Bu yozning asosiy musiqa festivallari
May oyida AQSHda ochiq osmon ostida o‘tkaziladigan eng mashhur musiqa va san’at festivallaridan biri Coachella bo‘lib o‘tdi. Iyunda esa yana Mo‘ynoqqa qaytgan “Stixiya” festivali o‘tkazildi. Biz sentabrgacha bo‘lib o‘tadigan mavjud yana 12 ta yirik musiqali open-air’larni jamladik.
Glastonbury
qachon: 26-30-iyun
qayerda: Somerset, Angliya
sayt: glastonburyfestivals.co.uk
1970-yildan beri alohida nishonlanadigan yozgi quyosh turishi kuni. Besh kunlik raqs chiqishlari, oqshomgi shoular, teatr va sirk namoyishlari. “Glastonberi” – eng uzoq davom etadigan va Buyuk Britaniyaning butun dunyoga mashhur festivallaridan biri. Bu yerda jahon yulduzlaridan tortib mahalliy ingliz guruhlarigacha ko‘plab artistlar chiqish qiladilar.
Festivalga fermer Maykl Ivis asos solgan, qachondir bayram uning sut fermasi hududida paydo bo‘lgan. Turistlar maysazor o‘rtasidagi chodirlarda yashashgan, yaqin shaharchalardan kelgan rok-guruhlar improvizatsion sahnada chiqish qilishgan. Bugungi kunda hudud katta: ulkan piramida ko‘rinishidagi to‘rt tomondan o‘ralgan sahnali majmua kichik luna-park, sirk va hatto ko‘rgazma maydonchasiga ham ega. U har yili 200 ming tomoshabinni o‘ziga qamrab oladi.
Festivalning o‘ziga xos jihati – loygarchilik. O‘zgacha joylashuvi va tez-tez yomg‘ir yog‘ishi sabab tuproq loyga aylanadi. Shuning uchun o‘zingiz bilan rezina poyabzal oling.
Open air
qachon: 3-6-iyul
qayerda: Gdinya, Polsha
sayt: opener.pl
Boltiqbo‘yidagi Polshaning eng yirik musiqa festivali. Har yili bu yerda yuz mingdan ortiq fanat to‘planadi. Ko‘lami va o‘tkazilish sifati bo‘yicha bu – turli janr ijrochilari chiqish qiladigan Yevropadagi eng yaxshi festivallardan biri. 2024-yilda Open’er da – Foo Fighters, Dua Lipa, Doja Cat, 21 Savage, Sam Smith va boshqa artistlar ishtirok etishadi.
Rock Werchter
qachon: 4-7-iyul
qayerda: Verchter, Belgiya
sayt: rockwerchter.be
Rock Werchter — Belgiyaning Lyoven shahridan uzoq bo‘lmagan mitti Verchter qishloqchasida bo‘lib o‘tadigan multijanrli festival. Bu rok-festival bo‘lishiga qaramasdan, turli vaqtlarda bu yerda indi, pop, elektron musiqa va hatto rep qo‘shiqchilar ham chiqishgan. Bu yil ham bundan mustasno emas: laynapda Måneskin и PJ Harvey, Dua Lipa и Lenny Kravitz, shuningdek Tom Odell, Snow Patrol, Sum 41, The Blaze va boshqa artistlar bor.
Yashash uchun kemping va chodirlar mavjud, ulardan joy bilan chiptani darhol rasmiy saytda sotib olish mumkin. Agar kemping olgan bo‘lsangiz, joyni avvalroq band qilib qo‘yish lozim, chipta bilan o‘zingiz bilan palatka olgan bo‘lsangiz, sizni o‘zingizga o‘xshagan shunday mehmonlar yashaydigan hududga qo‘yishadi. Qulayroq joyni tanlash uchun ertaroq keling.
Melt Festival
qachon: 11-13-iyul
qayerda: Ferropolis, Germaniya
sayt: meltfestival.de
Melt Festival – rok, pop, elektron musiqa festivali. Gitara solosi, 808-baslar, jaz saksofonlari va boshqa ko‘plab voqealar tomoshabinlarni 25 yildan beri xursand qilib kelmoqda. Turli yillarda festivalda The xx, Florence and The Machine, Princess Nokia, Lana Del Ray, Nina Kraviz, Björk, Oasis, Portishead, Blaze va boshqalar chiqish qilishgan.
Festivalda musiqa bir necha kunlar davomida to‘xtamaydigan – bir didjey boshqasi bilan o‘rin almashadigan uch sanha va tungi raqs maydonchasi mavjud. Shunday ekan, festival uch kun mobaynida davom etadi. Festival o‘tkaziladigan joy yaqinida Gremmin ko‘li joylashgan – u yerda raqs maydonchasidagi reyvdan keyin ayniqsa tongotarni kuzatish yoqimli.
