Agar katta tennis, skvosh va ping-pongni aralashtirib, jo‘shqinlik va azart qo‘shadigan bo‘lsak, Messi va Jokovich muxlislari orasidagi padel hosil bo‘ladi. Bugungi kunda sportning bu turi O‘zbekistonda tobora ommalashmoqda. U nimasi bilan o‘ziga jalb qilishi haqida hikoya qilamiz.
Muhabbat tarixi
Padel-tennisni 1969-yilda meksikalik millioner Enrike Korkuera o ‘ylab topgan. Afsonaga ko‘ra, bu yerda ishga muhabbat aralashgan. Korkueraning rafiqasi tennisni yaxshi ko‘rardi, lekin kort ular yashaydigan joyga yaqin emasdi. Yangisini qurishga tog‘ landshafti xalal bergan, biroq millioner yo‘lini topadi.
O‘zining yer uchastkasida u baland devorlar bilan o‘ralgan kichik tennis maydonchasi quradi. To‘pni qaytarish uchun esa eshkakni eslatadigan yog‘och raketkalardan foydalanishni taklif qiladi. Ular o‘yinga nom ham berishadi: “paddle” so‘zi ingliz tilidan “eshkak” deb tarjima qilinadi.
Ispan shahzodasi Alfonso Korkueralarnikida mehmon bo‘lardi va bo‘sh vaqtni o‘tkazishning yangi turi bilan qiziqib qoladi. U vatani Ispaniya mehmonxonalarida padel uchun ilk kortlarni barpo etadi. O‘yin shu tariqa Yevropagacha yetib borgan. 1991-yilning o‘zidayoq Xalqaro padel-tennis federatsiyasi paydo bo‘ldi, 1992-yilda esa birinchi jahon chempionati o‘tkazildi.
Padel ishqibozlari orasida sportning boshqa turlari yulduzlari ham kam uchramagan. “Yaqin orada yangi sport karyeramni boshlayman”, – deb yozgandi futbolchi Zlatan Ibragimovich, o‘zining birinchi padel o‘yini markazi ochilishini e’lon qilayotib.
Uni bo‘sh vaqtlarda o‘ynashni boshqa futbolchilar ham xush ko‘rishar edi. Masalan, Lionel Messi va Devid Bekxem hatto padel turnirida ham ishtirok etishgan. Atoqli tennischilar ham unga befarq bo‘lishmagan, ular qatorida Novak Jokovich va Mariya Sharapova ham bor edi.
Padel-tennis qanday o‘ynaladi
Kort. Padel-tennis uchun kortning o‘lchamlari bo ‘yiga 20 metr, eniga 10 metrni tashkil etadi. U an’anaviy tennisdagi kabi to‘r bilan ikki qismga ajratilgan, biroq to‘r biroz pastroqda joylashgan bo‘ladi.
Raketkalar. O‘yinchilar shamollatish uchun teshiklari bo‘lgan, ichki qismi penoplastga o‘xshash ko‘pirtirilgan materialdan, tashqi qismi esa – yog‘och yoki karbondan tayyorlangan raketkalardan foydalanishadi.
To‘plar. Padel to‘plari an’anaviy tennisnikiga o‘xshaydi, biroq ulardagi bosim kamroq.
To‘pni oshirish kort markazidan o‘ng tarafdan pastdan yoki chapdan amalga oshiriladi. To‘pni uloqtiruvchi o‘yinchi oshirishni yerdan boshlashi va to‘pni diagonaliga qarshi tomonga yo‘naltirishi kerak.
Ikki marta oshirish qoidasi. Har bir o‘yinchi ikki marta to ‘pni oshirish imkoniyatiga ega. Agar birinchi oshirish muvaffaqiyatsiz chiqsa, ikkinchi oshirish amalga oshiriladi.
To‘pni urib sakratishdagi me’yor. To‘p, o‘yinchi unga zarba berishidan avval urib sakratilishi kerak. U istalgan devordan – kortning xoh orqa, xoh yon devorlari bo‘lsin – sakratilishi mumkin, faqat metall to‘rdan emas.
Jismoniy va ruhiy salomatlikka ta’siri
Yurak mashqi. Padel-tennis – bu yurak qon-tomir tizimini yaxshilaydigan va organizmning umumiy mustahkamlanishiga xizmat qiladigan qizg‘in yurak mashqidir.
Kuch bosimi. O‘yin mobaynida o‘yinchilar zarba, yugurish va yo‘nalishni almashtirish kabi turli harakatlarni bajaradilar, bu esa gavda, qo‘l va oyoq mushaklarining mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
Harakatlar muvofiqligi va muvozanatni yaxshilaydi. Doimiy harakat va to‘pga javob qaytarish harakatlar muvofiqligi va muvozanatni talab qiladi, bu esa o‘yinchilarda mazkur malakalarning o‘sishiga ta’sirini o‘tkazadi.
Stressni kamaytiradi. Jismoniy faollik stress darajasini kamaytiruvchi va kayfiyatni ko‘taruvchi endorfinlar ishlab chiqarilishiga xizmat qiladi.
Strategik fikrlashni o‘stiradi. Padel o‘ynash vaziyatni doimiy tahlil qilish va qaror qabul qilishni talab qiladi, bu esa hayotda strategik fikrlashning rivojlanishiga xizmat qiladi.
So‘nggi yillarda padel-tennisning ommalashuvi tez sur’atlarda o‘sib bormoqda va endilikda sportning mazkur maroqli turidan poytaxt aholisi ham bahramand bo‘lishi mumkin. BeFit Sky — bu Toshkent shahridagi premial segmentdagi innovatsion fitnes-majmua bo‘lib, poytaxtimizning eng ko‘zga ko‘ringan va ulug‘vor maskani bo‘lmish Tashkent City Mall’ning eng yuqori qavatida padel-tennis bilan shug‘ullanishning ajoyib imkoniyatini taklif etadi. Ispaniyaning “Padelgest” kompaniyasi tomonidan jahon standartlari asosida bunyod etilgan padel-tennis korti sizni faol hordiq va sport yutuqlari olamiga sho‘ng‘ishga taklif etadi!
BeFit Sky
Where Fitness Meets Fashion
Toshkent shahridagi premial segmentdagi innovatsion fitnes majmuasi
Toshkent, Shayxontohur tumani, Olmazor ko‘chasi, 2a-uy
Mo‘ljal: Tashkent City Mall
+998 95 000 00 00
Matn: Yevgeniy Zaytsev