Skip to main content

O‘zbekistondagi sport bo‘yicha ilk rekord haqida so‘zlab berishdan avval, dunyoda Qur’on va Bibliyadan ham ko‘proq chop etiladigan kitob bo‘ylab muxtasar tarixiy safarga otlanamiz. Muqoyasaning nozik tuprog‘iga qadam qo‘ygan holda, Ginnesning rekordlar kitobini imkonsiz yutuqlarga intiladigan ixlosmandlar uchun – o‘ziga xos kult darajadagi deb atash mumkin. 

Tug‘ma qiziquvchanlik – insonning Yer sayyorasidagi hukmronligini izohlab beradigan o‘sha farqli jihati. Shu bilan birga “Buning imkoni bormi?” degan savolga javob topish ilinjida manbalarni xavf ostiga qo‘yadigan kuchli ta’lim vositasidir. 

Ginnesning rekordlar kitobining yaratilish tarixi 

Ginnesning rekordlar kitobi tarixi (The Guinness Book of Records) “Ginnes” irland pivo ishlab chiqarish kompaniyasi ijrochi direktori Xyu Biver 1951-yilda ov paytida o‘rtoqlari bilan g‘ayrioddiy garov bog‘lashidan boshlangan. Tillarang rjankani otib tushira olmagan Biver Yevropada aynan shu qush qanotlilar orasida eng tezkori ekanini ta’kidlaydi. Biroq keyinchalik unda, baribir shotland kakligi undan-da tezroq ucha olishi haqida shubha paydo bo‘ladi.

O‘shanda Xyu Biver shuni anglab yetadiki – dunyodagi hech bir kitob to‘g‘ri javobni topishga va bu bahsning tagiga yetishga yordam bera olmaydi. U bunday nashr haqiqiy bestsellerga aylanadi deb o‘ylaydi. G‘oyani “keyinga” surib o‘tirmay, Biver eng nostandart rekordlar haqida ma’lumot to‘plashga va uni chop etishga ahd qiladi.

U mazkur ishga ilmiy jihatdan jiddiy yondashgan. Londonda xilma-xil yutuqlarni ro‘yxatdan o‘tkazadigan maxsus agentlik tuziladi. Faqat eng obro‘li ekspertlar: astrofiziklar, fiziologlar, zoologlar, iqtisodchilar, numizmatlar, kriminologlar, etimologlar va boshqa omilkor mutaxassislarning ma’lumotlari qayd etilgan. Natijada barcha faktlar sinchiklab saralab chiqilgan va bitta kitob shakliga keltirilgan, unga Xyu Biver oilasining ajdodi – Artur Ginnes sharafiga nom beriladi. 

198 sahifali Rekordlar kitobi 1955-yilning 27-avgustida dunyo yuzini ko‘radi va uning ta’sischisi taxmin qilgandek, haqiqatdan ham shu zahoti bestsellerga aylanadi. Bugungi kunda u yiliga 80 milliondan ortiq adadda ishlab chiqariladi. Kitobning o‘zi har yili eng xaridorgir nashr sifatida o‘z sahifalaridan joy olgan. 

Shu tariqa Ginnes kitobi yirik miqdordagi jahon rekordlarining asosiy xalqaro katalogiga aylandi. Rekordning haqiqiyligi tavsifi, uni ro‘yxatdan o‘tkazish – qat’iy reglamentga solingan jarayon. Bu bilan Guinness World Records maxsus komissiyasi shug‘ullanadi. 

Aynan uning vakillari 15-may kuni sport bo‘yicha O‘zbekiston tarixidagi ilk rekordni qayd etgani Toshkentga kelishdi. Tadbir tashabbuskorlari Bodibilding federatsiyasi hamda 7Saber bo‘lishdi.

Mana bu – rekord, 7men.uz

Mana bu – rekord, 7men.uz

Mana bu – rekord, 7men.uz

Toshkentda tub burilish vaqti     

Komissiyaning yetib kelishi munosabati bilan taxmin qilinganidek, g‘oyaning o‘zi va harakatlar ko‘lami aql bovar qilmas darajada edi: olti kishidan iborat jamoa og‘irligi 17 tonnadan ortiq bo‘lgan ATR 72-600 yo‘lovchi turbovintli samolyotini bir daqiqadan kamroq vaqt ichida 100 metrga shatakka olib tortishi kerak edi. 

Oddiy hisob-kitoblar buni tushunishga imkon beradi: shunchaki siljitish emas, balki kishi boshiga deyarli uch tonnani 6 km/soat tezlikka yetkazish kerak edi! Eng ideal vaziyatda esa bir daqiqaga ulgurib qolish uchun yanada tezroq harakat qilish. 

Toshkent aeroportida bo‘lgan tahririyat jamoasini barcha yig‘ilganlar kabi hayajon qamrab oldi. Ancha issiq tong havosida start olinishini kutib diqqat bo‘lish uchqunlari yalt etdi.  

