Skip to main content

1990-yillarning oxirida psixologiya fanlari doktori Vladimir Serkin fanga “kechiktirilgan hayot sindromi” atamasini kiritdi. Tushuncha uning Shimolda ish olib borgan vaqtlarida paydo bo‘lgan. Serkin vaqt o‘tib issiqroq joylarga ko‘chib ketmoqchi bo‘lgan Shimolning turmush tarzi va kundalik hayotini o‘rganib chiqadi. Kuzatishlar olimni shunday fikrga olib keldiki, ko‘chib ketishni tinimsiz kutish bilan o‘tadigan hayot insonlarning psixologik holatiga kuchli ta’sir ko‘rsatar ekan: ular nevroz, doimiy xavotir va frustratsiya his qiladilar. 

Faqat bugun emas: kechiktirilgan hayot sindromini yengishning 5 usuli, 7men.uz

U bu holatga kechiktirilgan hayot sindromi deb nom beradi. Bu kasallik emas, bunday holatni davolaydigan sehrli hapdori mavjud emas. Bu inson reallikni kelajak qoralamasi yoki uning haqiqiy muvaffaqiyatli hayotidan oldingi tayyorgarlik sifatida qabul qilishi mumkin bo‘lgan fikrlash tarzi va psixologik ustanovkadir. 

Reja tuzish va kelajakka ssenariy o‘ylab qo‘yish – bu tabiiy holat. Biroq kechiktirilgan hayot sindromi nevroz alomatlari – angedoniya (kishining quvonch va lazzat hissini tuya olmasligi), holdan toyish, jizzakilik va doimiy charchoq hissiga ega. Kelajakda Vladimir Serkin holatga kechiktirilgan hayot nevrozi deya ta’rif bergan holda, dastlabki atamani o‘zgartirdi. 

Bu holat sizda mavjud ekanligini qaysi alomatlar namoyon qiladi?  

  • Hozirgi lahzada hayot va turmush tarzining qadr-qimmati yo‘q; reallik istalgan kelajak timsoli oldida qadrsizlanadi.  
  • O‘z istak va ermaklaringizdan voz kechasiz, kelajakdagi farovonlik yo‘lida nimanidir qurbon qilasiz; o‘z istaklaringizdan uzoq vaqt voz kechish aynan angedoniya va holdan toyishga olib keladi.
  • Agar maqsadlaringizga erishganingizda quvonch o‘rniga baribir frustratsiyani his qilsangiz, ya’ni rejalar rostdan ham amalga oshganligi haqidagi his paydo bo‘lmasa; bunda-da yomoni, qadriyatlar inqirozi, va oqibatda erishib bo‘lmaydigan yangi maqsadlarni izlash yuzaga kelishi mumkin. 
  • Maqsadlarga erishishga beixtiyor ravishda qarshilik qilasiz; orzularingizni ro‘yobga chiqarishdan qo‘rqasiz, chunki baxtli ssenariyning imkonsizligini his qilasiz va o‘z-o‘zingizga xalaqit berasiz.    

Muhimi, kechiktirilgan hayot sindromi – siz haqiqatdan o‘zingizga hozir ravo ko‘ra oladigan, lekin ruxsat bermaydigan holatlar borasida. “Xohlayman, qila olaman, lekin yo‘l qo‘ymayman” degan psixologik konstruksiya – bu narsa hozirgi hayot tarzi yoki hozirgi “men” uchun haddan tashqari yaxshi deb o‘ylangan vaqtda paydo bo‘ladi.    

Kechiktirilgan hayot sindromiga chalingan kishilar o‘ziga aytadigan 5 ibora.

“Tegma, bu bayramga”. Chiroyli serviz yoki mazali konfetlar haqida biz bolaligimizdan eshitishga o‘rganib qolgan ibora. Kechiktirilgan hayot sindromi shunday mayda iboralar va ularning oqibatlaridan iborat bo‘ladi. 

“Agar kredit/ipotekani to‘lasam/nimadir sotib olsam, o‘shanda dam olaman”. Ustanovkadan qat’i nazar, organizm bunday ishlamaydi: unga dam kerak, chunki kelajakdagi maqsadlar ortidan tinimsiz quvish, birinchidan, tinkani quritadi, ikkinchidan esa, yangi “kreditlar” o‘ylab topishga o‘rgatib qo‘yadi. Ipotekadan keyin yashashni keyinga surishga to‘g‘ri keladigan nimadir chiqib qoladi.

