Skip to main content

FMCG-biznesining (Fast-Moving Consumer Goods) top-menejeri va gurusi Pyotr Demchenkovning fikricha, O‘zbekiston bozori tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bunga qo‘shilmaslik qiyin, zero u tovarlar distributsiyasi sohasida boy boshqaruv tajribasiga ega.

Hozirda Pyotr Demchenkov – Orient Group mustaqil direktori, Makro supermarketlari tarmog‘i kuzatuv kengashining raisi hamda investitsiya kompaniyasining egasi. U birinchi marta O‘zbekistonga o‘n yil muqaddam tashrif buyurgan va hozir mamlakat mutlaqo o‘zgarganini qayd etmoqda. Qahramonimiz 7MEN tahririyatiga bergan intervyusida faoliyati qanday boshlangani haqida gapirib berdi, shuningdek mahalliy bozor xususiyatlarini sanab o‘tib, nima sababdan muvaffaqiyatli biznes hurmat ko‘rsatishdan boshlanishini tushuntirib berdi.

  • Siz birinchi marta Toshkentda o‘n yil avval bo‘lganingizni aytdingiz. Bu vaqt ichida shahar
    qanchalik o‘zgargan?

Hozir O‘zbekiston – mutlaqo boshqa mamlakat: biznes rivojlanmoqda, investitsiyalar jalb qilinmoqda, odamlar tabassum qilmoqda. Ko‘chalarda Chevrolet rusumidan tashqari, boshqa avtomobillar ham paydo bo‘lgan (Kuladi) Umuman mamlakat qoldirayotgan taassurotlar kutilganidan ortiq. Menga Toshkentda bo‘lish yoqadi, Farg‘onaga safarim ham juda yoqdi.

  • O‘zbekistonga nima uchun keldingiz va hozir qanday ish bilan bandsiz

2023-yilda menga Orient Group nomidan Makro chakana tarmog‘i kuzatuv kengashiga rahbarlik qilish taklifi kelib tushdi. Men rozi bo‘ldim, shu bois endi O‘zbekistonga muntazam tashrif buyuraman.
“Bugun O‘zbekiston Yevroosiyoning eng istiqbolli bozorlaridan biri sanaladi. Men Makro kuzatuv kengashi tarkibiga kirish taklifini katta ishtiyoq bilan qabul qildim, chunki bu yerga kelib o‘tgan yillar ichida bozorning qay darajada o‘zgarganini ko‘rib hayratga tushdim.          Orient Group ta’sischilari va boshqaruvidan bildirilgan ishonch uchun minnatdorman hamda xoldin va xususan Makro supermarketlari tarmog‘i oldida turgan ulkan maqsadlarga erishish uchun turli mamlakatlarda orttirgan bilim va tajribalarimni qo‘llashdan hursand bo‘laman” – Pyotr Demchenkov 2023-yilning fevral oyida lavozimga kirishini shunday sharhladi.

  • Yuksak va mas’uliyatli lavozim. Supermarketlar tarmog‘i kuzatuv kengashining raisi
    oldida birinchi navbatda qanday vazifalar mavjudligini aytib bersangiz.

Men o‘z vazifamni aksiyadorlar va boshqaruvga xaridorlar, sheriklar va investorlar uchun eng yaxshi tanlovga aylanadigan tezkor o‘suvchi, moliyaviy barqaror kompaniyani barpo etishda yordam berishdan iborat deb o‘ylayman.

Makro – O‘zbekistondagi eng yirik supermarketlar tarmog‘idan biri sanaladi. Bugungi
kunda Toshkentda …ta do‘kon faoliyat yuritadi, bu orada poytaxtda va uning tashqarisida
yangilangan shakldagi bir nechta nuqtaning ochilishi rejalashtirilgan. Oxirgi yil ichida oziq-
ovqat mahsulotlari tarmog‘ining boshqaruvchilar jamoasi o‘zgarib, turli kompaniyalarning
mutaxassislaridan iborat kuzatuv kengashi paydo bo‘ldi.

 

Pyotr Demchenkov: “Har qanday muvaffaqiyatli biznes hurmatdan boshlanadi”, 7men.uz

  • Sizningcha ishingizdagi eng murakkab narsa nima?

Eng qiyini – ham direktorlar kengashi, ham boshqaruv tarkibiga to‘g‘ri odamlarni jalb qilish.

  • Shu soha mutaxassisi sifatida fikringizcha O‘zbekiston riteyl bozori boshqa bozorlardan nimasi bilan farq qiladi?

“Hammasi bilan” deyish mumkin, chunki har bir bozor o‘ziga xos. Yevropadagi aksariyat savdo maydonchalaridan farqli ravishda, O‘zbekiston bozori hali o‘sadigan yo‘nalishlar bor – mamlakatda tarmoq savdosining ulushi uncha katta emas. Shu bilan birga malakali mutaxassislar tanqisligi seziladi.

  • Rossiya bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, hozir o‘zbek riteyli qaysi bosqichda?

