Skip to main content

Vaqtni qanday rejalashtirish va nima sababdan aksariyat odamlar – qobiliyati va iroda kuchidan qat’iy nazar ishni keyinga surishini, muddatlarni buzishi va uchrashuvlarga kechikishini tahlil qilamiz. 

Ancha-muncha taniqli prokrostinator Dostoyevskiy bo‘lgan, uning noshiri Fyodor Stellovskiy bir kuni sabr kosasi to‘lib, u bilan garov bog‘laydi: agar Dostoyevskiy “Qimorboz” romanini to‘rt oydan keyin topshirmasa, u holda noshir yozuvchining barcha asarlariga to‘qqiz yil mobaynida gonorar bermasdan chop etish huquqiga ega bo‘ladi. 

Keyinga qoldirish: nima sababdan dedlaynlarni buzamiz va bunga qanday chek qo‘yish mumkin, 7men.uz

Bu 1866-yil edi, Dostoyevskiy bo‘ynigacha qarzga botgan va gonorarga juda muhtoj edi, shu sabab roman uni qashshoqlik girdobidan hech mubolog‘asiz olib chiqqan. Shunga qaramay, “Qimorboz”ning dedlayni tugatishiga bir oy qolganda, u hali yozib boshlanmagan ham edi. Natijada, romanning o‘nta bosma varag‘i 24 kunda yozilgan, va belgilangan muddatga faqat stenografistkasi, bo‘lajak rafiqasi Anna Snitkina sabab ulgurgan. 

Shunday vaqtlarda dedlaynni buzuvchilar nima haqida o‘ylashi doim qiziq. Ehtimol, hech narsa haqida va uning miyasida Motsartning “Don Juan”i yangraydi. Bu nafaqat kompozitorning eng yaxshi asarlaridan biri emas, balki prokrastinatorlarning haqiqiy “madhiyasi” hamdir: kompozitor uni premyera kuni yozgan va musiqachilar opera partiturasini tom ma’noda sahnaga chiqish oldidan olishgan. 

Qanday qilib biz ishonchni yoki pulni yo‘qotish bilan bizni qo‘rqitmaydigan oqibatlarga qaramay, ish vaqtini iloji boricha uzoqroq kechiktirishni afzal ko‘ramiz? Va eng muhimi: bu bilan qanday kurashish mumkin? 

Prokrostinatsiyaning asosiy sabablari 

Agar prokrostinatsiya surunkali shaklga yetmagan bo‘lsa, uning sabablari anchayin siyqasi chiqqan narsalarda yotadi: 

  • qaror qabul qila olmaslik;
  • muhim voqealar, o‘zgarishlardan qo ‘rqish (jumladan, ijobiy!);
  • ichki motivatsiyaning yetishmasligi;
  • eng so‘nggi daqiqada ishni tezroq va sifatliroq bajarishning uddasidan chiqish haqidagi qotib qolgan fikr;
  • rejalashtirish malakasining yo‘qligi;
  • salbiy oqibatlarni tushunmaslik;
  • perfeksionizm.

Prokrastinatsiyaning jiddiy sabablari orasida depressiya (ustiga ustak u ishlarni keyinga qoldirish odatlari oqibatida yuzaga kelishi mumkin), diqqat yetishmasligi va giperfaollik sindromi (DYGS), shuningdek obsessiv-kompulsiv buzilish (OKB) ham keltiriladi. Bunday vaziyatlarda inson ishga kirishish uchun yo o‘zida yetarlicha kuch-quvvat his qilmaydi, yo vayronkor fikrlarga, shu jumladan, tug‘ma nosog‘lom perfeksionizmga chalg‘iydi. Bunda holatlarni mutaxassis – psixolog yoki psixiatr bilan muhokama qilga ma’qul.

Prokrastinatsiya turlari

Psixolog Noaa Milgramning tasniflashiga binoan, prokrastinatsiyaning 5 xil turi mavjud: 

  • maishiy: xona tozalash kabi kundalik ishlarni keyinga surishni nazarda tutadi;
  • nevrotik: yuqori xavotir va o‘zgarishlardan qo‘rqish oqibati;
  • akademik: o‘qiydiganlar va talabalarga xos;
  • tanlov muammosi: ko‘p sonli variantlardan birida to‘xtash zaruriyati paydo bo‘lganda kelib chiqadi;
  • kompulsiv: beqarorlik, ichki qo‘rquvlar, harakat qilish o‘rniga uzoq rejalashtirish bilan bog‘liq. 

Rejalashtirishdagi xato

Tadqiqotchilarning mavjud vaqt, ularning imkoniyatlari va biz duch kelishi mumkin bo‘lgan to‘siqlar haqidagi tasavvurimiz nihoyatda noto‘g‘ri ekanligi haqidagi fikrlari bir yerdan chiqdi. Ushbu hodisa rejalashtirishdagi xato (planning fallacy) deb ataladi va u barcha darajadagi va ixtisoslashgan mutaxassislar bilan sodir bo‘ladi. U birinchi marta ikki olim: 2002-yilda Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan Deniel Kaneman va uning hamkasbi Amos Tverski tomonidan ta’riflangan.  

