Skip to main content

Chempionlar ligasi tanaffus oldi, Fayzullayev eng yaxshi yosh o‘yinchi mukofotiga nomzod bo‘ldi, Turkiyada sudyani do‘pposlashdi: dekabr oyining futbolga oid yangiliklari

Abbosbek Fayzullayev IFFHS talqiniga ko‘ra 2023-yilning eng yaxshi yosh o‘yinchi mukofoti uchun nomzodlar qatoridan joy oldi

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi va Moskvaning SSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev Xalqaro futbol tarixi va statistikasi
federatsiyasi (IFFHS) talqiniga ko‘ra 2023-yilning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar ro‘yxatidan joy oldi. Ushbu tashkilot mukofotni 20 yoshgacha bo‘lgan o‘yinchiga topshirilishi talab qilingan.

Eng yaxshilar bilan birga, 7men.uz

Biroq, Fayzullaevning jiddiy raqobatchilari bor. O‘zingiz ko‘ring: Jude Bellingham (Real Madrid), Jamal Musiala (Bavaria), Gavi (Barcelona),
Florian Wirtz (Leverkusen), Xavi Simons (RB Leipzig), Lamin Yamal (Barcelona), Alexandro Balde (Barcelona), Rasmus Xoylund (Manchester United). Hammasi 120 mamlakat jurnalistlari va futbol ekspertlaridan iborat IFFHS xalqaro hakamlar hay’atining fikriga bog‘liq. Mukofot natijalari yanvar oyida e’lon qilinadi. Fayzullaev esa chindan ham zo‘r ekaniga shubha yo‘q. U shu yozda SSKAga o‘tgach, 18 o‘yinda ikkita gol urdi va 9 golni uzatishga muvaffaq bo‘ldi. Moskva jamoasining muxlislari uning qobiliyatidan aqldan ozishmoqda.

O‘runov Saudiya Arabistoniga o‘tishi mumkin, Ikrom Aliboyev esa Portugaliya chempionatidagi ikkinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylanishi mumkin.

Qish mavsumida bir qancha o‘zbekistonlik futbolchilar ro‘yxatdan o‘tishlarini o‘zgartirishi mumkin. “Spartak”ga tashrifi unchalik omadsiz bo‘lgan Oston O‘runov Saudiya Arabistoniga otlandi. Hozircha u unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmasa-da, “Navbahor”da o‘ynamoqda. Ammo bir necha yil oldin u uchayotgan yulduz hisoblanardi.

Eng yaxshilar bilan birga, 7men.uz

Eng yaxshilar bilan birga, 7men.uz

Chet elda o‘ynayotgan tajribali yana bir o‘zbekistonlik futbolchi dunyoning bir chekkasidan ikkinchisiga o‘tib, Portugaliya chempionatidagi ikkinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylanishi mumkin. Gap hozir Janubiy Koreyada to‘p surayotgan Ikrom Aliboyev haqida ketmoqda. Biroq Portugaliyaning “Estrela” klubi futbolchini yoqtirib qoldi. Unga bir yarim yillik shartnoma taklif qilishmoqda, bu juda adekvat taklif, chunki Aliboyev allaqachon 29 yoshda. Aytgancha, ilk “o‘zbek portugal”i 2019-yilda “National” klubi bilan shartnoma imzolagan Sardor Rashidov bo‘lgandi.

Osiyo chempionlar ligasida ham guruh bosqichi yakunlandi. “Paxtakor” play-offga chiqa olmadi

Osiyo Chempionlar Ligasida ham g‘arbiy, ham sharqiy guruh bosqichi yakunlandi. O‘zbekistonning “Paxtakor” jamoasi play-offga tushishiga yaqin edi, ammo birgina g‘alaba bunga to‘sqinlik qildi. Barchasi Saudiyaning “Al-Feyxa” klubiga qarshi so‘ngi tur o‘yinida hal bo‘ldi. “Paxtakor” o‘yinga mezbonlik qildi, biroq o‘z uyinining devorlari ham yordam bermadi – 1:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Moskva “Spartak”ining sobiq forvardi va Shotlandiya “Reynjers” hujumchisi Feshn Sakalaning dublini ta’kidlaymiz. Guruh bosqichi natijalariga
ko‘ra “Paxtakor” yetti ochko to‘plab, uchunchi o‘rinni egalladi.