Mana bu – rekord, 7men.uz

Mana bu – rekord, 7men.uz

Mana bu – rekord, 7men.uz

Mana bu – rekord, 7men.uz

Agar uddasidan chiqa olishmasa nima bo‘ladi? Ishtirokchilarda bungacha shunga o‘xshash tajriba bo‘lmagan bo‘lsa, qanday qilib 100% ishonch hosil qilish mumkin? Kiyim-kechaklar pand berib qolsa-chi? Yuklamaning haddan tashqari ko‘pligi sabab kimdir jarohat olsa-chi?     

Faqat samolyotni siljitishi kerak bo‘lgan Baxshulla Fayzullayev, Umid Husanov, Bekzod Xudoyqulov, Sherzodbek Gaynazarov, Farhod Dadamuhamedov va Abrorbek Fozilovlargina xotirjamlikni saqlab qoldilar. Tadbir mobaynida ular fillarga xos vazminlik namoyish etdilar va o‘z kuchlariga ishondilar. Kelganlar bilan bajonidil suhbat qurib, hazil-huzul qildilar.

Mana bu – rekord, 7men.uz

Mana bu – rekord, 7men.uz

Mana bu – rekord, 7men.uz

Baxshulla Sayfullayev: 

Avval shunga o‘xshash ishni bajarishga muyassar bo‘lganmisiz? 

Yo‘q, bu mening birinchi tajribam, bunday tadbirda ilk marotaba ishtirok etyapman. Men bodibilderman, zalda shug‘ullanaman, qandaydir maxsus tayyorgarlik qildim, deb ayta olmayman.

Vazningiz qanday?

120 kilogramm. Jamoadagi yigitlarniki 100 dan 130 kilogrammgacha.  

Butun samolyot 17 tonnadan ortiq tosh bosadi. Sizlar oltitasizlar. Bundan chiqadi-ki, bir kishiga tushadigan yuklama deyarli uch tonnani tashkil etadi. Samolyotni bunchalik tez siljitishning oz bo‘lsa-da, uddasidan chiqa olmaslik ehtimoliga yo‘l qo‘yasizlarmi?      

Bunday bo‘lishi mumkin emas. Buni qilmagunimcha ketish yo‘q! (Kuladi.) Ishonchim komil, biz buni uddalaymiz. Ilgari boshqa transportlar bilan, to‘g‘ri, nisbatan ancha yengil – avtobus va avtomobil bilan to‘qnash kelganmiz.             

O‘zingiz aytdingiz-ku, tajriba yo‘q deb.

Samolyot to‘g‘risida yolg‘on gapirmadim – bu birinchi martasi. Ilgarilari yengil avtomobillarni tortgan paytlarim bo‘lgan. O‘shanda, yugurib ketganman, desam ham bo‘ladi! Hatto avtomobilni o‘g‘irlab ketmasligim uchun “qo‘l tormozi”ni ham tortib qo‘yishgan. Bugun, albatta, bundan ancha qiyin bo‘ladi.    

Hamma narsa shay bo‘lganida, komissiya delegatsiyasi rahbari sanoqni boshladi: “Three, two, one, go!”. 

Mana bu – rekord, 7men.uzMana bu – rekord, 7men.uz

Gorilla turishini eslatadigan holatda turgan holda ekipirovkada qattiq mahkamlangan zanjirlar bilan polvonlarimiz yo‘g‘on ovozda xitob qilgan holda harakatni boshlashdi. O‘sha lahzadan boshlab jimlik bo‘lishi mumkin emasdi. “Qani, qani, tortamiz, tezroq! Tezroq! Bor kuchimiz bilan yuguramiz!” Hayqiriqlar har tomondan eshitilardi. 

Uchta asosiy qoida mavjud edi: samolyot shassisi start berilishidan oldin start chizig‘i ortida turishi shart; orqa shassi finishni kesib o‘tgandagina masofa bosib o‘tilgan hisoblanadi; urinish vaqti – bir daqiqa. Rekordning bajarilish nazorati sekundomer tutgan ikki nafar sudya tomonidan olib borildi. 

Va mana – finish bosib o‘tildi. Savol: “Qancha vaqtda?” Sudyalardan biri Hamzaning bergan javobini yaxshi eshitmay qoldik, biroq sekundomerlardan rekord bo‘lgani tushunarli edi, ustiga ustak zaxirasi bilan.  

Finishdan so‘ng quvonch va umumjamoa g‘alabasi hissi qamrab oldi. Faqat komissiyaning rasmiy tasdiqlashigina qoldi.   

Mana bu – rekord, 7men.uz

Mbali Nkosi: “Biz “jamoalar o‘rtasida eng qisqa vaqt mobaynida samolyotni 100 metrga tortish” rekordining guvohi bo‘ldik. Faxr bilan shuni ma’lum qilamanki, O‘zbekiston atletlari jamoasi samolyotni 100 metrga 46,7 sekundda shatakka olib tortib bordi! Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent aeroportida biz Ginnesning yangi rekordini qayd etdik!”            

Mana bu – rekord, 7men.uz

Mana bu – rekord, 7men.uzMana bu – rekord, 7men.uz

 

Matn: Aleksandr Shaptala

Foto: Ruslan Mardanov