Skip to main content

Sportning har xil turlari uchun poyabzalni qanday tanlagan afzal?

37 foiz odam faqat tashqi ko‘rinishga e’tibor bergan holda ularga to‘g‘ri keladigan sport poyabzalini xarid qiladi, erkak va ayollarning ¾ qismi esa ular shug‘ullanayotgan sport turiga mos bo‘lmagan krossovkalardan foydalanadilar. 26 ta suyak, 20 ta bo‘g‘im, yuzdan ortiq pay va muskullar – bizning oyog‘imiz kafti tashkil topgan detallardir. Bu tuzilma universalligi va chidamliligi jihatidan texnika olamidagi har qanday analogidan afzal. Shuning uchun unga jiddiy yondashing.

Masalan, kirza etikda bir necha yil yurib kelgan bo‘lsangiz, siz katta ehtimollilik bilan avvaliga yassioyoqlik bilan to‘qnashasiz, keyin esa (taxminan 30-40 yillardan so‘ng) tos va son suyaklarini bog‘lab turuvchi bo‘g‘imni operatsiya qilishga majbur bo‘lasiz. Umid qilamizki, ma’lumotimiz sizni bundan saqlaydi va sizga yaqin bo‘lgan sport uchun krossovkani topishga yordam beradi.

Sport poyabzali tanlashdagi umumiy qoidalar

Sport poyabzalini tanlashda, o‘lchamidan tashqari, o‘zingiz haqingizda va yana bir narsani bilish lozim. Eng oqilona yo‘l – maxsus vrach: podiatr yoki ortopedga ko‘rinish. Urinib ko‘rib, o‘zingiz hal qilishingiz ham mumkin. Oyoqlaringizni ho‘llang va uni qog‘oz varagi ustiga qo‘ying. Oyoq kaftingiz izi qay tarzda bosildi? Uni illyustratsiyalar bilan solishtiring.

Shunisi oyog‘imga mos, 7men.uz

  1. Neytral pronatsiyaga ega normal oyoq kafti: siz qadamingizni oyoq kaftini ichkariga taxminan 15foiz burab kiritib, tovonning barcha old qismi bilan itargan holda tugatasiz.
  2. Yassi oyoq, ortiqcha pronatsiya alomati: itarish asosan oyoqning katta va ikkinchi barmoqlaridan sodir bo‘ladi, tovonlar keragidan ortiq buraladi.
  3. Yuqori kamarli va supinatsiyali oyoq kafti: itarilish tovonning tashqi tomonidan kichik barmoqlarga tushadi, uning o‘zi esa belgilanganidan ko‘proq qayriladi.

Agar test sizning oyoq kaftingiz normal ekanligini ko‘rsatsa, krossovkalarni mustaqil tanlashingiz mumkin. Agar oyoq kaftingiz yassi yoki ortiqcha yuqori bo‘lib chiqsa – baribir vrachga ko‘rining. Darvoqe, test natijalarni eskirgan poyabzalda ham tekshirib ko‘rish mumkin: itarish o‘rniga kuchli yedirilgan tagcharm.

Asfaltda yugurish uchun

Sizning tanangiz – katta bir amortizator, uning maqsadi – miyani ortiqcha chayqalishlardan qutqarish. Oyoqning yerga dastlabki zarba kuchining atigi 2 foizi miyaga yetib borganiga qarab, u yaxshi ishlaydi. Ammo agar oyoq ostida yer emas, balki asfalt bo‘lsa-yu, siz yurmay, yugurayotgan bo‘lsangiz-chi?

Asfaltda yugurish oyoqni qayirib xavfi nuqtai nazaridan unchalik qo‘rqinchli emas – har holda yuza tekis. Biroq bo‘g‘im va suyaklarga urilish zarbi nuqtai nazaridan o‘ta xavfli. Shuning uchun sizga orqa tomonni mahkam ushlab turadigan krossovka kerak, tagcharmiga e’tibor qaratgan ma’qul. Bu o‘rinda ingichka tagcharmli krossovkalar mos kelmaydi.

