Skip to main content

O‘tmishga bir nazar

XX asrning boshlaridayoq ishtirokchilar bir shahardan ikkinchisiga qatnaydigan avtomobil poygalari ancha ommalashgan. Shu bilan birga, xavfsizlik va halol raqobatni tartibga soluvchi qoidalar hali mavjud emas edi. Fransiya avtomobil klubi Reconnus xalqaro avtomobil klublari uyushmasini tashkil etish uchun butun dunyo bo‘ylab 12 ta klub bilan birlashdi.

Bu tashkilot bugungi kunda kartingdan tortib Formula-1 gacha bo‘lgan xalqaro avtosportning boshqaruv organi hisoblangan Xalqaro Avtomobil Federatsiyasining (FIA) bevosita o‘tmishdoshi edi. U 1904-yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning qarorgohlari Parij va Jenevada joylashgan. FIA tarkibiga dunyo bo‘ylab 80 milliondan ortiq haydovchilarni ifodalovchi 147 mamlakatdan 245 dan ortiq klub, uyushma va federatsiyalar kiradi. FIA homiyligida Jahon chempionati, Yevropa kubogi, Afrika ralli chempionati, O‘rta Sharq chempionati, Osiyo-Tinch okeani chempionati va boshqa turdagi musobaqalar o‘tkaziladi.

Xavfli burilish: Namangan viloyatida ralli bo‘yicha O‘zbekiston kubogi, 7men.uz

O‘zbekistonda avtosport bo‘yicha musobaqalar 2019-yildan buyon FIAning mamlakatimizda rasman tan olingan yagona to‘laqonli a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston Avtosport va Karting Milliy Federatsiyasi (NAFKU) homiyligida o‘tkazilmoqda.

O‘zbekistonda avtosport

NAFKU har yili karting, avtoslalom, karting-slalom, ralli, dreyf kabi yo‘nalishlar bo‘yicha musobaqalar o‘tkazadi. Sportchilarimiz, o‘z navbatida, xalqaro musobaqalarda ishtirok etmoqda. O‘tgan yili Yasmina Egamberdiyeva Asia Pasific Games 2023’da karting-slalom yo‘nalishi bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.

O‘zbekiston joriy yilning 12-15-sentabr kunlari Buyuk Britaniyada o‘tkaziladigan OK-N klassida karting bo‘yicha jahon chempionatida tarixda ilk bor ishtirok etadi. Bundan tashqari, NAFKU milliy terma jamoani oktabr oyida Ispaniyaning Valensiya shahrida bo‘lib o‘tadigan FIA Motorsport Games 2024 musobaqasida ishtirok etish uchun faol tayyorlamoqda.

Xavfli burilish: Namangan viloyatida ralli bo‘yicha O‘zbekiston kubogi, 7men.uz

Xavfli burilish: Namangan viloyatida ralli bo‘yicha O‘zbekiston kubogi, 7men.uz

Ralli nima

Ralli – poygachilar turli xildagi yo‘llarda, asosan uzoq masofalarga bellashadigan yuqori tezlik va ekstremal sharoitlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi avtosport turidir. Trek poygalaridan farqli o‘laroq, ralli yopiq trassalarda ham, shag‘al, asfalt, qor va hatto muzdan iborat jamoat yo‘llarida ham o‘tkaziladi.

Poygachilar avtomobilning tezligi va boshqaruvi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan maxsus uchastkalarni, shuningdek, navigatsiyadagi aniqlik va jadvalga rioya qilish muhim bo‘lgan bog‘lovchi qismlarni bosib o‘tadilar. Rallining muhim elementi haydovchi va shturmanning birlashib harakat qilishi bo‘lib, bunda shturman yo‘nalishni va yo‘lning xususiyatlarini aytib turadi.

Rallining Formula-1 yoki halqa poygalari kabi boshqa avtosport turlaridan asosiy farqi uning oldindan aytib bo‘lmasligi va trassalarning xilma-xilligidir. Agar trek poygalarida barcha ishtirokchilar uchun trassa bir xil bo‘lsa va bir aylanib kelish davomida sharoitlar o‘zgarmay qolsa, rallida trassalar hatto bir bosqich davomida ham o‘zgarib turishi mumkin.

Har bir ralli bosqichi o‘ziga xos bo‘lib, yo‘lning har bir kilometri keskin burilishlardan to kutilmagan to‘siqlargacha bo‘lgan yangi qiyinchiliklarga boy bo‘lishi mumkin. Bu rallini nafaqat jismoniy, balki aqliy jihatdan ham murakkab sport turiga aylantiradi, bu yerda poygachilar maksimal konsentratsiyani namoyish etishlari va o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashishlari kerak.