Exit
qachon: 11-14-iyul
qayerda: Novi-sad
sayt: exitfest.org
Festival 2000-yilda Bolqon yarimorolida Serbiya demokratiyasi va mustaqilligi uchun talabalarning noroziliklari fonida paydo bo‘lgan. Exit har yili o‘tkazila boshlagach, u xalqaro miqyosga ega bo‘ldi va muntazam ravishda “eng yaxshi xorijiy festival” ruhidagi mukofotlarni qo‘lga kirita boshladi.
Bu yerda har qanday didga mos musiqa topiladi: stadionlar uchun pop-musiqadan tortib qo‘shni garajdan chiqqan pank-rokkacha. Metal va hip-hop, elektronika va folk, xaus va indastrial – bir so‘z bilan aytganda, hech kim benasib qolmaydi. Bu yerda aytarli barcha yulduzlar bo‘lgan: The Prodigy, Arctic Monkeys, Мадонна, The Killers, Sex Pistols, Guns’N’Roses. Bu yil laynapida – Gucci Mane, Black Eyed Peas, Carl Cox, Tom Morello, Black Coffee va boshqalar.
Tomorrowland
qachon: 19-28-iyul
qayerda: Bum, Belgiya
sayt: tomorrowland.com
Tomorrowland elektron musiqa festivali har yili dunyoning turli burchagidan 185 ming odamni jamlaydi. Chiptalar tezlik bilan sotilib ketadi, chunki ko‘pchilik Martin Garriks va boshqa elektron musiqa yulduzlarining to‘plamini tinglashni istaydi. Tadbir ikkita dam olish kunlari 19-21-iyul va 26-28-iyulda bo‘lib o‘tadi.
Dreamville (festival kempingi)da to‘xtab o‘tib, kunning asosiy voqeasidan avval oqshomgi ziyofatga borish mumkin. Shu kuni xedlaynerlarning chiqishi bo‘ladi. Tomorrowland o‘zining reyv-anturaji bilan mashhur. Bunday atmosfera vizual effekt, quloqni kar qiluvchi baslar, tutun shashkalari, zamonaviy lazerli shou, mushaklar va ko‘plab muxlislar tufayli yuzaga keladi.
All Together Now
qachon: 1-4-avgust
qayerda: Kerragmor, Irlandiya
sayt: alltogethernow.ie
Irland festivali atigi beshinchi marta o‘tkazilmoqda, ammo u Irlandiyaning eng yirik voqeasi nomini olib ulgurdi. Hududini aytmaysizni – yashil tekislik va butun boshli qasrlari mavjud qadimiy Kerragmor grafligi. Festival maydoni yirik: bir nechta kempinglar, shaxsiy luna-park, bir nechta sahnalar. Boshqa ko‘ngilochar tomoshalardan – master-klasslar, stand up, yoga, munozaralar, strit-art va har qanday ta’bga mos tayyor ovqatlanish nuqtalari. Bu yerda burger va mualliflik kokteyllari bilan birga, sog‘lom ovqat va fermer sutini ham topish mumkin.
All Together Now festivali alohida bolalar segmentida ko‘plab bolalar ko‘ngilochar tomoshalari va tadbirlarini o‘z ichiga olgan oilaviy bayram sifatida o‘z ifodasini topgan. Festivalda pop, indi, rep ijrochilari va hatto orkestr ishtirok etadigan 14 ta joy mavjud.
Sziget
qachon: 7-12-avgust
qayerda: Budapesht, Vengriya
sayt: szigetfestival.com
Sziget – dunyodagi eng yirik ko‘p janrli musiqa festivallaridan biri. U Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin paydo bo‘lgan va 1993-yildan boshlab o‘tkazib kelinadi. Biroq Sziget faqta musiqa bilan cheklanib qolmaydi: badiiy ko‘rgazmali, kinofilm, sport musobaqalari, sirk namoyishlari va bolalar uchun dasturlar qo‘yiladigan boshqa ko‘plab maydonchalar butun shahar bo‘ylab tarqalgan.
Musiqaga kelsak, bu xilma-xil janrlar to‘plamidir. Sahnalar soni jami sakkizta, shuning uchun hammasi bo‘ladi – etnik motiv va pop-qo‘shiqlardan tortib, rok va metallgacha. Barcha sahnalar Budapesht tumanlaridan biri Obuda orolida joylashgan, konsertlar open air formatida bo‘lib o‘tadi. Bu yili xedlaynerlar orasida Xolzi, Martin Garriks, Sem Stis, Skrilleks bor.