“Bolalar katta bo‘lsa…” Iboraning tagida ma’no yotadi: bolalar ulg‘aysa, hayot rostdan ham o‘zgaradi. Biroq ota-onalar o‘z ishlarini ortga surishga ko‘nikib qolishgan, keyinchalik reallikni qanday qurish borasida bo‘shliq va tushunmovchilikni his qiladilar. 

“Qachon ko‘chib ketsak…” Bu ham biror davlat yoki shaharga, ham boshqa kvartiraga ko‘chishga taalluqli. Atrofdagilarga achchiq qilib remont qilish, mebel sotib olmaslik borasida bir qarorga kela olmaslik kechiktirilgan hayot sindromiga ishora qilishi mumkin.

Kechiktirilgan hayot sindromi nima sababdan shakllanadi?

Asosiy ilmiy taxminlardan biri – ota-onalar tomonidan “katta bo‘lasan…”, “ishga kirasan…” kabi ko‘rsatmalardir. Bola o‘z kelajagining eng yaxshi ssenariysini topishga harakat qiladi va qadamma qadam ularni hayotga tatbiq qiladi. Biroq olimlar ijtimoiy-iqtisodiy sabablar bilan bog‘liq boshqa omillarni ham ko‘rsatishadi.

Ekstremal hayot tarzi. Vladimir Serkinning Shimolliklar hayotini kuzatgani yagona misol emas. XIX asr oxirida Redyard Kipling mustamlaka Hindistonda 20-30 yil xizmat qilgan inglizlarning tasavvurlarini ta’riflagan. Ularning ko‘pchiligi shunga ishonch hosil qilgan-ki, haqiqiy hayot Angliyaga qaytib kelgandan keyingina boshlanadi, u yerda ularning qishloqda uy-joyli, oilali bo‘lishadi va hamjihat qo‘shnilar orttirishadi.

Faqat bugun emas: kechiktirilgan hayot sindromini yengishning 5 usuli, 7men.uz

Ijtimoiy-pul munosabatlari. Bir tarafdan, yuqorida zikr etib o‘tilgan a’lo darajadagi iqtisodiy vosita, boshqa tarafdan – hayotning har qanday  ne’matidan voz kechish gunoh emasdek tuyuluvchi ipoteka ham misol bo‘la oladi.  

Grafikning mavjud emasligi. Kundalik ishlar nafaqat zerikarli, balki hayotni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, ishda va vaqtichog‘lik bilan o‘tadigan hordiqqa ham joy topish usuli bo‘lishi mumkin. 

O‘ziga haddan ortiq yuqori talablar qo‘yish. Perfeksionistni “hammasi mukammal bajarilmagan”ligi sabab natijalar qoniqtirmasligi mumkin. Ijobiy hissiyotlarga faqat, aslida hech qachon bo‘lmaydigan ideal bajarilgan ish loyiq, demak, hayot ham, siz ham qulay fursat kelgunigacha ortga surilasiz.

Misol tariqasida Serkinning “Shimoldagi kuzatishlari”ni oladigan bo‘lsak, kechiktirilgan hayot nevrozi aholida har doim ham rivojlanib bormagan. Aytaylik, odam pul topish va hayotini yaxshilash uchun ekstremal iqlim mavjud yerga jo‘nab ketyapti. Bu ma’lum bir maqsad, shuning uchun ham soqchilarning ko‘pchiligi rostdan ham maosh olishgan ketib qolishgan. Lekin ishchilar yillar davomida rejalarini amalga oshira olmagan, zaruriy istaklarni qurbon qilgan holda ularni ortga surganida, vaziyat xuddi shunday psixologik effektga olib keladi. Bitta o‘ta yuqori ahamiyatga molik g‘oyaga yopishib olish nevrozga aylangan. 