1920-yillarga kelib, ralli bo‘yicha muntazam ravishda xalqaro musobaqalar o‘tkazildi. Keyinchalik ular o‘z qoidalari va formatlariga ega bo‘lgan rasmiy avtosport turiga aylandi va 1973-yilda birinchi jahon chempionati o‘tkazildi.

Xavfli burilish: Namangan viloyatida ralli bo‘yicha O‘zbekiston kubogi, 7men.uz

Xavfli burilish: Namangan viloyatida ralli bo‘yicha O‘zbekiston kubogi, 7men.uz

Xavfli burilish: Namangan viloyatida ralli bo‘yicha O‘zbekiston kubogi, 7men.uz

O‘zbekiston Ralli Kubogi 2024

Namangan viloyatining Pop tumanidagi Qamchiq dovoni tomoshabop avtosport voqeasi – 17-18-avgust kunlari o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi ralli kubogi uchun arenaga aylandi.

Musobaqaning birinchi kunida avtomobillar texnik ko‘rikdan o‘tkazildi, shundan so‘ng haydovchilar trassa bilan tanishdilar. Ertasi kuni esa asosiy poyga boshlandi. Unda A8-1600N va A9-2000N ralli sinflarida bellashgan beshta ekipaj ishtirok etdi (A toifasidagi avtomobillar uchun rallida keng ko‘lamli konstruktiv o‘zgarishlar amalga oshirishga ruxsat berilgan, biroq tashqi ko‘rinishi asosiy seriyali mashinaga mos kelishi shart. – Tahr. izohi). Ob-havo sharoiti o‘z ta’sirini ko‘rsatdi: boshlangan yomg‘ir musobaqaga ekstremal va tomoshabop tus bag‘ishladi. Poygadagi vaziyat chindan ham hayajonli va qizg‘in kechdi.

To‘qnashuvlar ham sodir bo‘ldi. A8-1600N sinfida butun masofa davomida ishonchli peshqadamlik qilgan 16-raqamli ekipaj, haydovchilar tezlikni eng yuqori darajaga chiqaradigan maxsus tezlik oshiriladigan uchastkasining so‘nggi kilometrida xatoga yo‘l qo‘ydi va burilishni ololmay, nam yo‘l ko‘tarmasidan otilib chiqib ketdi. Shunday bo‘lsa-da, matonat ko‘rsatib, ekipaj vaziyatni o‘nglab oldi va o‘z kuchi bilan finishgacha yetib keldi.

Markaziy Osiyoda o‘tkazilgan kubokda ilk bor hindistonlik hamkorlar taqdim etgan elektron telemetriya qo‘llanildi. Bu tizim o‘tgan vaqt haqidagi ma’lumotlarni tez va aniq uzatishni ta’minlaydi, shuningdek, natijalarni avtomatik tarzda Chrono Pulse ilovasiga yuboradi. Bu esa poyga natijalarini xatosiz ko‘rib chiqish imkonini beradi.

18-avgust kuni kechqurun O‘zbekiston Milliy avtosport va karting federatsiyasi Namangan viloyati Pop tumani hokimligi bilan hamkorlikda g‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimini o‘tkazdi.

Poyga ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligini, yo‘lning murakkab qismlarida avtomobilni boshqarish salohiyatini namoyish etgan va O‘zbekistonning eng yaxshi ralli-uchuvchisi unvoni uchun kurash olib borgan haqiqiy tezlik bayramiga aylandi.

Xavfli burilish: Namangan viloyatida ralli bo‘yicha O‘zbekiston kubogi, 7men.uz

Xavfli burilish: Namangan viloyatida ralli bo‘yicha O‘zbekiston kubogi, 7men.uz

Xavfli burilish: Namangan viloyatida ralli bo‘yicha O‘zbekiston kubogi, 7men.uz

Ralli bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi kubogi 2024 g‘oliblari
А8-1600Н klassА9-2000Н klass
1-o‘rin

88-ekipaj (Spark)

Pilot Ibrohim Kursun

Shturman Asqarbay Nazarov

 

2-o‘rin

Ekipaj 16 (Nexia 2)

Pilot Yevgeniy Kim

Shturman Jamoliddin

Mirhosilov

 

1-o‘rin

Ekipaj 4 (Vaz 2108)

Pilot Rauf Hasanov

Shturman Boris Konyuxov

 

2-o‘rin

Ekipaj 8 (Vaz 2108)

Pilot Olim Akmaljon

Shturman Paris Muhammad Asef

 

3-o‘rin

Ekipaj 5 (Vaz 2108)

Pilot Dilshod Yusupov

Shturman Otamurodjon Sobirov

Foto: Sherzod Ubaydullayev