Shaharda yugurish uchun krossovka tanlash qoidalari

  • tovon ostida sport poyabzali tagcharmining optimal balandligi – 2 santimetr (aynan shu qism o‘ziga asosiy zarbani qabul qiladi);
  • tagcharm poyabzal uchigacha ingichkalashishi kerak, tumshuq qismining o‘zi esa – qiyshiq bo‘lishi lozim. Bunday tuzilma yugurganda FIK’ni oshiradi;
  • yugurish mobaynida oyoqlardagi qon aylanishi kuchayadi, paylar cho‘ziladi va tovonlar kattalashadi. Krossovkalarni kiyayotganda, orqa qismi va ko‘rsatkich barmog‘ingizni tiqa olishingizga ishonchingiz komil bo‘lsin.
  • yassi kaftli oyoqlarga oyoq kaftini ushlab turishga urg‘u berilgan qattiq krossovkalar kiyish kerak;
  • yuqori kamarli oyoqlarga mahkam qisish tagcharmlar yordamida qo‘shimcha amortizatsiya berish kerak;
  • qattiq gulchin (poyabzal orqa qismi) – tovoningizga kerak bo‘lgan narsa. Agar bu o‘rinda krossovkalar yumshoq bo‘lsa, axill payiga ortiqcha yuklama bo‘ladi. To‘g‘ri, plastmassadan ishlangan o‘ta qattiq taglik ham bo‘lishi kerak emas: ular bilan krossovka ichdan tezroq yeyiladi. O‘rtacharog‘ini izlang;

Shunisi oyog‘imga mos, 7men.uz

 

Shunisi oyog‘imga mos, 7men.uzDmitriy Pavlenko, Moskva ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazi bo‘limi mudiri: “Yugurish uchun oyoqni siqadigan poyabzal olmaslik kerak. Oyoq kaftini siqib, uning kamarining ishlashiga putur yetkazasiz, boldir va tovon suyaklari, tizza, tos va son suyagi bo‘g‘imlari, umurtqaga zarba yuki tushishini kuchaytiradi.”

Fitnes uchun

Chidashi lozim bo‘lgan krossovkaning sifatini yo‘qotmagan holda normal yurishi – 500-800 km ni tashkil etadi. “Men istalgan sport poyabzalini sotib olib, ortopeddan individual pataklar buyurtma qilishni va krossovkaning o‘zinikini shunchaki otib yuborishni maslahat bergan bo‘lardim, – deydi Dmitriy Pavlenko. – Bu qimmatga tushadi, lekin tovonlaringizning o‘z vazifasini 100 foiz bajarishidan ko‘nglingiz to‘q bo‘ladi, chunki patak aynan sizning anatomik xususiyatlaringizga moslab qilingan bo‘ladi”.

Shunisi oyog‘imga mos, 7men.uz

Fitnes-klub uchun sport poyabzali tagcharmi yugurishga mo‘ljallangan qarindoshlariga qaraganda yumshoqroq bo‘lishi mumkin – rezinali yugurish yo‘lakchasi urilish zarbini kamaytiruvchi funksiyaning bir qismini o‘ziga oladi. Agar siz trenajor zalida holdan toyguncha qattiq ishlash uchun yig‘ilgan bo‘lsangiz, bunaqa “qattiq ishlash” oyog‘ingizga kerakli narsalar orasida oxirgi o‘rinda turadi. Fitnes uchun maksimal tarzda nafas oluvchi krossovkani tanlang. To‘rlar, g‘ovaksimon tuzilish – bularning bari oyoqlaringizdagi yaxshi issiqlik almashinuvini ta’minlaydi.

Tennis uchun

Yaqindagina “tenniskalar” yumshoq tuflilar edi, endi esa bu o‘yin uchun basketbolnikidek deyarli shunday og ‘ir bo‘lib qoldi. Kengaytirilgan old tirgaklar va oyoq kaftini mahkam ushlab turish – tennis (yoki badminton) o‘ynash uchun qo‘yiladigan asosiy talablardir.

Shunisi oyog‘imga mos, 7men.uz

Tennisdagi harakatlarning aksariyati oldinga va orqaga emas, balki o‘ngga va chapga amalga oshiriladi. Bundan tashqari, ko‘pincha sportchi yuzi va gavdasi to‘r tomon burilganda yon bilan harakatlanadi. Ushbu rejimdagi krossovkalar bilan doimiy ravishda to‘satdan tormozlanish sodir bo‘ladi (oyoq uchiga qaraganda tagcharmning yon tomoni) va bu yerda ikkita narsa juda muhimdir: oyoqni ortiqcha yuklardan himoya qilish qobiliyati va ishqalanishga chidamli taglik (ayniqsa xard rejimda o‘ynaganda).