Erik Bern ssenariysiga ko‘ra, kechiktirilgan hayot haqida 3 yunon afsonasi

Taniqli psixolog va transaksion analiz ishlab chiquvchisi Erik Bern hayotning bir nechta ssenariylari – “Hali emas”, “Keyin”, “Hech qachon”, “Har doim”, “Deyarli” va “Ochiq yakun”larga ta’rif bergan. Ular mashhur qadimgi yunon afsonalarida o‘z aksini topgan. Kechiktirilgan hayot sindromi haqida so‘z yuritganimizda, uni uchta ssenariy bilan tasvirlash mumkin: 

Faqat bugun emas: kechiktirilgan hayot sindromini yengishning 5 usuli, 7men.uz

“Hali emas”

Hayotiy e’tiqod: “Kvartira sotib olmagunimcha, maktabni tugatmagunimcha, pul yig‘magunimcha… baxtli bo‘la olmayman”

“Hali emas” ssenariysi qadimgi mifologiyadagi Gerakl hikoyasiga o‘xshab ketadi: yarim xudo bo‘lish uchun, u bir qator mushkul va deyarli bajarib bo‘lmas vazifalarni ado etishi kerak bo‘lgan. 

Faqat bugun emas: kechiktirilgan hayot sindromini yengishning 5 usuli, 7men.uz

“Ochiq yakun”

Hayotiy e’tiqod: “Maqsadlarning yakuni oxirgi nuqta emas” 

Maqsadlariga erishadigan, keyin esa yangi maqsad paydo bo‘lmaguncha quvonch o‘rnini umidsizlik va apatiya egallaydiganlarning ssenariysi. Vafotidan so‘ng daraxtga aylangan sevishganlar – Filemon va Bavkidaning hikoyasi model bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bir tarafdan, bu notanish kishiga muruvvat ko‘rsatgani evaziga berilgan mukofot, lekin kutilmagan mukofotlarga tashna bo‘lgan hamma ham oqibatda sehrli mukofotni qo‘lga kiritavermaydi.

“Deyarli”

Hayotiy e’tiqod: “Deyarli uddaladim”.

Ssenariy yunon xudolari tomonidan jazolangan Sizifning hayotiga o‘xshaydi: Sizif umrbod ulkan xarsangni toqqa dumalatib olib chiqishga mahkum etiladi. Har safar cho‘qqiga yetdim deganda tosh qaytib tog‘ etagiga tushib ketaveradi. Oxirgi lahzada nimadir o‘xshamaydi va bu ssenariyni amalga oshiruvchi kishi rejalaridan voz kechadi.

Faqat bugun emas: kechiktirilgan hayot sindromini yengishning 5 usuli, 7men.uz

Nima sababdan internet sindromni kuchaytiradi?

Kechiktirilgan hayot sindromi ijtimoiy tarmoqlar ta’sirida ham yuzaga keladi. Biz Pinterest kabi ilovalardan ko‘plab bema’ni rasmlarni ko‘ramiz va real hayot birmuncha jilosizdek ko‘rinishi mumkin. Har kunlik xayolotga to‘yingan foydalanuvchi xomxayolni o‘ziga asos qilib oladi va hayot keyinchalik taxmin qilinadigan vaziyatga tushib qoladi, shu vaqt ichida tasavvur shaxsiy xatti-harakatga aylanib ulguradi. 

Mukammal suratlar va tasavvurlar reallik o‘rnini egallab oladi, garchi har qanday ideal ortida ham oddiy odam turadi. Ustiga ustak o‘z “odatiyligi”ga ko‘nikish qiyin bo‘ladi, u go‘yo mavjudligingiz sababli qiymatga ega emasligi haqida so‘zlayotgandek. Yakunda esa ideal ortidan quvishning o‘zi mutlaqo hech narsa keltirmaydigan nihoyatda ahamiyatga molik g‘oyaga aylanadi. 

Adabiyotlarda kechiktirilgan hayot haqida nima yozilgan

Arman adibasi Narine Abgaryanning “Osmondan uchta olma tushdi” romani bor. Syujet bo‘yicha qahramonlardan biri Vano yangi tufli haqida ancha vaqt orzu qiladi. Xotini bilan “qishloq yo‘llari”bop poyabzal xarid qilishganida, qahramon Vanoni Troitsa bayramigacha olib qo‘yishga ko‘ndiradi. Qahramon, afsuski, bayramgacha vafot etadi, lekin Vanoni hatto uvadasi chiqqan eski tuflisida ko‘mishadi.

