Ijtimoiy ahamiyatga molik g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash va kengaytirish uchun tadbirkorlarga beriladigan Emergent Ventures mukofoti sovrindori va startap asoschisi Nabil Kureshi o‘z blogida hayotini yaxshilashni xohlaydigan intiluvchan biznesmenlar va oddiy odamlar uchun taniqli insonlarning fikrlari, tamoyillari va maslahatlarini yozib boradi. Biz ulardan eng qiziqarlilarini tanlab oldik.
- Sizni nima “yengil-yelpi”likka olib borayotganini tushuning va uni o‘z foydangiz uchun qo‘llash yo‘llarini toping.
- Rad etishlarini xotirjam qabul qilishni o‘rganing, shunda har qanday narsani so‘rashdan tortinmaysiz.
- To‘liq quvvat bilan ishlash kerak bo‘lgan sharoitlarni toping; agar o‘rtamiyona bo‘lsangiz, shundayligingizcha qolasiz.
- Tez harakat qiling. Darhaqiqat, vaqt biznesga emas, balki sustkashlik va kechiktirishga sarflanadi. Tezkor harakatlar sizni muhim omillarga e’tibor qaratishga va keraksiz narsalardan xalos bo‘lishga majbur qiladi.
- Har kuni imkon qadar ko‘proq harakat qiling, bu umringizni uzaytirishning yaxshi yo‘lidir.
- O‘zingizni ifoda etishdan qo‘rqmang. Kimningdir soyasida qolsangiz, o‘zingizni ko‘rsatish imkoniyatini qo‘ldan boy berasiz.
- O‘zingizni zavqlantiradigan jismoniy faoliyatni toping va u bilan mana shu zavq uchun shug‘ullaning.
- Odatga aylantirmasangiz ham, meditatsiya qilishni o‘rganing. Meditatsiyaning foydasi ko‘p.
- Harakatlar energiya beradi, harakatsizlik tushkunlikka tushiradi. Harakat bo‘lgan joyga boring. Aglomeratsiya effekti kuchli omil hisoblanadi.
- Hayotingizning qandaydir bir nuqtasida boshlang‘ich yoki kichik loyihada ishlang. Kichik guruhning energiyasi va g‘ayrati bebaho tajribadir.
- Noto‘g‘ri ko‘rinadigan xatti-harakatlarni rasionalizatsiya qilishda ehtiyot bo‘ling.
- O‘zingizning eng yomon versiyangizga aylantiradigan ichingizdagi murvatni toping.
- “Ahmoqona” savollar bering. Ahamiyatga molik kishilar buning uchun sizni qoralamaydi, siz esa muhim bilimlarga ega bo‘lasiz.
- Muvaffaqiyat ko‘pincha qarama-qarshiliklarga bog‘liq. Hatto qiyin bo‘lsa ham ajoyib natijalarga intiling.
- Tajribaga asoslanadigan masalalarda asossiz dalillarga juda diqqatli bo‘ling (masalan, “SI, albatta, hammani o‘ldiradi”). Ular qanchalik ishonarli ko‘rinmasin, odatda noto‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Reallikning sarhadi cheksiz.
- Omad sizning ishtirokingizga bog‘liq. Qanchalik faol harakat qilsangiz, kerakli vaqtda kerakli joyda bo‘lish ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi.
- Eng qimmatli fikr-mulohazalar odatda eng ko‘p og‘riq beradi.