Skip to main content

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Xitoy xalqaro temir yo‘l transporti ko‘rgazmasida

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Hikmatullo Rahmetov boshchiligidagi delegatsiya “InterRail Expo 2023” Xitoy xalqaro temir yo‘l transporti va temir yo‘l uskunalari ishlab chiqarish sanoati ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Ko‘rgazma Xitoy Xalq Respublikasining Xunan provinsiyasida joylashgan Chjuchjou shahrida bo‘lib o‘tdi.

InterRail Expo 2023, 7men.uz

InterRail Expo 2023, 7men.uz

InterRail Expo – Xitoy savdoga ko‘maklashish assotsiatsiyasi va Xunan provinsiyasi Xalq hukumati tomonidan tashkil etilgan temir yo’l sanoatidagi yetakchi iqtisodiy-savdo ko‘rgazmasi hisoblanadi. Ko‘rgazmaga Yevropa, Amerika, Afrika, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Janubi-Sharqiy Osiyo kabi dunyoning turli mintaqalaridan 1200 dan ortiq mehmonlar va 600 dan ortiq korxonalar taklif etildi.

InterRail Expo 2023, 7men.uz

InterRail Expo 2023, 7men.uz

Ko‘rgazma innovatsion temir yo‘l transporti uchun asbob-uskunalar, asosiy qismlar va xomashyolar, intellektual tizimlarni ishlab chiqarish, ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat ko‘rsatish, shu bilan birgalikda, innovatsion temiryo‘l transportini ishlab chiqarish uchun sohaviy sanoat zanjirida loyihalash bo‘yicha keng ko‘lamli tavsiyalarni qamrab oladi.

InterRail Expo 2023, 7men.uz

InterRail Expo 2023, 7men.uz

Bundan tashqari, Xitoy xalqaro temir yo‘l transporti va temir yo‘l uskunalari ishlab chiqarish sanoati ko‘rgazmasining ochilishi doirasida temir yo’l transporti bo’yicha Butunjahon Syanszyan forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda xorijiy davlatlar vakillari, Xunan provinsiyasi gubernatori, partiya qo‘mitasi a’zolari, vazirlar, akademiklar, China Railway Corporation Limited ning direktorlar kengashi raisi va boshqa yuqori martabali amaldorlar ishtirok etishdi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ axborot-tahliliy media markazi