Bunday krossovkalardagi tagcharm kuchli qayrilmasligi kerak. Qayishqoqlik kerak bo‘lgan yagona joy — bu sakrash paytida muhim bo‘lgan uch qismi (masalan, uzatish vaqtida). Maxsus tagliklar poyabzalni barmoqlar oyoq kaftiga bog‘langan joyda osonroq egilishiga imkon beradi. Agar krossovkadagi bu kengaytma oyoqning ta’riflangan qismiga mos kelmasa, oyoq kerakli darajada egilmaydi, bu esa zararli.

Uzoq vaqt siyqalanmaslik uchun taglik tekis, bir xil va qattiq bo‘lishi kerak. Shakli – mayda, ortiqcha siljishlarning oldini olish uchun zigzagsimon. Maqbul balandlik – to‘piqqacha, shu bilan krossovkaning yuqori qismi mahkam turishi kerak. Katta yostiqlar tufayli taglikning kengligi oshiriladi – bu yonlab to‘xtashda qo‘shimcha chidamlilikni yaratadi.

Futbol uchun

“Bu poyabzal shunchalik tor ixtisoslangan-ki, unda ko‘p vaqtni o‘tkazish zararli, — xabar bermoqda Dmitriy Pavlenko. — Umuman olganda, butsi konkilardan unchalik farq qilmaydi va o‘yin maydonidan tashqarida (yoki maydonda) oyoqda emas, sumkada bo‘lishi lozim.”

Kichik layfxak: butsini oyoqlar kengayadigan kechki vaqt tanlang (o‘yin vaqtida ham u qon aylanishining tezlashishi hisobiga kengayadi). Bu poyabzal shusiz ham ancha tor, shu sabab, agar o‘lchamga qarab tanlasangiz, bu jarohatga olib kelishi mumkin.

O‘lchab ko‘rayotganda o‘yin getrlarini kiying va birdaniga uch juft butsi olib kelishlarini so‘rang: bir o‘lcham kattaroq, bir o‘lcham kichikroq va o‘z o‘lchamingiz. Oyoqqa qanchalik yopishib turganligi, biroq shu bilan birga siqmayotgani tushunish uchun har birini kiyib, ipini bog‘lab ko‘ring. Eng uzun barmoqdan butsining uchigacha 5-10 mm bo‘lishi lozim.

Shunisi oyog‘imga mos, 7men.uz

Futbol butsisini qanday tanlash kerak

Do‘konda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan ilk jihat – uni mahkam bog‘laganingizda butsining oyoqda qanchalik qulay turishidir. Tovonlarni mahkamlash o‘yinni tashkil etadigan start va to‘xtamlarda kerak, u barqaror bo‘lgan. Agar oyoqda mahkam turgan bo‘lsa-yu, noqulay bo‘lsa, boshqa modelni kiyib ko‘rgan ma’qul, bu shunchaki sizning oyoq kaftingizga to‘g‘ri kelmaydi.

Agar sizga butsilarda yurish noqulay bo‘lsa, sabab – poyabzal tishlarining joylashuvida bo‘lishi mumkin, muammo tovonning ortiqcha yassi holatda joylashganida ham bo‘lishi mumkin. Chunki butsi – qimmat poyabzal, ortopedga borishga erinmang: buyurtma asosida tayyorlangan ortoz (qo‘yilma) vaziyatni izga solishi mumkin. Uning qalinligi, o‘lchami va shakli individual, ammo futbol uchun  u qancha yupqa bo‘lsa, shuncha yaxshi, aks holda oyoq kaftini jipslashtirish borasida muammolar kelib chiqishi mumkin.

Futzal yoki mini-futbol uchun tishlar emas, balki tagcharmdagi rezina relyef va oyoq kafti ostiga urilishni yumshatadigan taglik kerak (gazondan farqli o‘laroq, bu yerda qoplama yumshatmaydi.) Butsi bir o‘yinda bosib o‘tgan har bir kilometrga maysazor bilan qatorasiga 500 ta kontaktni, va taxminan 300 kontaktni sezadi.  Ba’zi modellarda to‘pni yaxshiroq boshqarish va nisbatan aniq zarbalar urish uchun poyabzal bog‘ichi markazdan yon tomonga o‘zgargan.

