WhatsApp’da yot servislardan suhbatlarni boshqarish imkoniyati paydo bo‘ladi
Bu yangilanish Android’da ishlaydigan qurilmalarga taalluqli, lekin ushbu funksiyani o‘chirib qo‘yish mumkin.
Android uchun WhatsApp’da begona servislardan suhbatlarni boshqarish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Ommabop WhatsApp messenjeri dasturchilari yangi funksiyani sinovdan o‘tkazmoqda.
WABetaInfo portali ma’lumotlariga ko‘ra, gap begona platformalardan kelgusidagi suhbat boshqarish imkoniyati haqida ketmoqda. Android bazasida ishlovchi mobil qurilmalardan foydalanuvchilar ularning o‘zi ishonadigan servislar bilan integratsiya qilishni tanlashlari mumkin.
WABetaInfo’dagi skrinshotdan ma’lumki, ilovada Third-party chats (ingliz tilidan tarjima qilinganda – “Begona chatlar”) paydo bo‘ladi. Uning ostida Turn off (“O‘chirish”) va Selected Apps (“Tanlangan ilovalar”) joylashgan. Mutaxassislarning fikricha, chatlarning qo‘shilish funksiyasi o‘chirilgan taqdirda, foydalanuvchilarda ilova orqali yot servislardan xabarlarni jo‘natish va olish imkoni bo‘lmaydi.
Hozir funksiya sinovdan o‘tish jarayonida va ilovaning kelgusida yangilanishi bilan ochiladi.
WhatsApp chatlari tarkibi “Google Диск”da saqlanadi
WhatsApp iOS qurilmalari foydalanuvchilari uchun boshqa messenjerlarga xabar yuborish opsiyasini sozlashi haqidagi ma’lumotlar biroz oldinroq, 2024-yilning yanvar oyi oxirida paydo bo‘ldi. Keyin ushbu funksiya Yevropa Ittifoqining 2024-yilning bahorida majburiy bo‘ladigan messenjerlarning o‘zaro qo‘shilishi borasidagi talablariga tegishli tarzda raqamli bozorlar to‘g‘risidagi qonunga (The Digital Markets Act, DMCA) muvofiq joriy etishga tayyorlanayotgani aytilgan edi.
WhatsApp da matnni formatlashning yangi usullari joriy etildi. Bu qanday ishlaydi
Yevropa Ittifoqi tartibot idoralariga ilovalarning asosan orollar kabi ishlashi va bir-biridan ajralganligi, foydalanuvchilarni o‘z qoidalari bo‘yicha o‘ynashga majbur qilishi ma’qul kelmadi. Yangi funksiyani ishga tushirishning aniq vaqti hozircha noma’lum. Ammo qonunning o‘zi 2024-yil 6-martda kuchga kiradi.