Yana bir muhim jihati shundaki, Saudiya Arabistoni jamoalari ushbu qura natijasiga ko‘ra yaxshi o‘ynashdi. Benzema to‘p surayotgan “Al-Ittihod” klubi 16 ochko to‘pladi. Malkom va Neymarning “Al-Hilol”i – 15, Ronaldoning “Al-Nasr”i – 14 ochkoni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston terma jamoasining vakili Ivan Sergeyevning ishonchli o‘yinini ham alohida ta’kidlaymiz. Turnirda u oltita, “Al-Nasr”dagi Taliska esa undan ko‘proq – sakkizta gol urdi. Bu Sergeyevning Bankokdan kelgan “Pathum-United” jamoasiga yordam bermadi. Jamoa nol ochko bilan guruhda so‘ngi o‘rinni egalladi.

Eng yaxshilar bilan birga, 7men.uz

Eski sxema bo‘yicha o‘tkazilgan Chempionlar Ligasining so‘ngi guruh bosqichi yakunlandi

UEFA Chempionlar Ligasining guruh bosqichi yakunlandi. Qizig‘i shundaki, bu eski sxema bo‘yicha o‘tkazilgan tarixdagi so‘nggi bosqich edi: sakkizta guruh, har birida to‘rtta jamoa, har biri bir-biri bilan o‘ynaydi… Yevropa futboli yetakchilari yangi narsa o‘ylab topishga qaror qilishdi va Chempionlar ligasi ishtirokchilarini Shveytsariya tizimidagi tartibsizlikka cho‘mdirdilar. Kelgusi yildan boshlab 36 nafar ishtirokchi qatnashadi, guruhlarga bo‘linmaydi va jamoalar so‘nggi tur natijalariga ko‘ra o‘z raqiblari bilan tanishadilar.

Bu turnirga yangicha nafas berish va yangi qiziqarli sarguzashtlar tug‘dirishi uchun qilindi. Mazkur turnir ham sarguzashtlarga boy bo‘ldi desak bo‘ladi. Misol uchun, A guruhida kurash so‘ngi daqiqagacha davom etdi. Natijada unvonli “Manchester United” to‘rt o‘rindan oxirgisini egalladi, play-offga esa liga jamoalarining eng faqiri – Daniyaning “Kopengagen” jamoasi chiqdi.

D guruhida Yevropa futboli grandidan yiroq bo‘lgan “Real Sociedad” kutilmaganda birinchi o‘rinni egalladi, ikkinchi o‘rinda esa o‘tgan yilgi finalchi “Inter” ga nasib qildi. Germaniyaning “Borussia”, Angliyaning “New Castle”, Fransiyaning “Paris Saint-Germain” va Italiyaning “Milan” klublari borligi sababli “o‘lim guruhi” laqabini olgan F guruhida ham hammasi bayroqda hal bo‘ldi. Keyingi o‘rinlardan fransuzlar va nemislar joy oldi. Va nihoyat, o‘tgan yilgi turnir g‘olibi “Manchester City” oltita o‘yinda olti g‘alabaga erishgan holda barqarorlik mo‘jizalarini ko‘rsatdi. Bu ingliz jamoalari orasida ikkinchi shunday natija. Bir paytlar shunga o‘xshash natijani “Liverpool” ko‘rsatgan edi. Play-off fevral oyining oxirlarida boshlanadi.

 

Eng yaxshilar bilan birga, 7men.uz

Xabi Alonso ajoyib “Bayer” jamoasini qurdi, endi esa “Real”ga murabbiy sifatida kelishi mumkin

“Liverpool”, “Bavaria” va “Real”ning sobiq o‘yinchisi Xabi Alonso tizimni sindirdi. Debyutant murabbiy Leverkuzendan yaxshi, ammo unchalik mashxur bo‘lmagan klubni Bundesligada birinchi o‘ringa olib chiqdi. Albatta, oldinda hali yetarlicha turlar bor va barchasi o‘zgarishi mumkin, ammo jamoaning o‘yinini e’tirof etmay bo‘lmaydi. Dekabr oyi o‘rtalarida shu paytgacha mag‘lubiyatga uchramagan “Bayer” Yevropaning eng kuchlilari ligasidagi yagona jamoa bo‘ldi.