Keyinga qoldirish: nima sababdan dedlaynlarni buzamiz va bunga qanday chek qo‘yish mumkin, 7men.uzKeyinga qoldirish: nima sababdan dedlaynlarni buzamiz va bunga qanday chek qo‘yish mumkin, 7men.uz

Rejalashtirishdagi xato – u yoki bu vazifani bajarishda zarur bo‘ladigan vaqt yetishmovchiligida ifodalanadigan ortiqcha optimizm. Kaneman va Tverski rejalashtirish xatosi tizimli xarakterga ega va shunisi juda muhimki, tajribaga bog‘liq emas, degan fikrni ma’qullaydilar. Hatto kishi o‘tmishda bunday vazifalar bilan aniq to‘qnashgan va unga boshida taxmin qilganidan ancha ko‘proq vaqt sarflagan bo‘lsa, u baribir ularni bajarishning kerakli muddatini qisqartirishga moyil bo‘ladi. 

Prokrastinatsiya va erinchoqlik: farqi nimada 

Erinchoqlik harakatsizlik va beqarorlik, tashabbusning yetishmovchiligidan kelib chiqadi. U zimmasiga mas’uliyat olishdan qochish, masalan, loyihani qo‘liga olish. 

Prokrastinatsiya – motivatsiyaning vaqtinchalik yo‘qolishi. Prokrastinatsiyada odam o‘zidan javobgarlikni soqit qilmaydi, ammo loyihaga keyinroq kirishadi, bu asosan uning real hajmini baholashga qodir bo‘lmaganidan kelib chiqadi. Ya’ni bunday holatda istak va amal (qilishni xohlayman, lekin qilmayapman) o‘rtasida tafovut mavjud, shu vaqtning o‘zida erinchoq xodim katta ehtimol bilan qo‘shimcha vazifalardan o‘ylab o‘tirmay shunchaki bosh tortadi.

Dedlaynni buzish ortida nima turadi

Prokrastinatorning fikrlash jarayonini 2013-yilda amerikalik ilmiy-ommabop bloger Tim Urban ta’riflab bergandi (va o‘shandan beri hech kim undan yaxshiroq yozmagan). U, ichimizda uchta shartli mavjudot: o‘tkinchi lazzat maymunchasi, mulohazali odam va vahimachi maxluq yashashini aytgandi.

Keyinga qoldirish: nima sababdan dedlaynlarni buzamiz va bunga qanday chek qo‘yish mumkin, 7men.uz

Mulohazali odam – bu bizning oqilona fikrlovchi qismimiz. U kelajakda uzoq muddatli maqsadlar, rejalar qo‘yadi va buyurtmachi hamda boshliqlar bilan loyihalar haqida kelishadi. 

O‘tkinchi lazzat maymunchasi – bizning hayvoniy ibtidomiz. U faqat haqqoniy yashaydi, kelajakdagi rejalari yo‘q va uzoqqa cho‘ziladigan oqibatlar haqida tushunchaga ega emas. 

Turli tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, umuman olganda biz lahzalik lazzat olishga moyilmiz: bajarilgan ish uchun olingan pul bilan keyin qilgandan ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda hozir o‘tirgan yaxshi. Bu bizni hayvonlardan unchalik ham kuchli ajratmaydi: maymun ham bananni olgan zahoti yeydi, keyinga qoldirmaydi. Chunki “keyin”gacha yovvoyi tabiatda tirik qolmasligi mumkin, banan esa – shundoq burnining tagida. 

Vahimachi maxluq har safar belgilangan muddat ayovsiz yona boshlaganda uyg‘onadi. O‘shanda vahimachi maxluq maymunchani qo‘rqitib yuboradi, u yashirinadi, va shu vaqtda endi hech nima xalal bermayotgan mulohazali odam ishga kirishishi mumkin. 

Tizim odamiga qarab farqlanishi mumkin, biroq umuman olganda u aynan shunday ishlaydi. Yanada achinarlisi, muddatlarni o‘zimiz belgilashimizdir, o‘zimiz bilan esa cheksiz kelishishimiz va bahona topishimiz mumkin. Shuning uchun biz romanlar yozmaymiz, o‘z biznesimizni ochmaymiz va yozda ozmaymiz ham, chunki bizga bularning barini keyinroq ham qilishimiz mumkindek tuyulaveradi.

Qanday ishlarni keyinga suramiz

«Solving the Procrastination Puzzle» (Ruscha nashrda “Ertaga qoldirma”) kitobi muallifi Timoti Pichil prokrastinatsiya – biz qilishni xohlamaydigan narsaga intuitiv hissiy munosabat, deb hisoblaydi.

