Skip to main content

Ekshn-kameralarni tanlashda o‘lchami, kadrlar chastotasi, stabilizatsiya funksiyalari va batareyaning ishlash vaqtini hisobga oling. U sizning muayyan ehtiyojlaringizga mos kelishiga ishonch hosil qiling, masalan, suv ostida foydalanish uchun suv o‘tkazmaslik (kamera parametrlarida ko‘rsatilgan maksimal chuqurlikni tekshiring) yoki ochiq havoda sarguzashtlar uchun GPS funksiyalari. Sevimli aksessuarlaringiz, shuningdek, allaqachon ishlatishga odatlangan mahkamlagichlar bilan ham mos kelishini tekshiring. Shunda kamera sizga safarda ham, syorfingda ham, tog‘-chang‘i kurortida ham xizmat qiladi.

GoPro HERO12 Black

27-megapikselli fotosuratlar hamda sekundiga 60 ta kadrdan 5,3K gacha video olish imkoniyati. Hatto eng ekstremal sharoitlarda ham o‘ta ravon suratga olishni ta’minlaydigan HyperSmooth 6.0 video stabilizatsiyasi. Suv o‘tkazmaslik xususiyati 10 metrgacha. Kunduzgi yorug‘likda ham, kuchsiz yorug‘likda ham a’lo darajada ishlaydi, bu uni turli xil faoliyat uchun universal variantga aylantiradi. Kameraning kengaytirilgan funksiyalari uni hatto professional suratga olish uchun ham mukammal tanlovga aylantiradi.

Stop, olindi: faol hordiq uchun ekshn-kameralar, 7men.uz

DJI Osmo Action 3

Kamera ikki ekranli dizayni, 4K videoga olishi, soniyasiga 120 kadr o‘lchamdagi aniqlik va a’lo darajadagi RockSteady stabilizatsiyasi bilan mashhur. Mustahkam tuzilma va suv o‘tkazmaydigan korpus (16 metrgacha) uni ayniqsa ekstremal sport turlari bilan mashg‘ulotlarini suratga oladigan videoblogerlar uchun uni yaxshi tanlovga aylantiradi.

Stop, olindi: faol hordiq uchun ekshn-kameralar, 7men.uz

Sony Cyber-shot RX0 II

Videoni 4K yozib olishi va tasvirning ajoyib sifati uchun 1 dyuymli sensor. Tungi syomkalar uchun kamera xira yoritilgan yoki yorug‘lik deyarli mavjud bo‘lmagan sharoitlarda tiniq kadrlar olishga yordam beruvchi katta 1 dyuymli sensorga ega.

Pishiq va suv o‘tkazmaydigan yuqori aniqlikdagi videoga olish uchun ixcham, ammo kuchli asbob.

Stop, olindi: faol hordiq uchun ekshn-kameralar, 7men.uz

Insta360 GO 2

Bunday mitti va yengil korpusda yuqori sifatli videoga olishni ta’minlaydigan eng yaxshi mikroekshn-kamera. FlowState stabilizatsiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, u ravon suratga olish imkonini beradi va 4 metrgacha chuqurlikda suv o‘tkazmaydi. Ko‘pincha velosiped jamoalari tomonidan shlemga o‘rnatish uchun eng yaxshi ekshn-kamera sifatida tan olinadi.

Stop, olindi: faol hordiq uchun ekshn-kameralar, 7men.uz

AKASO Brave 8 Light

AKASO Brave 8 Lite Ambarella chipi va 7G linzasi tufayli 4K 60fps video va yorqin ranglar bilan 20 megapikselli fotosuratlarni suratga oladi. Uning takomillashtirilgan HDR stabilizatsiyasi silliq, tabiiy kadrlarni ta’minlaydi va suv o‘tkazmaydigan korpus g‘ilofsiz 11 metrgacha chuqurlikka sho‘ng‘ish imkonini beradi.

Stop, olindi: faol hordiq uchun ekshn-kameralar, 7men.uz

VEMONT

1080p aniqlikdagi yuqori sifatli kadrlarni olish uchun hammabop variant. U aniq va yorqin videolarni yaratadi, yaxshi batareya, suv o‘tkazmaydigan tuzilma va keng burchakli obyektivga ega, ammo analoglari kabi qimmat emas.

Stop, olindi: faol hordiq uchun ekshn-kameralar, 7men.uz

Garmin VIRB Ultra 30

Batareya ishlashi va GPS imkoniyatlari nuqtai nazaridan eng yaxshi variant. Videolarni 4K formatida yozib oladi va ovozli boshqaruvga ega, bu esa sport bilan shug‘ullanayotganda qo‘lsiz yozib olishga yordam beradi.

Stop, olindi: faol hordiq uchun ekshn-kameralar, 7men.uz

Olympus Tough TG-6

Mustahkam va sovuqqa chidamli (!) ekshn-kamera, yaxshi suv ostida ishlash xususiyatlari, ekstremal sharoitlar uchun maxsus ishlab chiqilgan. 4K video yozib oladi, turli xil suratga olish rejimlari, jumladan, makrosyomka va mikroskop rejimlari bilan jihozlangan, bu uni turli xil fotosuratlar uchun universal kameraga aylantiradi.

Stop, olindi: faol hordiq uchun ekshn-kameralar, 7men.uz

Uch o‘qli DJI Pocket 2 kamerasi

Oyoqda yurishni afzal ko‘radigan va past-baland joylardan uzoq yurishni afzal ko‘ruvchi sayohatchilar uchun. Atigi 117 gramm og‘irlikka ega bo‘lgan bu kamera 64 megapikselli sensor bilan jihozlangan bo‘lib, sekundiga 60 kadr tezlikda 4K videoni yozib oladi, osma qurilma esa silliq va aniq tasvirga olishni ta’minlaydi.

Stop, olindi: faol hordiq uchun ekshn-kameralar, 7men.uz

To‘pladi: Dmitriy Lyagin