Untold
qachon: 8-11-avgust
qayerda: Kluj-napoka, Ruminiya
sayt: untold.com
Ruminiya qanday assotsiatsiyalar uyg‘otadi? Graf Drakula, tumanli vodiylar va mistika atmosferasi. Ruminiyaning Untold Festival asosiy elektron musiqa festivalining asosiy konsepsiyasi shuning ustiga qurilgan. To‘rt kechayu to‘rt kunduzga cho‘ziladigan reyv vaqti-vaqti bilan marosimiy raqsga o‘xshab ketishi mumkin, biroq bundan u yanada jozibaliroq bo‘ladi. Dekoratsiya va qurilmalarda fantsatik maxluqlar yashiringan, yorug‘lik hamrohligi va musiqiy to‘plamlar sehrli atmosfera bilan ajoyib tarzda uyg‘unlashadi.
Flow
qachon: 9-11-avgust
qayerda: Xelsinki, Finlyandiya
sayt: flowfestival.com
Flow – Suvilaxtidagi ishdan chiqqan elektr stansiyasida roppa-rosa uch kun davomida o‘tkaziladigan musiqa va vizual san’at festivali. 80 mingdan ortiq festival mehmonlari sifatli laynaplar, keng ko‘lamli art-dasturlar va shaharning 40ta eng yaxshi kafe va restoranlari mo‘jizalaridan zavqlanishlari mumkin.
Flow haqiqatdan-da nafaqat musiqa, balki san’at va gastronomiya festivali hamdir. Har yili Xelsinkining eng qiziqarli va mashhur restoranlari mehmonlar uchun mavsumiy mahsulotlardan maxsus va noyob taomlar, sog ‘lom strit-fud, yangi sushi va sersuv burgerlar tayyorlaydilar. Art-dasturlar doirasida esa tasviriy, video va rangli chiroqlar san’ati, kinofilmlar va performanslar namoyish etiladi.
Rock En Seine
qachon: 21-25-avgust
qayerda: Parij, Fransiya
sayt: rockenseine.com
Rok yulduzlar pop va indi-xonandalar bilan birgalikda chiqish qiladigan uch kunlik rok-festival. 2024-yilda Måneskin sahnada mistik Massive Attack guruhi, romantik Lana Del Rey, jo‘shqin The Offspring va parallel tarzda The Smile guruhini tuzishgan Radiohead’dagi yigitlar bilan chiqish qiladi.
Mysteryland
qachon: 30-avgust–1-sentabr
qayerda: Xarlemmermer, Niderlandiya
sayt: mysteryland.nl
“Oldlar” uchun elektron musiqa festivali 1993-yildan beri har yili o‘tkaziladi. Mysteryland atmosferasi zamonaviy xippi festivalini eslatadi. Uning ko‘p yillar davomidagi asosiy shiori – “Sevgi, tinchlik va musiqa”.
Bu yili 17 sahnada 300 ta musiqachi uch kun mobaynida uzluksiz chiqish qiladi. Pult yonida yulduzli tarkib – Armin Van Buuren, Martin Garrix, Deadmau5, Hardwell, Dimitri Vegas & Like Mike, Headhunterz va ko‘plab boshqalar bo‘ladi. To‘liq konsert dasturi hali e’lon qilingani yo‘q, biroq, o‘ylaymizki, ro‘yxatga umid bo‘lasa bo‘ladi.
Sayohatchilarga maslahatlar
- Festivallarda texnikani quvvatlantiradigan joylar kam bo‘ladi. Shuning uchun o‘zingiz bilan poverbank oling. Telefon o‘chib qolsa ham vaqtda adashib qolmaslik uchun smart-soat oling.
- Festivallarda bir butilka suv qimmat turadi, shuning uchun uni avvaldan sotib oling. Festivalga kirish qoidalari bilan tanishish muhim: qayerdadir ichimlik olib yurishga ruxsat etiladi, qayerdadir esa qopqog‘ini olib tashlashni so‘rashadi.
- Agar siz bir necha kun davomida festivalda bo‘lsangiz, eng kerakli buyumlar: bosh kiyimi, yomg‘irpo‘sh, spf va shunga o‘xshash kuyishdan himoyalovchi “pantenol”, chivin va kanalarga qarshi sprey, bir nechta quti nam salfetkalar. Agar festivalga yegulik olib kirish mumkin bo‘lsa, sneklar bilan zaxiralanib oling.
- Poyabzal birinchi navbatda qulay bo‘lishi lozim. Raqs mobaynida va omma ichida noqulay poyabzalda oyoqlarni shikastlab olish hech gap emas.
- Yirik festivallarga chiptalarni oldindan sotib olish zarur, chunki tezda soldaut bo‘lib ketadi. Hamma yerda avvaldan yozilish ro‘yxati mavjud, agar ro‘yxatda bo‘lsangiz, qachon sotuv boshlansa yoki soldautdan keyin chiptalar paydo bo‘lib qolsa sizga xabar berishadi.
- Bir qancha festivallar tadbir bo‘lib o‘tadigan hudud xaritasinining elektron variantini avvaldan berishadi. Sahnalar va o‘zaro kesishgan joylar orasida adashib qolmaslik uchun u bilan avvaldan tanishib chiqing.