Basketbol uchun

“Basketbol krossovkalari, odatda, bu sportda shikastlanishga moyil bo‘lgan to‘piqni himoya qilish uchun baland bo‘ladi, – deydi Dmitriy Pavlenko. — O‘yinda bu o‘rinli, bunday maxsus poyabzalni maydonda tashqarida kiyish esa zararli bo‘lishi mumkin. Birinchi navbatda bu o‘smirlarga taalluqli. O‘sish davrida bo‘g‘imlar yumshaydi, vazn esa, mutanosib ravishda, tovonga vertikal bosim tushishi doimiy tarzda oshadi. Bolaning ensiz oyoqlari keng krossovkada halpillab qoladi, keraklicha barqarorlashmaydi va qadamma-qadam shu sharoitga moslashadi – “yassioyoqlik” yuzaga keladi.

Shunisi oyog‘imga mos, 7men.uz

Basketbol uchun krossovkani qanday tanlash kerak

  • keng tagcharm himoyada mahkam turishga yordam beradi, hujumda esa katta aloqa kontakti sirpanishga yo‘l qo‘ymaydi;
  • aksariyat basketbol krossovkalari zal va stritbol rejimida ko‘pga chidamaydi. Agar sizning maydoningiz – ko‘cha bo‘lsa, yeyilishga chidamli tagcharmni izlang;
  • Krossovkalarning kuchli orqa va yon tomonlari yerga tushish va turli harakatlarni amalga oshirganda mahkam tutib turish imkonini beradi. Bog‘ichlar uchun maxsus yamoq va qo‘shimcha teshiklar oyoqning tepa qismini yanada qattiqroq ushlab turish imkoniyatini beradi.
  • Pastroq basketbol krossovkalari ham mavjud – ularni chaqqonlik va tezlik uchun xavfsizlikni qurbon qilishga tayyor bo‘lganlar olishadi. Biz “uzuklar ittifoqi”ning yangi a’zolariga bunday qurbonliklarga borishni tavsiya qilmagan bo‘lardik.

Shunisi oyog‘imga mos, 7men.uzDuglas Richi, Amerika sport podiatriya akademiyasi sobiq prezidenti: “Patakni olib tashlang va uni oyoq ustiga qo‘yib ko‘ring. Patak chekkasi va eng uzun barmoqning oxiri o‘rtasida ko‘rsatkich barmoq kengligiga teng masofa qolishi zarur”.

Kross-kantri uchun

Jogging bilan shug‘ullanishni sevuvchilar do‘konda krossovkalar tagcharmi bilan tanishishni boshlashlari kerak. Maqbul tanlov – tosh, ildizlar va boshqa bo‘rtiqlar  bilan aloqani yumshatadigan ko‘plab yumshoq qumtirgaklar, birgalikda tuproq yoki nam o‘tloqda oyoqqa yurishga bermaydi.

Chopqir-yo‘ltanlamas kishi notekis yo‘lda oyoqning qayrilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan yon tomondan ushlab turadigan poyabzalga muhtoj. Shu uchun mko‘ljallangan krossovkalar ularning tuzilishini mustahkamlovchi maxsus qo‘shimcha detallarga ega bo‘lishi mumkin.

Shunisi oyog‘imga mos, 7men.uz

Krossovka tanlayotganda shuni hisobga oling: tagcharm qanchalik yumshoq bo‘lsa, barmoqlaringiz shuncha kuchliroq  bukiladi va qadamingizning foydali ish koeffitsienti shuncha baland bo‘ladi. Yumshoqlik va egiluvchanlik o‘rtasidagi muvozanatni izlang.

Odatda bunday krossovkalar (ha, boshqalari ham) vazni 90 kg dan ortiq bo‘lmagan sportchilarga mo‘ljallangan. Agar vazningiz undan ko‘p bo‘lsa – qanaqasi bo‘lishi kerakligini ortoped bilan maslahatlashing.

Yugurish uchun turistik krossovkalar xarid qilmang: unda tezroq charchab, oyoqlaringiz noto‘g‘ri ishlay boshlaydi. To‘piqdan past turadiganini tanlang.