Taniqli aktyor “Tig‘iz payt” (“Час пик”) va “Kichkina ajdarho” singari omadli franshizalarida butun dunyoni taekvondo, shaolin kung-fusi va
xapkido mo‘jizalari bilan tanishtirdi va barcha yoshdagi muxlislarini MMA mashg‘ulotlarida o‘zini sinab ko‘rishga ilhomlantirdi. Bu yil Jeki Chan 68 yoshga to‘ldi, biroq uning kuchi va epchilligi undan ikki barobar yosh yigitlarga “dam beradi”. Afsonaning mashg‘ulotlar bilan qanday shug‘ullanishi xususida so‘z yuritamiz.
Chigil yozish
Jeki Chan kunni 1,5 dan 3 kilometrgacha yugurishdan boshlaydi. Bu qon aylanishini yaxshilaydi va mashg‘ulotning og‘irroq qismini bajarish oldidan qizib olish imkonini beradi. Yurak qon-tomir tizimlarini mashq qildirish kuch va chidamlilikni oshiradi. Bir necha yil avval u singan to‘piq suyagini davolaganida ertalabki yugurishni kamaytirishga to‘g‘ri kelgan – 45 daqiqaning o‘rniga aktyor 15-20 daqiqa yugurgan.
Kuch ishlatiladigan mashqlar
Kardio-mashqlarning kunlik me’yorini tamomlagach, Jeki Chan to‘g‘ri mashg‘ulot zaliga yo‘l oladi. U yerda u ancha oson mashqlarni bajaradi:
- teskari engashgan holda otjimaniye mashqi;
- barmoq suyaklarida otjimaniye mashqi;
- yotgan holda tosh ko‘tarish;
- tik turgan holda tortilish;
- o‘tirgan holda tortilish;
- bosh uzra krossover qilib kerishish.
Bu uning mashg‘ulotlarining birinchi yarmi. Keyin u biroz tanaffus qilib, so‘ngra keyingi mashqlarni bajaradi:
- shtanga bilan tizza bukib o‘tirish;
- gantel bilan oyoq tashlash;
- oyoqlarni bukish;
- qo‘llarni mushakka bukish;
- qo‘llarni tritsepsga kerish.
Jeki Chan 20-30 ta takrorlashda tez sur’atda har bir mashqda 4-5 ta mashqlar jamlanmasini bajaradi. U butun tanasini mashq qildiradi, chunki real hayotda hech qachon mushaklarning o‘zidan alohida foydalanmaymiz.
Jang san’ati
Jeki Chan jang san’ati bo‘yicha katta tajribaga ega. U bu intizomni juda yoshligida boshlagan: bolaligida gimnastika, taekvondo, shaolin-kung-fu va xapkido mashg‘ulotlariga qatnashgan. Bugun, 68 yoshga to‘lganida, ustoz mashq qilishni va mahoratini oshirishni davom ettirmoqda. Shpagat, orqaga qayrilishlar, bosh barmoqlarda otjimaniye qilish, barmoq uchida otjimaniye qilish, bir oyoqni bukib o‘tirish va boks mashg‘ulotlari – u har kuni bajaradigan ba’zi mashqlardir. Bir vaqtning o‘zida mashg‘ulotning birinchi qismi kuch va chidamlilikka qaratilgan bo‘lsa, ikkinchisi egiluvchanlikni yaxshilashga yordam beradi.
Jeki Chan mashqlari kompleksi
Mashg‘ulotdan avval aktyor albatta egiluvchanlikni oshiruvchi mashqlar bilan bir qatorda bevosita butun tanani chiniqtiradi. Jeki Chan o‘z vazni yoki unchalik og‘ir bo‘lmagan tosh yoki gantel bilan mashq qilishni afzal ko‘radi. U “Mayatnik” mashqi va yon bilan ko‘tarilish mashqlarini yaxshi ko‘radi. Jeki Chan o‘zining mashq kompleksini ko‘p qismi asosiy mashqlari ushudan olingan Bryus Lining mashg‘ulotlariga asoslangan holda tuzgan. Jeki Chan ko‘p yillardan beri har kuni mashq qilganligi sababli, u mushaklari o‘sishi va tiklanishga ulgurishi uchun jismoniy faoliyatni to‘g‘ri taqsimlashni o‘rgandi. Siz-u biz uchun har kuni zalga borish ko‘plik qiladi — haftasiga ikki-uch marta yetadi.
Jeki Channing oddiy, ammo samarali mashqlar to‘plami quyidagilar:
Barmoqlarda otjimaniye qilish – 10 marta 5 to‘plam;
Buralish – 20 martadan 5 ta jamlanma;
Yotgan holda dast ko‘tarish – 15 martadan 3 jamlanma;
vertikal holatda tortilish – 15 martadan 3 jamlanma;
gorizontal holatda tortilish – 15 martadan 2 jamlanma;
qiya skameykada yotgan holda tosh ko‘tarish – 15 marta 2 jamlanma;
og‘irlashtiruvchi jilet bilan bosh uzra tosh ko‘tarish – 15 marta 2 jamlanma;
shtanga bilan tizzani bukib o‘tirish – 15 martadan 3 jamlanma;
og‘irlashtiruvchi jilet bilan bolgarcha oyoq tashlash – 15 martadan 2 jamlanma;
gantel bilan qo‘lni kerish – 15 martadan 2 jamlanma;
trisepsni chiniqtirish – 15 martadan 2 jamlanma;
sport anjomlarida usullarni mashq qilish.
Jeki Channing ovqatlanishi
Aktyorning ovqatlanishi natriy va oqsil miqdori yuqori bo‘lgan ovqatlardan iborat. Uning ovqatlanish tartibi muvozanatli bo‘lib, faol turmush tarzini ta’minlash uchun yetarli kaloriyaga ega. Qo‘shimcha sifatida Chan vitaminlar, Omega-3, kollagen, kreatin, polivitaminlar, B12 vitaminidan foydalanadi. Jeki Channing muntazam mashg‘ulotlari – u ko‘p yillar mobaynida amal qilib kelayotgan tartibdir. Bu unga qat’iy parhezga rioya qilmaslik va o‘zini mazali taom bilan siylashga imkon beradi.