Faqat bugun emas: kechiktirilgan hayot sindromini yengishning 5 usuli, 7men.uz

Irvin Yalom “Ekzistensial psixoterapiya” asarida amaliyotdan hikoyalar keltiradi. Ko‘pchilik bemorlar o‘z xulq-atvorlari bilan uni o‘lim haqidagi fikrlar yashashni ortga surmaslikka yordam beradi, degan fikrga yetaklaydi: “O‘lim haqida fikr yuritish bizni ko‘p narsaga o‘rgatadi. O‘lim haqidagi kitobni “Quyoshga boqib” deb nomladim. Men bu obrazni bir hikmatli so‘zlar muallifidan o‘zlashtirgandim: sinchiklab qarab bo‘lmaydigan ikki narsa mavjud. Quyoshga boqsang – ko‘zing qamashadi. O‘limga boqsang – bu biz uchun juda dahshatli. Biroq men teskarisini tasdiqlayman. Biz quyoshga boqishimiz kerak. Agar shuni qilsak, bizni uyg‘otuvchi tajriba kutmoqda. Balki, biz uyqudan uyg‘onib, noto‘g‘ri yashayotganimizni tushunib yetarmiz.”

Faqat bugun emas: kechiktirilgan hayot sindromini yengishning 5 usuli, 7men.uz

Fransuz shoiri Artyur Remboda “hayot bu yerda emas” degan tushuncha bo‘lgan. Shoir doim sarguzasht izlagan, yangi mamlakatlarni ko‘rishga tashna bo‘lgan, biroq muayyan bir nuqtaga kelganda hafsalasi pir bo‘lgan. Hayot hamisha u yo‘q yerda bor edi. Shu bilan birga umrbod sayohatda halok bo‘lgan, “hayot bu yerda emas” fenomeni haqida esa tez-tez gapiriladigan bo‘ldi.

Faqat bugun emas: kechiktirilgan hayot sindromini yengishning 5 usuli, 7men.uz

Kechiktirilgan hayot sindromini bartaraf etish uchun 5ta mashq

Ikki hafta qoidasi qulay paytini kutayotgan buyumlardan foydalanishdan tortinmaslikkka yordam beradi. O‘zingiz bilan vijdonan kelishib olishingiz lozim: yoki men buni ikki hafta davomida ishlataman, yoki tashlab, berib yuboraman, sotaman.

Orzuning birinchi bosqichini boshlash. Global orzu doim dahashatli ko‘rinadi, lekin amalda har qanday maqsad bosqichlarga bo‘linadi. Bosqichlarni  qayd etib borishga va qancha vaqt mobaynida ularning birinchisini amalga oshirish kerakligini belgilashga harakat qiling.

Kichik muvaffaqiyatlarni payqash. Kechiktirilgan hayot sindromiga chalingan odamlarga o‘zini ayni vaqtda his qilishi muhim, shuning uchun ham o‘zingizning kichik bo‘lsa-da yutuqlaringizni yozib borish kerak.

O‘z istaklaringizni “tekshiring”. Ba’zan yangi orzu tug‘ilishi kuzatilsa, ma’lumki, tashqaridan qo‘shilgan va sizning istagingiz hisoblanmaydi. Masalan, o‘sha ijtimoiy tarmoqlar bilan bog‘liq (xona interyerini yangilash, keraksiz narsani sotib olish), yakunda natija hafsalani pir qiladi. Bunday jarayonlarni sezish juda qiyin, biroq shubhasiz sening istaging bo‘lmagan narsalardan qochish muhim narsalar uchun kuchni saqlashga yordam beradi.   

Dam olish haqida o‘ylang. Agar charchagan bo‘lsangiz, hoziroq tanaffus olishdan uyalmang. Yengil tortish uchun bugun yoki har kuni nimalar qila olishingiz haqida o‘ylang. Bu shunchaki xiyobonda bir soatlik sayr, ammo butunlay o‘zingizga bag‘ishlaydigan narsa bo‘lishi mumkin.       

 

Matn: Olga Kondraxina