Skip to main content

Ko‘proq ulgurish uchun shoshilmaslik kerak: ustuvor maqsadlarni belgilash va muloqotda me’yor yaratgan ma’qul

Taym-menejment konsepsiyasi tobora ko‘proq bizning ixtiyorimizda, xilma-xil ishlar uchun esa baribir vaqt yetmaydi. Hayotning zamonaviy sur’ati shundaki, go‘yo siz avtoulovda tezyurar yo‘lda harakatlanyapsiz va yo‘l-yo‘lakay ko‘zguni sozlaysiz, ingliz tili bilan shug‘ullanasiz, tushlik qilasiz va shu bilan birga moy va shinalarni almashtirishga harakat qilasiz. Ba’zida bunday chaqqonlik mushkul vazifadek ko‘rinadi va hatto ilhomlantiradi. Ammo hadeb shunday yashab bo‘lmaydi –  erishilgan natijalardan qoniqish his qilish ham qiyin.                                         

Ajablanarlisi shundaki, tartibsizlikni fahmlash uchun siz taym-menejment haqida biroz vaqtga unutishingiz kerak. Bu muntazam bajariladigan vazifalar uchun kerak, ammo vaqt yetishmasligi muammosini global miqyosda hal qilishga yordam bermaydi. Taym-menejment tizimlarining aksariyati uchun odam – daqiqalarni qayta ishlash mashinasidir. Kun 24 soatdan iboratligidan kelib chiqib, ulardan maksimal darajada foydalanish vazifasi turibdi. Buni qanday amalga oshirish kerak? Kamroq uxlash, faol bo‘lish va dangasa bo‘lmaslik.     

Shu o‘rinda bir ibora esa tushadi: “Kolxozda ot hammadan ko‘p ishladi, lekin baribir rais bo‘lmadi”. Shaxsiy samaradorlik borasida miqdor emas, balki sifat ko‘rsatkichlari muhimdir. Shuning uchun vazifalar o‘rtasida daqiqalarni taqsimlash va behalovat yelib-yugurishni bas qiling. Ustuvor vazifalarni belgilab oling va ishingizda tartib o‘rnating. 

Sondan sifatga, 7men.uz

USTUVOR VAZIFALAR BILAN SHUG‘ULLANAMIZ

Strategik maqsadlarni belgilang. Ular katta (yangi do‘konlar tarmog‘ini ochish, ikkita farzand ko‘rish yoki Londonga ko‘chib ketish) va kichikroq (tungi xurrakdan xalos bo‘lish, yuz metrga yugurish vaqtini yangilash) bo‘lishi mumkin. Maqsad strategik yoki yo‘qligini aniqlash uchun o‘zingizga savol bering: “Men unga erishganimda chinakam baxtli bo‘lamanmi?”Agar javob ijobiy bo‘lsa, maqsad hal qiluvchi ahamiyatga ega va uni bekor qilish yoki almashtirish odamni baxtiyorlikdan uzoqlashtiradi. Bunday maqsadning o‘zi aniq mo‘ljal va manbadir: unga tomon harakatlanib, siz o‘z qiziqishingizdan, “yonib ishlash” dan kayf qilasiz — shuning uchun motivatsiya bilan bog‘liq savol haqida gap bo‘lishi mumkin emas.  

Strategik maqsadlarga erishishingiz mumkin bo‘lgan shartlarni aniq ko‘z oldingizga keltiring. Agar ishga rasman yondashsangiz, masalan, “turmush qurish” yoki “do‘kon ochish” kabi so‘rovingizni ifodalab bering va boshqa muhim vaziyatlarni qayd eting (qanday, kim bilan, qachon, qayerda, va h.k.) – vazifa amalga oshirilganda natija hafsalangizni pir qilishi mumkin.  

“Aldamchi muhim” vazifalardan uzoq turing. Bu, misol uchun, o‘z-o‘zidan unchalik kuchli ahamiyatga ega bo‘lmagan, lekin o‘z vaqtida bajarishga ulgurilmagan va’da bo‘lishi mumkin, shuning uchun ham ustuvor vazifalar qatoriga qo‘shgan va asosiylar ro‘yxatiga o‘tkazgansiz. Yoki fitness-klubga abonement xarid qilish va yangi yildan shug‘ullanishga qaror qilgansiz, tashqarida esa allaqachon fevralning o‘rtasi.

Agar kishi o‘z hayotini muayyan qoliplarga muvofiq sun’iy ravishda o‘zgartirmoqchi bo‘lsa strategik maqsadlar tez-tez o‘zgarib turadi. Masalan, u “rivojlantiruvchi” adabiyotlarni mutolaa qilmaydi, bu vaqt ichida uning sohasida bu ishni hamma qilayotgan bo‘ladi, va shuning uchun u ham trendda bo‘lishga majburlashga urinadi. 

Keyinga qoldirmang. Strategik maqsadlar doim hayotda o‘zgarish qilishni ko‘zda tutadi, biz esa g‘ayrishuuriy tarzda muvozanat va qulaylikka intilamiz. Odamlar ko‘pincha ustuvor vazifalarni belgilayotib, har kuni o‘zlariga kundalik ishlar va yurakni siqadigan majburiyatlarni hal qilishga va’da berib, uni desertga qoldirishadi.

