Skip to main content

Bryus Li butun bir avlodning kumiri bo‘lgan, u kurash san’atida mukammallikka intilgan holda jamiyatga sog‘lom turmush tarzi namunasini namoyish etgan. Hamisha yuqori nuqtada qolish uchun u doim mashq qilgan. Kung-fu ustasining mashaqqatli mashg‘ulotlaridan birini ko‘rib chiqamiz va katta ehtimol bilan, unga bel bog‘lashning hojati yo‘q degan xulosaga kelamiz.

Bryus Li – 50-yillarda XX asrlarda porlagan, biroq juda erta so‘ngan yulduz. Eng keng tarqalgan nazariyaga ko‘ra u 32 yoshida miya shishidan vafot etgan, garchi, juda erta ketganiga qaramay, Kichik ajdaho o‘zidan keyin hanuzgacha yashab kelayotgan madaniy meros qoldirdi.

Bryus Li mashg‘ulotlari, 7men.uz

Bryus Li qanday mashq qilgan?

Ta’riflashga til ojiz bo‘lgan mukammal tana va aql bovar qilmas rekordlar Bryus Li – bekam-ko‘st odam yoki umuman odam ekanligiga ko‘pchilikni o‘ylashga majbur qilgan va majbur qilmoqda. Boshqachasiga ikki barmoqqa tayangan holda polda otjimaniya qilish yoki ovqat tayoqchasi yordamida guruch donasini tutib olish qobiliyatini qanday izohlash mumkin?

Aslida barcha afsonaviy jangchining barcha yutuqlari uning jang san’ati va jismoniy yuklamalarga bo‘lgan shubhasiz iqtidoridan dalolat beradi, ammo shuni unutmaylikki, iste’dod mashg‘ulotlarsiz to‘g‘ri rivojlanmaydi. Shunday qilib, Bryus erishgan barcha narsa – bu tana ustida kuchli mehnat natijasidir.

Mashqlar ro‘yxati

O‘tirib turish

10 martadan 3ta podxod
42 kg gacha og‘irlashtirish

Yotgan holda bisepsga bukish

6 martadan 4ta podxod
16 kg gacha og‘irlashtirish

Otjimaniya

10 martadan 3ta podxod
Gantellar bilan “quyoshcha”

4ta podxod

7 kg gacha og‘irlashtirish

Shtanga bilan qo‘llarni qayta bukish

6 martadan 4ta podxod
29 kg gacha og‘irlashtirish

Shtanga bilan bilaklarni bukish

4ta podxod
Og‘irlashtirish 28 kg gacha

Gantellar bilan bilaklarni bukish

4ta podxod

Og‘irlashtirish 4,5 kg gacha

O‘tirib turish
12 martadan 5ta podxod

Oyoq uchida turish

20 martadan 5ta podxod

Oddiy odam bunday mashg‘ulotlarni bajara oladimi?

Mashq juda xilma-xil bo‘lib, ko‘plab mushak guruhlarini jalb qiladi. U bilan mashhur jangchi va aktyor shug‘ullanganiga qaramay, unda har kimning qo‘lidan keladigan oddiy elementlar mavjud. Masalan, tizza bukib o‘tirish va oyoq uchida turish. Va, albatta, otjimaniya ham asosiy mashqdir. Boshqa elementlar bilan esa hammasi biroz murakkabroq.

Masalan, fransuzcha dast ko‘tarish. Bu mashq tritsepslarni chiqaradi va yaxshi kuch hamda nazoratni talab etadi. Yetarli sport tayyorgarligiga ega bo‘lmagan oddiy odamga bunday mashq salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Eng muhimi – qo‘llarning to‘g‘ri harakatidir, shuning uchun og‘irlikni oqilona tanlang.

Yotgan holatda biseps mashqini bajarishda, boshlovchilar uchun o‘rtacha og‘irlik taxminan 7-12 kg ni tashkil etadi. 16 kg – bu yangi boshlaganlar uchun juda og‘ir, ammo muntazam shug‘ullansangiz, bu og‘irlikni ko‘tara olasiz. 42 kg og‘irlik bilan o‘tirib-turish esa, albatta, haddan tashqari ko‘p. Boshlovchi sportchilar uchun o‘tirib-turish mashqida o‘rtacha og‘irlik tana vaznining 50-60 foizini tashkil qiladi. Gantel yoki boshqa og‘irlashtiruvchilarni tanlayotganda, mana shu ko‘rsatkichlarga e’tibor qarating.

Agar siz Bryus Liga qaraganda kamroq tosh bossangiz, gantellar bilan “quyoshcha” mashqini bajarish qo‘lingizdan kelishi va xuddi shu sharoitda bilaklarni bukishni ham uddalashingiz mumkin. Biroq, shtanga bilan qo‘llarni teskari bukish – bu murakkab mashq bo‘lib, u rivojlangan biseps va bilaklarni talab etadi, yangi boshlovchilar uchun u juda qiyin bo‘ladi.

Shu sababli, tayyorgarliksiz oddiy odam uchun bunday mashg‘ulot juda og‘ir va hatto xavfli bo‘lishi mumkin, ayniqsa Bryus Li foydalangan og‘irliklar bilan mashqlar bajarilsa. Shuni yodda tutish kerakki, Bryus Li ko‘p yillik tajribaga va jismoniy tayyorgarlikning ajoyib darajasiga ega bo‘lgan professional sportchi edi.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, bunday mashg‘ulotlarda oddiy odam uchun juda ko‘p ma’no yo‘q. Ushbu mashg‘ulotdan alohida olingan mashqlar foydali bo‘lishi mumkin, ammo bunday katta miqdorda – aniq unday emas. Har qanday mashg‘ulot dasturini boshlashdan oldin, ayniqsa, sizda kasalliklar yoki jismoniy cheklovlar bo‘lsa, fitnes-instruktor va shifokor bilan maslahatlashishni tavsiya qilamiz. Mashg‘ulot rejasi jismoniy tayyorgarlik va salomatlikning individual darajasiga moslashtirilishi kerak.