Skip to main content

Aktyor Kris Xemsvort o‘z mashg‘ulot dasturini o‘zgartirdi. Endi hozirda 40 yoshga kirgan “Tor” filmining bosh qahramoni “sog‘lom qarish”ga e’tibor qaratmoqda. Boshqacha qilib aytganda, hozir xushbichim qomat haqida emas, balki salomatligi va faol hayot tarzini uzaytirish haqida o‘ylamoqda. 

Kris Xemsvort zalda sutkalab vaqtini Tor roliga tayyorlanish bilan o‘tkazgan vaqtlar o‘tmishda qoldi. Aktyorning jismoniy qomati hanuzgacha mukammal holatda, biroq endi zalda tinkani quritadigan mashg‘ulotlarni bajarishda ma’no ko‘rmayapti. Xemsvortning murabbiyi aytganidek, aktyorga yangi cho‘qqilarni zabt etishi emas, sog‘lom bo‘lish va o‘zini qulay his qilishi muhimroq.

Maqsadlar o‘zgarishi bilan, mashg‘ulotlarga yondashuvlar ham o‘zgarishi mantiqli. Tadqiqotlar haqiqatda eng yaxshi barqarorlik, harakatchanlik va  muvozanat – uzoq umr ko‘rishning asosiy omillari ekanligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun ilgari Kris Xemsvort berilib temir ko‘targan va mushaklarini o‘stirgan, hozir esa nisbatan sustroq mashg‘ulotlarni afzal ko‘radi. 

Xo‘sh, mashg‘ulot rejasi qanday o‘zgardi?

Ko‘proq chigil yozish

Chigil yozish mashg‘ulotlarning to‘laqonli qismiga aylangan. Agar aktyor avvallari mushaklarini qizdirib olish uchun unga 5-7 daqiqa ajratgan bo‘lsa, hozir bo‘g‘imlar chigilini yozish va stretching mashqlariga ancha ko‘proq vaqt ajratadi.  

Buni izohlash oson: chigil yozish, qizdiruvchi mashqlar bo‘g‘imlar harakatchanligi, paychalar salomatligi, tanadagi og‘riqli hislarni kamaytirishga yordam beradi. Yosh  o‘tishi bilan bo‘g‘imlar va paychalar bilan bog‘liq ehtimoliy muammolarga tayyor turish kerak, bu yillar o‘tishi bilan o‘zgarishlarga uchragan organizmimizdagi eng zaif joylardan biri. 

Kris Xemsvort mashg‘ulotlari, 7men.uz

Nafas olish 

Kris Xemsvort ham avvallari ko‘p vaqtini mashg‘ulotlardan keyingi tiklanishga ko‘p vaqt ajratgan. U yaxshi uxlagan, holdan toydiradigan mashg‘ulotlardan keyin sovuq vanna qabul qilgan. 

Hozir aktyor yangi darajaga chiqdi. Har bir mashg‘ulotlardan keyin u murabbiy bilan polga yotishadi va dzenga sho‘ng‘iy boshlashadi. Gap aktyorga uzoq vaqt cho‘zilgan mashg‘ulotlardan keyin yaxshiroq tiklanishga imkon beradigan nafas olishga qaratilgan qisqa muddatli meditatsiya haqida ketmoqda. 

Hajm emas, funksionallik

Tor roli uchun Kris Xemsvort imkon qadar mushak hajmiga ishlagan, biroq, o‘zining so‘zlariga qaraganda, hech qachon bu qomatni yoqtirmagan. Bunday tanada u o‘zini o‘ta zaif va kamharakat his qilgan. Masalan, yotgan holda dast ko‘tarish kabi mashqlarni bajarishda mushaklar o‘lchamiga haddan tashqari e’tibor qaratish, aslida Xemsvortning qayishqoq bo‘lishiga va o‘z sevimli hobbisi – syorfing bilan shug‘ullanishga xalaqit bergan. 

Uzoq umr ko‘rish uchun Marvel filmlaridagi mushaklardan ko‘ra funksional kuch afzal, deya tushuntiradi uning murabbiyi Lyuk Zokki. Shuning uchun aktyorning mashg‘ulotlari hozir asosan funksionallik, egiluvchanlik va kuch aspektini o‘stirishga yo‘naltirilgan. 

Kris Xemsvort mashg‘ulotlari, 7men.uz

Avvallari u mushak guruhlarini maksimal kattalashtirish uchun alohida mashq qilardi, lekin hozir boshqa rejimga o‘tdi. Kris asosan bir vaqtning o‘zida bir nechta mushak guruhlariga asosiy mashqlarni bajarmoqda (masalan, fermercha yurish, umurtqani tortish, cho‘nqayish, bir oyoqni oldinga tashlab o‘tirish va b.)

Endi uning mashg‘ulotlarida ustunlik tortish va itarish mashq anjomlari, “fermercha yuk tashish” va bir oyoqni oldinga tashlab yurish kabi kundalik hayotda to‘g‘ri harakatlanish va o‘zni yaxshi his qilishga bevosita bog‘liq bo‘lgan kuch talab qiluvchi mashg‘ulotlariga beriladi. Yana, Xemsvort dumba mushaklarini qizdirishga yordam berish uchun to ‘piq va sonlar atrofiga kiyiladigan elastik rezina (lenta espander)larning ishqiboziga aylangan. 

Bunday mashqlar butun tana rivojiga katta ta’sir ko‘rsatadi, uni sog‘lom va funksional qiladi, bu esa Kris Xemsvortga hozir kerak.