Erkaklar dunyosidan qat’iylik va ambitsiyalarni, umuman, har ikki jins dunyosining eng yaxshisini o‘zida mujassam etgan ayollar bor. Nigina Usmonova — bu kuchli shaxsiyatning nafislik va naxokat bilan uyg‘unlashishining yorqin namunasi. Uning tadbirlarni tashkil etish sohasidagi jasorati, qat’iyati va muvaffaqiyatga erishish uchun tinimsiz intilishi hikoyasidir.

Nigina Usmanova
AYOL KO‘RINISHIDAGI ERKAKCHA FE’L–ATVOR
Nigina Usmonova kamyob xususiyatga ega, bu esa uni boshqalardan ajratib turadi: uning nozik va nafis ko‘rinishi ortida kuchli ichki energiya yotadi, bu unga aql bovar qilmaydigan cho‘qqilarga erishishga yordam beradi. Uning fe’l-atvori erkaklarga xos qat’iyat va ayollik aql-idrokining uyg‘unlashuvidir. U qiyinchiliklardan qo‘rqmaydi, javobgarlikni osongina o‘z zimmasiga oladi va to‘siqlardan qat’i nazar, har doim oldinga intiladi.
Muvaffaqiyatli tadbir tashkilotchilari ko‘pincha erkaklar bilan islaydigan dunyoda Nigina nafaqat o‘zini ko‘rsata oldi, balki ayol ham kuchli, yanada kuchliroq bo‘lishi mumkinligini isbotladi. U boshqarayotgan har bir loyiha, xoh serhasham to‘ylar, xoh xalqaro ko‘rgazmalar, xoh madaniy tadbirlar bo‘lsin, shohonaga aylanadi. Uning tadbirlarni mukammal tashkil etish qobiliyati uning nomini O‘zbekiston chegaralaridan tashqarida ham mashhur qildi.
JAHON SAHNASI
“Hasandesor” jamoasi bilan ishlagan Nigina Usmonova tezda sohada hurmat qozondi. U Rossiya, Qozog‘iston va hatto Buyuk Britaniyada yirik loyihalarni tashkil etgan, bu yerda uning faoliyati o‘zbek madaniyati ko‘rgazmalarida yuqori baholarga sazovor bolgan. Uning loyihalari nafaqat professionallikni namoyish etadi, balki mukammallikka intilishini aks ettiradi. Nigina uchun har bir element muhim va har bir mijoz orzusini haqiqatga aylantirish uchun imkoniyatdir.
Uning fidoyiligi va o‘ziga xos yondashuvi nafaqat mijozlar, balki mashhur kishilarning ham e’tiborini tortdi. Nigina katta tadbirlar olamida o‘z o‘rnini ishonchli tarzda egalladi va ayol kishi ham bu qiyin va talabchan sohada yetakchi bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi.
AMERIKA: YANGI IMKONIYAT DOIRASI
Bugungi kunda Nigina Usmonova AQShda bo‘lib, u yerda ulkan maqsadlarni qo‘yadi. Uning rejasi Amerika bozoriga kirish va katta tadbirlar sohasida o‘z o‘rnini topishdir. U madaniyatlar, uslublar va orzularni bog‘laydigan tadbirlarni tashkil qilishni xohlaydi. Uning uchun bu shunchaki ish emas, balki dunyo sahnasida o‘z izini qoldirish imkoniyatidir.
Yangi qiyinchiliklarga qaramay, Nigina o‘zining qat’iyatliligi va muvaffaqiyatga erishish istagi unga bu chegarani yengishga yordam berishiga amin. «Men doimo oldinga intilaman, yangi narsalarni o‘rganaman va harakat qilaman. Agar harakat qilishga tayyor bo‘lsangiz, men uchun imkonsiz narsa yo‘q», — deydi u.
ORZU QILISH QOBILIYATI
Nigina orzuning kuchi uning aniqligida ekanligiga ishonadi. «Men har doim maqsadlarimni qog‘ozga tushiraman. O‘֥zingiz xohlagan narsani aniq belgilab, erishish yo‘llarini rejalashtirsangiz, orzu haqiqatga aylanadi. Asosiysi, tavakkal qilishdan va harakatdan qo‘rqmaslik. Qog‘ozga yozilgan orzular tezroq amalga oshadi, chunki bu ularni amalga oshirish uchun birinchi qadamdir». Uning hikoyasi o‘֥ziga ishonish, orzu qilish qobiliyati va ishlashga tayyor bo‘lish omad kaliti ekanligini isbotlaydi.
Nigina Usmonova nafaqat muvaffaqiyatli tashkilotchi, balki ko‘tarinki shaxsiyatdir. Uning kuch va ayollik, qat’iyatlilik va nafislik muvozanati haqiqiy go‘zallik — orzuyingiz bilan yashash jasoratida ekanligini ko‘rsatadi. Uning yo‘li — bu qat’iy fe’l-atvori bilan latofatini yo‘qotmasdan xarekter olamini zabt etgan ayol hikoyasi. Uning uchun to‘siqlar va yutuqlar — matonat dunyoni o‘zgartirishga qodir ekanligining eng yaxshi dalilidir.