‘lgan kuluar etagiga tushdik. Uning ostida biz yuk xaltalar va keraksiz buyumlarning bir qismini qoldirgan toshloq joy bor edi.

Taxminan 50 metrcha yurgach, qiyalik 65-70 gradusga yetdi, arqonsiz harakatlanish endi xavfli bo‘lib qoldi, xayriyatki uni kecha yigitlar osishgan edi. Arqonlarning har birida 50 metrdan bo‘laklab harakatlandik. Keyin Anton bilan Umid ikkita arqonni cho‘qqigacha osish uchun ishlashdi. Bu yerda burchak yanada kattaroq, deyarli vertikal. Soat 17:00, vaqt allamahal bo‘lib qoldi, lekin ob-havo juda yaxshi, quyosh charaqlab turibdi.

Umid, Anton va Andreas cho‘qqi qirrasida turishdi, biroq ularga cho‘qqining eng yuqorisiga chiqish uchun bitta arqon yetmadi. Nastya bilan yana bir arqonni yuqoriga oldik, eng so‘nggi panjaraga ildik.

Mana 17:17 va biz vanihoyat cho‘qqidamiz. Bu yerda deyarli shamol yo‘q, issiq, yaxshi. An’anaga ko‘ra kola ichdik, bayroqlarni chiqardik, suratga tushdik. Lekin tez orada qorong‘u tushadi, tezda lagerga qaytish kerak. 02:00 da qaytdik va mamnun holda uxlashga yotdik.

Bundan baland bo‘lmaydi: O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqiga ko‘tarilish haqida reportaj, 7men.uz

Bundan baland bo‘lmaydi: O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqiga ko‘tarilish haqida reportaj, 7men.uz

Bundan baland bo‘lmaydi: O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqiga ko‘tarilish haqida reportaj, 7men.uz

20.07.2024

Tong yoqimli, havo yaxshi edi, 09:00 gacha uxladik, 11:00 da lagerni yig‘ishtirdik va bir kunda mashinaga tushishga qaror qildik. Orqaga qaytishning endi qizig‘i qolmagandi, ammo pastga tushish tepaga chiqishga qaraganda osonroq kechdi, va 12 soat ichida 25 kilometr masofani bosib o‘tib, 2500 metrga archaga qaytdik.

21.07.2024

Ortga qaytishda O‘zbekiston gavhari – Samarqandga kirib o‘tdik, avstriyalik do‘stimiz Andreasni o‘sha yerda qoldirdik. U faqat O‘zbekiston tog‘larini ko‘rgandi, uni madaniy boyligimiz bilan albatta tanishtirish shart edi. Toshkentga, uyga esa 22-iyul kuni 04:00 da kirib keldik.

O‘zbekistonning eng yuqori cho‘qqisi to‘qqizta yangi do‘st orttirdi, uning nomi esa… bu borada hali ko‘p bahs-munozaralar bo‘ladi, lekin nom aniq bo‘ladi! Va u mamlakatimiz tarixiga abadiy muhrlanadi.

Bundan baland bo‘lmaydi: O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqiga ko‘tarilish haqida reportaj, 7men.uz

Bundan baland bo‘lmaydi: O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqiga ko‘tarilish haqida reportaj, 7men.uz

Bundan baland bo‘lmaydi: O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqiga ko‘tarilish haqida reportaj, 7men.uz

Bundan baland bo‘lmaydi: O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqiga ko‘tarilish haqida reportaj, 7men.uz

Bundan baland bo‘lmaydi: O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqiga ko‘tarilish haqida reportaj, 7men.uz

 

EKSPEDITSIYA QATNASHCHILARI

Bundan baland bo‘lmaydi: O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqiga ko‘tarilish haqida reportaj, 7men.uz

Roman Valiyev Fotograf, ekstremal, IT-mutaxassis, Extreme Uzbekistan klubi a’zosi, sportning barcha turiga qiziqadi, cheburekni yoqtiradi.

Bundan baland bo‘lmaydi: O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqiga ko‘tarilish haqida reportaj, 7men.uz

Yekaterina Bushkina Telekommunikatsion kompaniya IT-departamentida guruh rahbari, bolaligidan toqqa chiqadi, “Irbis” klubida alpinzim bilan shug‘ullangan. Tog‘lar va yangi mamlakatlar bo‘ylab sayohat qilishni sevadi.

Bundan baland bo‘lmaydi: O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqiga ko‘tarilish haqida reportaj, 7men.uz

Emil Sagitov Muhandis-tibbiy texnik. “Irbis” alpinistlar klubi a’zosi. Tog‘lar va tabiatni yaxshi ko‘radi. Bolaligida derazadan tog‘larni tomosha qila turib, ular bilan yaqindan tanishishni orzu qilgan.

Bundan baland bo‘lmaydi: O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqiga ko‘tarilish haqida reportaj, 7men.uz

Anastasiya Kostetskaya Huquqshunos, “Extreme Uzbekistan” ekstremal klubining qalbi, g‘orshunos, videograf. Mamlakatimizdagi eng chuqur g‘orlarga tashrif buyurgan.

Bundan baland bo‘lmaydi: O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqiga ko‘tarilish haqida reportaj, 7men.uz

Vladimir Dolgiy Turistik kompaniyada marketing menejeri, “Extreme Uzbekistan” klubi asoschisi, g‘orshunos, Markaziy Osiyoning har bir nuqtasiga tashrif buyurgan, Avstraliyadan tortib 35 dan ortiq davlatni aylanib chiqqan. Boshqalar shu paytgacha qilmagan ishlarni qilishni yaxshi ko‘radi.

Bundan baland bo‘lmaydi: O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqiga ko‘tarilish haqida reportaj, 7men.uz

Anton Tkachenko Sifat nazorati sohasida xalqaro kompaniyada ishlaydi. Tog‘-changi sport turlariga qiziqadi, faol hayot tarzini olib boradi. “Irbis” alpklubi a’zosi.

Bundan baland bo‘lmaydi: O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqiga ko‘tarilish haqida reportaj, 7men.uz

Umid Salamullayev Turfirmada faol dam olish bo‘yicha turoperator. Multisportchi-ixlosmand. Sport ustaligiga nomzod va alpinizm bo‘yicha instruktor, alpinizm bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Ironman poygasining ko‘p karra finishchisi.

Bundan baland bo‘lmaydi: O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqiga ko‘tarilish haqida reportaj, 7men.uz

Yelena Itskova Muhandis, ekstremal sport turlari ishqibozi. 120 dan ortiq davlatda bo‘lgan. Hech qachon bir joyda o‘tirmaydi, Akongauaga chiqqan, 8000 metr balandlikka chiqish niyatida.

Bundan baland bo‘lmaydi: O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqiga ko‘tarilish haqida reportaj, 7men.uz

Andreas Ashaber Avstriyaning Insbruk shahrida yashaydi. Dunyoning eng yuqori 115 ta nuqtasiga borgan. Yevropa alpinizm assotsiatsiyasida faoliyat yuritadi.

Bundan baland bo‘lmaydi: O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqiga ko‘tarilish haqida reportaj, 7men.uz

Matn: Vladimir Dolgiy 
Foto: Anastasiya Kostetskaya, Yekaterina Bushkina, Roman Valiyev, Umid Salamullayev