Eng yaxshilar bilan birga, 7men.uz

Barcha futbol strateglari nemislarning o‘yinini maqtashmoqda. Ispaniyalikning noyob ishini hatto uning sobiq klubida ham e’tirof etishmoqda. “Real” hozirda faol ravishda murabbiy izlamoqda. Jamoaning hozirgi murabbiyi Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqarishga qarshi emasligi haqida mish-mishlar yuribdi. Uning o‘rnini bosuvchi ikki nomzod mavjud: klubda bir paytlar ishlagan Zidan va Xabi Alonso. Har qanday vaziyatda ham yoz faslida aynan ispaniyalik “murabbiylar transferi pirogining eng mazali qismiga” aylanadi.

Yozgi transferlarning asosiy muvaffaqiyatsizliklari nomlari keltirildi

Britaniya ommaviy axborot vositalari mazkur yoz faslining eng yomon transferlarini keltirib o‘tishdi. Ro‘yxatda Kay Xavers ham bor. O‘yinchi 60 million funt evaziga “Chelsea”dan “Arsenal”ga o‘tgan, biroq u ko‘rsatayotgan o‘yinni dadil deb aytishning iloji yo‘q. Ammo, bu yerda shuni ta’kidlashimiz mumkinki, bosh murabbiy Arteta negadir Kayni yarim himoyachi sifatida ko‘rmoqda (ilgari u forvard edi). Qolaversa, Haverts so‘nggi haftalarda raqiblar darvozasiga bir nechta juda muhim gollarni kiritib kelmoqda.

Arda Gyuler “Fanerbahche”dan “Real”ga eng istiqbolli yosh futbolchilaridan biri maqomida o‘tdi, ammo ketma-ket jarohat oldi. Ispaniya OAVda yozilishicha, Gyuller fitnes murabbiy Antonio Pintus tomonidan ilgari surilayotgan “Real”ning yuklamalari va tayyorgarlik dasturlariga tayyor bo‘lmagan. Umuman olganda, yangi o‘yinchining salomatligi hozircha namunali emas. Bu vaziyatda hamma Madriddagi karyerasini ko‘mgan belgiyalik Eden Azarni yodga oladi. Axir u o‘tish vaqtida hatto 30 yoshda edi!

Eng yaxshilar bilan birga, 7men.uz

Yana bir aniq muvaffaqiyatsizlik – bu Moyses Kaysedo. So‘nggi daqiqada “Chelsea” yarim himoyachini “Liverpool”dan tortib oldi va “Brayton”ni 115 millionga tushirdi. Ammo Moyses yuqori sifatli o‘yin ko‘rsata olmayapti va uning jamoasi okean tubida desak mubolag‘a bo‘lmaydigan, yuqoridan ancha pastda – o‘ninchi o‘rinda qolmoqda. Bu hatto bosh murabbiy Yurgen Kloppga shunday deyishga imkon berdi: “O‘sha paytda biz bunday deb o‘ylamagan edik, ammo hozir biz Moysesni olmaganimizdan xursandmiz”.

Va eng asosiy muvaffaqiyatsizlik – bu “Milan”dan “Nottingham Forest”ga o‘tgan Divok Origi. To‘g‘ri, bu belgiyalik “Liverpool”ga qarshi esda qolarli kambek o‘yinida “Barcelona” uchun bir nechta gollaridan so‘ng, bundan uch-to‘rt yil avval yuqori yutuqlar bilan sportni yakunlagandek ko‘rindi.