Keyinga qoldirish: nima sababdan dedlaynlarni buzamiz va bunga qanday chek qo‘yish mumkin, 7men.uz

O‘z tadqiqotida u odamni ishdan ko‘nglini sovutadigan va prokrastinatsiyaga olib keladigan bir nechta triggerlarni ajratib ko‘rsatgan. Olimning fikriga ko‘ra, siz katta ehtimol bilan ishingizni ortga surasiz, agar:

  • qiziqarli bo‘lmasa;
  • shaxsiy foyda keltirmasa;
  • juda qiyin;
  • yetarlicha tizimlashtirilmagan bo‘lmasa. 

Hamma yerda kechikishni qanday bas qilish mumkin

Olimlar nima haqida gapirishayotganini sarhisob qiladigan bo‘lsak, u holda prokrastinatsiyadan qochishning imkoni yo‘qligi haqidagi faktni qabul qilish lozim. Buni hamma, hatto sizga 100% samarador bo‘lib tuyuladigan odamlar ham qiladi. Massachusets texnologiya instituti mutaxassislarining ma’lumotlariga ko‘ra, hatto tom ma’noda butun umri prokrastinatsiya, erinchoqlik va rejalashtirishdagi xatoliklarni o‘rganuvchi olimlar ham prokrastinatsiyaga yo‘liqishadi, erinishadi va vazifa ado etishda o‘ziga yuqori baho berishadi. 

Quyida bir nechta foydali tavsiyalar bilan bo‘lishamiz.

Vaziyatga chetdan nazar soling. Deniel Kaneman buni rejalashtirishdagi xatolarga qarshi “dori” deb ataydi. Chetdan nazar solish vazifaga past baho beryapsizmi yoki yo‘q, shuni aniqlashda yordam beradi. Shuningdek, avvalgi tajribani ham hisobga olish foydali: agar o‘tgan safar vazifani ado etishga uch kun ketgan bo‘lsa, bu safar bir martada amallashingiz amrimahol.  

Majburiyatni avvaldan va jamoat oldida zimmangizga oling. Mazkur metod jamoatchilik ta’nalarini nazar-pisand qilmaydigan kishilarga mos tushadi. Divanda yotib olib ta’na qilayotgan nigohlarga to‘qnashmaslik uchun sizda motivatsiya paydo bo‘lishi uchun dushanbadan zalga borishingizni do‘stlaringiz va oilangizga ma’lum qilishingizning o‘zi yetadi. 

Zaxira reja tuzing. Yodda tuting, sizga bog‘liq bo‘lmagan omillar har doim bo‘ladi, bundan tashqari, siz o‘z imkoniyatlaringizga yuqori baho berayotgan bo‘lishingiz mutlaqo ehtimoldan xoli emas. Nisbatan haqqoniy muddatlarni ta’minlash uchun vaqtning dastlabki qiymatini oling va uni 25%ga ko‘paytiring. Mabodo ish to‘rt hafta vaqt oladi deb hisoblasangiz, yana bir haftani fors-major holatlar uchun ajrating. Keyin esa jarayonni kuzatib borish uchun ishni bosqichlarga bo‘ling.

Qo‘rquvlaringizni anglab oling. Omadsizlikdan, xató qilib qo‘yishdan qo‘rqish yoki hatto kutilmagan muvaffaqiyat ham bizni ishni ortga surishga majbur qiladi. Yodda saqlang, har qanday xató – bu o‘sish, rivojlanish uchun imkoniyat. Agar muvaffaqiyatdan qo‘rqsangiz, nega unga arzishingiz va u hayotingizga qanday ijobiy o‘zgarishlar olib kelishi haqida o‘ylang. 

Prokrastinatsiyaning boshlanishini aniqlashni o‘rganing. Shubhasiz, ish jarayoni davomida oqibatda sizni o‘n daqiqalab ushlantirib qo‘yadigan ahamiyatsiz harakatni amalga oshirish uchun qay tariqa ishdan uzilib qolishingizni payqagandirsiz. Agar keyingi safar shunga o‘xshash holat qaytarilsa, o‘zingizga  “yo‘q” deyishni o‘rganing.

O‘zingiz bilan kelishib oling. Ishni keyinga qoldirish istagiga sizni jilovlab olmasligiga harakat qiling. Buning o‘rniga vazifa ustida hech bo‘lmaganda bir necha daqiqa sarflashga majbur qiling. Ko‘p holatlarda buni qilish ko‘ringanidan ancha osonligiga guvoh bo‘lishingiz mumkin. 

Chalg‘imang. O‘zingizga sizni chalg‘itishi mumkin bo‘lgan barcha omillarni bartaraf qiladigan vaqt belgilang. Hech qanday bildirishnomalar, musiqa, bema’ni guglinglarsiz: barcha e’tibor faqat belgilangan vazifaga. 

Yana barcha chalg‘ituvchi omillarni istisno qilish va vazifa bajarilmagunicha o‘zingizni xonaga qulflab qo‘yishingiz mumkin. Ertami-kechmi devorga termilib o‘tirish joningizga tegadi va ishga bel bog‘lashingiz mumkin. Umuman, Tim Urban aytganidek, asosiysi – siz uchun aniq ish beradigan usulni topish, xayriyatki hozir ular oyoq ostida qalashib yotibdi.