Qayta ko‘rib chiqing – tugallanmagan ishlar xavotirlantirishdan va asosiy narsalarga o‘tishga xalaqit bermasligi uchun. Joriy vazifalar ro‘yxatini tuzing, eng zarurlari uchun qat’iy muddatlar belgilang va qolganlaridan xalos bo‘ling. Shuningdek, strategik rejadan tushib qoladigan yangi g‘oyalar va ishlar bilan ham shug‘ullanish kerak. Avval ularni qabul qilish kerakmi yoki yo‘qligini baholamay turib, ularni “to do” (qilinishi shart bo‘lgan ishlar) ro‘yxatiga kiritmang. 

MAJBURIYATLARNI TARTIBGA KELTIRAMIZ

Biz har kuni yuzlab majburiyatlarni bajarishimiz kerak. Hatto bizning vaqt bilan  munosabatlarimiz ham doimiy majburiyatdir. Bajarilmagan va’dalar yangilarini keltirib chiqaradi, ishlar soni ko‘payadi, norozilik kuchayadi. Shuning uchun, kundalik ishlarni tartibga solgan holda, o‘z resurslaringizni nazorat qilish uchun ma’lum qoidalarga rioya qilish maqsadha muvofiq. 

Sondan sifatga, 7men.uz

Faqat zarur bo‘lgandagina va’da bering. Va sizning “bosh rejangiz” va ustuvor rejalaringizga muvofiq tarzda haqiqatan ham muhim bo‘lganlargagina. Va’da berayotganda resurslaringizni ehtiyotkorlik bilan baholang. Biz o‘z imkoniyatlarimizni haddan tashqari yuqori baho beramiz va amalga oshirayotgan loyihalarning murakkabligiga yetarli baholamaymiz. Bunday baholash – mahoratdir va uni, xususan, vaqtni kuzatuvchi bilan vazifalarni bajarish va natijalarni tahlil qilish orqali rivojlantirish mumkin.                 

U yoki bu va’dani bajarish vaqtini belgilab, o‘zingizda vaqt bo‘shlig‘ini qoldiring. Agar ishni bir haftada bajarishga tayyor bo‘lsangiz, hech bo‘lmaganda bir yarim-ikkitasini oling. Va’dani doimo vaqtida yoki kechikkandan ko‘ra muddatidan oldinroq bajargan ma’qul. Bundan tashqari, birvarakayiga sizga bog‘liq bo‘lmagan boshqa vaziyatlar tug‘ilib qolish ehtimoli doimo mavjud.   

Muntazam ravishda majburiyatlarni qayta ko‘rib chiqing va nima maqsadda va nima uchun ular ostida ro‘yxatdan o‘tganingizni baholang. Ehtimol, siz ulardan ba’zilarini odat bo‘yicha bajarasiz: imtiyozlarga o’ting va manipulyatsiya qurboniga aylaning.                           

MULOQOTNI ME’YORGA KELTIRAMIZ

Hayotimiz muloqotdan iborat. Ortiqcha va quvvat iste’mol qiladigan muloqot aslini olganda, ko‘p – uni iloji boricha kamaytiring. Vazifalar paradigmasiga muvofiq tarzda, kuch va diqqatni taqsimlagan holda, muloqotni tizimga soling. Strategik maqsadlarni shakllantirayotganingizda – ularga erishishda kim va qanday yordam bera olishini obdon o‘ylang.  

Pochta va messenjerlarda avval xronologik tartibda va yangi xabarlar kelganda emas, balki strategik vazifalarni hal etishda aniq yordam beradigan kishilar bilan muloqot qiling. Foydali bo‘lib ko‘rinadigan ish masalasidagi yozishmalar – yana o‘sha vaqt va kuch sarflovchisidir.  O‘rtacha hisobda, odatiy kompaniyalarda ularga ikki soatcha vaqt sarflanadi va bu ko‘pdir.  

Toksik odamlar bilan muloqot qilishdan saqlaning. Avvaldan xulq-atvor strategiyasini atroflicha o‘ylab ko‘ring, agar shaxsiy chegaralaringizni himoyalash uchun muloqotdan qochishning imkoni bo‘lmasa, muvozanat holatidan chiqmaslik lozim. Bunday odamlar, ayniqsa, boshqalarning rejalari va harakatlarini mensimaslik, quvvat va ilhomni “so‘rib olish”ning tez-tez uddasidan chiqishadi. 

Nimanidir rejalashtirayotganingizda va qancha vaqt ketishini belgilayotganingizda, boshqalarning ham ishtirokini hamda ularning oldida sizniki bilan unchalik kesishmaydigan o‘z maqsad va vazifalari turgani haqidagi faktni hisobga oling. Shu sabab, ko‘chirilgan muddatlar va qoldirilgan uchrashuvlar mutlaq xaosga aylanmasligi uchun vaqt tirqishlarini ular uchun ham qoldiring. 

