Biz Economist Intelligence Unit reytingida tegishli darajani egallagan holda, O‘zbekiston poytaxtini dunyodagi yashash uchun eng qulay shaharlardan biriga aylantirish harakatida bo‘lgan “Toshkent Invest kompaniyasi” mutaxassislari bilan suhbatlashdik.
Xususan, dunyo shaharlarining top-50taligi qatoridan o‘rin olish uchun “Toshkent Invest kompaniyasi” ekspertlari tashqi investitsiyalarni jalb qilish va sayyohlik jozibadorligini oshirish, poytaxtni raqamlashtirish, bozorlarni “tartibga solish” hamda sohilbo‘yi hududlarini obodonlashtirish kabi vazifalarni amalga oshiradilar.
O‘zgarishlar jamoat transporti, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, yangi siti-hiyobonlarni yaratish, kanallarni qayta tashkil etish, yo‘l qoplamasini yangilash va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarni qamrab oladi: 2030-yilga kelib Toshkent haqiqiy “aqlli shaharga” aylanadi.
Bunday katta ko‘lamdagi reja yaqin fursat ichida qay tariqa amalga oshirilishi mumkinligi va buning uchun nimalar zarur bo‘lishi haqida materialimizdan bilib oling.