“Barcelona” futbolchilariga cho‘milish ta’qiqlandi

Kataloniyada so‘nggi 100 yillikdagi eng kuchli qurg‘oqchilik kuzatilmoqda. Bu hatto futbol klublari hayotida ham aks eta boshladi. Mahalliy hukumat rahbarlari suvdan foydlanishga cheklovlar qo‘yishga qaror qilishdi. Sport zallari va markazlarida dushdan foydalanish qisman ta’qiqlandi. “Barcelona” va ushbu ispan mavsumida shov-shuvlarga sabab bo‘lgan “Girona” (qaysidir onda klub birinchi pog‘onadan joy oldi) o‘ynaydigan katta stadionlar ham shular jumlasidandir. Yanvar oyida yaxshilanishi kutilmayapti – o‘yinchilar uylariga dush uchun borib kelishlariga kamida bir yarim oy ketish ehtimoli bor.

Eng yaxshilar bilan birga, 7men.uz

APL da yetakchi o‘zgardi. “Tottenham” jarohatlar va o‘z nufuzi yuki ostida quladi

“Tottenham” bosh murabbiyi Angelos Postekoglu Angliya Premer-ligasi tarixida ketma-ket uch marta oyning eng yaxshi murabbiyi sovrinini qo‘lga kiritgan birinchi murabbiy bo‘lgach, uning aravasi qovoqqa aylandi. Yetakchi o‘yinchilarning jarohatlari va o‘yindan chetlatilishi mag‘lubiyatlarga olib keldi. Shunday filib London jamoasi birinchi o‘rindan to‘rtinchi-beshinchi o‘rinlarga tushib ketdi. Dekabr oyi natijalariga ko‘ra Postekoglu sovringa erisholmasligi taxmini bor.

Eng yaxshilar bilan birga, 7men.uz

Ammo aytish joizki, ushbu mavsumdagi Angliya chempionligi kutilmagan sarguzashtlarga boy bo‘ladi. Yuqori o‘rinlarni allaqachon to‘rtta klub egallashga ulgurdi. Har bir turda o‘zgarishlar sodir bo‘lishi odatiy hol emas. Hozirda unvon uchun “Liverpool”, “Arsenal”, bir oz to‘xtab qolgan “Manchester City”, shov-shuvli “Aston Villa” va hali ham “Tottenham” (ba’zi shartlar bilan) da’vogarlik qilishmoqda. Endi kim chempion bo‘lishini Vanga ham aytib berolmagan bo‘lardi. Chempionat endigina ekvatoriga yaqinlashmoqda.

“Manchester United” va “Chelsea” kabi omadsizlar haqida alohida to‘xtalib o‘tish kerak. Bundan atigi besh-olti yil avval elita sanalgan ikki jamoa hozir yetakchi guruhga yaqinlashish uchun kurashmoqda. Lekin buning uddasidan unchalik yaxshi chiqa olishmayapti. Va bu yil, aftidan, bu ishlamaydi.

Turkiyada klub prezidenti o‘yindan so‘ng hakamni do‘pposladi. U diskvalifikatsiya qilindi

“Anqarag‘uju” futbol klubi rahbari Faruk Koja Turkiya chempionati o‘yinidan keyin hakamni kaltaklagani uchun bir umrlik diskvalifikatsiya oldi. Va bu hammasi emas. Funksioner 69 ming dollar jarima to‘lashi, shuningdek, sudlov mahkamasiga tushishi kerak bo‘ladi: jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Eng yaxshilar bilan birga, 7men.uz

Bu mojaro Turkiya Superligasining 15-turidan o‘rin olgan poytaxtning “Anqarag‘uju” klubi (va unchalik omadli emas) va “Rizespor” (1:1) o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng yuz berdi. Hakamning qaroridan norozi bo‘lgan Koja o‘yindan keyin maydonga yugurib chiqib, bosh hakam Halil Umut Melerning yuziga tarsaki tushirgan. Yetib kelgan Kojaning yordamchilari ham oyoq bilan bir nechta zarbalar berishgan. Natijada hakam yuzida katta gematoma bilan kasalxonaga jo‘natilgan. Palatada Meler bu sirkda endi qatnashmasligini va sudyalik faoliyatini yakunlashini e’lon qilgan.

Zo‘ravon prezidentga kelsak, u o‘z aybini tan olmadi, go‘yoki sudyaning o‘zi aybdor va o‘z qarorlari bilan uning asabiga tekkan. “Aslida men uni urishni xohlamagan edim”, dedi Koja o‘yindan keyin. “Men shunchaki uning yuziga tupurmoqchi edim …”