MUHIM NARSALARGA E’TIBOR QARATAMIZ

Asosiy vaqt va e’tibor yemiruvchisi – bu ilovali smartfon. Ekran rang-barang, unda doimo bildirishnomalar qalqib turadi, qiziqarli, yangi va ko‘zga yaqqol tashlanadigan nimadir sodir bo‘ladi — lekin ko‘pincha biz uchun umuman ahamiyatsiz.   

Hamma narsada mubolag‘a qilish biz ko‘nikkan odatiy holga aylandi. Va, aslida, butun zamonaviy marketing mashinasi bizning e’tiborimizni jalb qilish uchun ishlaydi. Natijada, e’tibor atrofdagilarning nazarida yaxshi ko‘rinishga, o‘zni “to‘g‘ri” tutishga, muvaffaqiyatli/moda bilan hamohang/zamonaviy ko‘rinishga qaratiladi.   

Vazifaga e’tibor qaratish muhim bo‘lgan davrlarda chalg‘ituvchi omillardan voz keching. Oddiy tajriba o‘tkazish mumkin – smartfon displeyini oq-qora rejimga o‘tkazish kerak. Va shunda uning ichidagilar diqqatni jalb qilmay qo‘yadi. Agar bildirishnomalarni o‘chirsangiz – yana ham kamroq chalg‘iysiz.

Kun davomida chalg‘ishga chek qo‘yishga yordam berish uchun o‘zingizga oddiy savol bering: “Bugun men diqqatimni rostmanasiga nimaga qaratdim?” Agar siz, biz yuqorida aytib o‘tgan hozirgi maqsadlaringizga muvofiq ravishda ustuvor vazifalaringizni belgilab olgan bo‘lsangiz, javoblar muammoni tushunishga yordam beradi.  

Shuningdek, diqqatni mashq qildiradigan maxsus trenajorlardan ham foydalanish mumkin – internetda ular anchagina. Shuni unutmangki, diqqat ham cheklangan resurs va  agar uni  o‘ylamasdan sarflansa, haqiqatdan-da muhim narsalarga yetmay qoladi.

DIQQATNI O‘ZIMIZGA QARATAMIZ

Samaradorlik, qoniqish va shaxsiy o‘sish ko‘p jihatdan jismoniy holatga bog‘liq. Muhim vazifalarni bajarish uchun diqqat jamlangan bo‘lishi kerak, u esa iroda kuchi — asta-sekin kamayib boradigan resursga muhtoj. Uni qayta tiklash uchun dam olish va o‘zingizga g‘amxo‘rlik qilish kifoya.

Sondan sifatga, 7men.uz

Mushak yoki mahorat kabi iroda kuchini mashq qildirishning imkoni bor. Siz qilayotgan har bir narsada muvozanatni saqlash juda muhim: juda qisqa muddatli muvaffaqiyatlar bilan havolanmaslik, muvaffaqiyatsizliklarga qiziqqonlik bilan munosabatda bo‘lmaslik, impulsiv xatti-harakatlardan qochish, o‘zingizni haddan tashqari erkalatmaslik, prokrastinatsiyaga ko‘p vaqt sarflamaslik. Muntazam meditatsiya, nafas olish mashqlari, tiniqib dam olish va to‘g‘ri ovqatlanish ideal biokimyoviy va energiya muvozanatini yaratishga yordam beradi — bu irodangiz uchun yoqilg‘idir.    

Sog‘ligingizga beparvo bo‘lmang va to‘g‘ri ovqatlanish va yaxshi uxlash esingizdan chiqmasin. 5 milliondan ortiq kishi ishtirokidagi 153 ta tadqiqot natijalari uyqusizlikning –  diabet, yuqori qon bosimi, yurak-qon tomir kasalliklari, ishemik kasalliklari va semirish bilan bog‘liqligini aniq ko‘rsatmoqda. Shuningdek, uyqusizlik miya faolligining pasayishi va hatto uzoq kelajakda aqli zaiflik bilan bog‘liqligi qayd etilgan.    

Sport foyda keltirishi va quvonch ulashishi kerak. Turli stress holatlarida ko‘pincha sport bilan shug‘ullanish “buyuriladi”. Ammo har qanday jismoniy yuk kundalik vaziyatlarda kuchli bosimni boshdan kechiradiganlar uchun to‘g‘ri kelmaydi. Olimlar jismoniy faoliyatning markaziy asab tizimiga o‘tkazadigan ta’siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazdilar va ularning natijalari shuni ko‘rsatdiki, markaziy asab tizimiga sportga haddan tashqari ishtiyoq (“haddan tashqari ko‘p mashq qilib yuborganlik”) ko‘rsatadigan ta’sir – simptomatikaga ko‘ra, klinik depressiya bilan og‘rigan bemorlarda kuzatiladigan holatga o‘xshaydi. 

Nafaqat mushak tizimini, balki asab tizimini ham o‘z ichiga olgan energiyani to‘ldirishga qaratilgan sport turlarini tanlagan afzal. Nafaqat kuchni, balki miyani ham ishlatib turish muhimdir.