JEYN GREXEM
“Yosh o‘zimga maktub. Eng muhimini qo‘ldan boy bermaslik sirlari. Tarixga kirgan insonlardan 70 ta insayt”
Shotland jurnalisti Jeyn Grexem 15 yil avval bir mahalliy nashr uchun “Yosh o‘zimga maktub” ruknini kiritadi. U buni katta ehtimol bilan o‘zining intervyu olish malakalarini o‘stirish istagi sabab qilgan, biroq vaqt o‘tishi bilan u yerdagi materiallarni minglab o‘quvchilar intiqlik bilan kutadigan bo‘ldilar.
Kitob uchun material shu tariqa yig‘ildi. Unda orasida musiqachilar, aktyorlar va yozuvchilar bo‘lgan turli yulduzlar: Oliviya Kolman, ser Pol Makkartni, Iyen Makyuen, Verner Xersog va ko‘plab boshqalardan 50 dan ortiq “maktublar” bo‘lgan. Buyuk kashfiyotlarni mo‘ljallash kerak emas, biroq hatto eng muvaffaqiyatli kishilar ham o‘zini mukammal deb hisoblamaydilar va o‘tgan kunlarni qayg‘u bilan yodga oladilar.
“Men esa unga shunday javob qilgan bo‘lardim: “O‘z istaklaringdan qo‘rq! Agar muvaffaqiyatning nojo‘ya oqibatlari bilan kurasha olmasang, u holda boshqa ish bilan shug‘ullanganing afzal. Sen tanqid, mavhumlik, o‘zingga bo‘lgan shubhadan aziyat chekishingga to‘g‘ri keladi.” Men hayotda ko‘p xatoga yo‘l qo‘ydim, lekin, afsuski, faqat shu yo‘l bilangina nimanidir o‘rganishing mumkin. Yiqilasan, turasan, yana yiqilasan va shu tariqa tajriba orttirasan”.
UOLTER AYZEKSON
“Innovatorlar. Bir qancha daholar, xakerlar va giklar raqamli inqilobni amalga oshirdilar”
Uolter Ayzekson – CNN hamda Time jurnalining bosh muharriri. Uning Albert Eynshteyn, Stiv Jobs, Benjamin Franklin va boshqalar haqida yozgan biografiyalari o‘z janrining etalon obrazlari hisoblanadi. Ammo uning “Innovatorlar” asari shunchaki mashhur kishilar hayoti saylanmasi emas.
Ayzekson innovatsiyalarning tabiatini tadqiq qiladi: ilg‘or g‘oyalar qanday paydo bo‘ladi va keyin ular qay tariqa hayotga tatbiq etiladi? Muallifning fikriga ko‘ra – butun asar mobaynida o‘z fikrini qat’iyat bilan isbotlab beradi – ilg‘or texnologiyalarning paydo bo‘lishi uchun nafaqat dohiyona fikr (yoki daho odam), balki ham jamoa, ham atrofdagi jamoatchilik muhiti ham zarurdir.
“Biroq kompyuterlarning yaralish tarixidan o‘zlashtirish mumkin bo‘lgan asosiy dars shundaki, innovatsiyalar, qoidaga ko‘ra, “bashoratchilar” va muhandislarning sa’y-harakatlari birlashganda, va ijod turli manbalardan oziqlanganda yuzaga keladi. Ixtiro faqat ertaklardagina tomdan tushgan tarasha yoki yerto‘lada, cherdakda yoki garajda ijod qilayotgan yolg‘iz odamning miyasida yonib turgan lampochka kabi paydo bo‘ladi.”