Men o‘rtada 20 yillik farq bor degan bo‘lardim. Biroq, bu O‘zbekistonning chakana bozori xuddi Rossiya bozoridek rivojlangan va raqobatbardosh bo‘lishi uchun yigirma yil talab etiladi degani emas.

  • Sizda riteyl sohasiga doir boy tajriba mavjud. Uni mahalliy bozorda to‘laqonli qo‘llash
    mumkinmi yoki ayrim strategiyalar O‘zbekistonga o‘ziga xos jihatlar sababli mos
    kelmasligi mumkinmi?

Afsuski, mumkin. Masalan, O‘zbekistonda yirik riteyllar tamaki va alkogol mahsulotlarini sotmaydi. Shuning uchun xaridorlarni jalb qilish uchun bu tovar toifalaridan foydalanish mumkin emas.

  • O‘z ishingizda boshqalarnig tajribasidan foydalanasizmi? Ehtimol, O‘zbekistonda kimningdir muvaffaqiyatini takrorlashga urinib ko‘rayotgandirsiz?  

Biz o‘nlab samarali misollarni ko‘rib chiqamiz. Ulardan O‘zbekistonda naf beradiganlarini tanlaymiz.

  • Chet el haqida gapiradigan bo‘lsak, bugun dunyoda riteyl sohasidagi asosiy trend va
    tendensiyalar qanday?

Birinchidan, asosiy trend, bu – onlayn-sotuvlar hajmining o‘sishi, natijada katta shakldagi bozordan chekinish va savdo tarmoqlarining xususiy rusumlari sonini ko‘paytirish yuz bermoqda.

Ikkinchidan, biznes samaradorligini oshirish uchun sun’iy ongdan foydalanish tendensiyasi kuzatilmoqda. Uchinchidan, odamlarda sog‘lom yeguliklarga, kompaniyalarda esa mas’uliyatli biznes yuritishga (ESG) qiziqish ortmoqda.

 Xatoga yo’l qo’ymaydigan odam – hech narsa qilmaydigan, mas’uliyatni o’z zimmasiga olmaydigan va hech qanday qaror qabul qilmaydigan odamdir.

Hurmat yo’q joyda hamjihatlik bo’lmaydi, o’zgalarni tushunishsiz esa biznes qurish imkonsiz.

ESG (Environmental, Social, and Corporate Governance), bu — kompaniyalar ekologik, ijtimoiy va korporativ muammolarni hal qilish uchun o‘z boshqaruv amaliyotiga tatbiq etadigan xususiyatlar.

Pyotr Demchenkov: “Har qanday muvaffaqiyatli biznes hurmatdan boshlanadi”, 7men.uz

    • Chindan ham biznes ommaviy ravishda onlayn shaklga o‘tmoqda. Onlayn-riteyl qanchalik
      samarali yo‘nalish?

Onlayn-sotuvlar ulushi tezkor sur’atlarda o‘smoqda, ammo hozircha dunyoda bu sotuvlar rentabelligini namoyon etadigan misollar juda kam. Shu boisibu yo‘nalishning samaradorligi haqida gapirish mushkul.

  • Dunyoda iste’molchi odatlari qay tariqa o‘zgarmoqda?

Hozir tayyor ovqatlar va sog‘lom mahsulotlarga talabning o‘sishi kuzatilmoqda. Odamlar taom tayyorlashga tobora kamroq vaqt sarflashni istamoqda. Yanada ko‘proq sotuvlar riteylerlar hamda IT-kompaniyalar va hattoki banklar tomonidan qurilayotgan ekotizimlar orqali amalga oshirilmoqda.

  • Nima deb o‘ylaysiz, O‘zbekiston riteyl bozorini qanday kelajak kutmoqda? Bozorlar ikkinchi o‘ringa o‘tishi uchun qanday sharoitlar yaratilishi kerak?

Fikrimcha, O‘zbekiston bozori aholi sonining ortishi va yirik o‘yinchilar o‘rtasidagi raqobat tufayli jadallik bilan rivojlanadi. Tajribaga ko‘ra, tarmoq savdosi ma’lum favqulodda massaga erishganidan so‘ng xaridorlarning bozorlardan do‘konlarga o‘tishi juda tez yuz beradi. Men nafaqat do‘konlar soni, balki narxlar darajasi, tovarlarning barqaror sifati va ularning peshtaxtalarda muntazam mavjudligini nazarda tutayapman.

  • Siz biznesni shakllantirish sohasida ulkan tajribaga egasiz. Hammasi qanday boshlangani
    haqida so‘zlab bersangiz.

Men universitetda o‘qib yurgan vaqtimda haydovchi sifatida pul topardim. Keyin sotuv vakili, so‘ngra menejerga aylandim. Mening boshqaruv uslubim shakllanishiga Procter & Gamble xalqaro kompaniyasida mehnat qilgan yillarim katta ta’sir ko‘rsatgan. Shu tariqa, asta-sekin Rossiyadagi “Alidi” kompaniyasining bosh direktori lavozimi hamda boshqa yirik kompaniyalardagi direktorlar kengashining a’zosi darajasiga yetdim.

1992-yilda asos solingan “Alidi” kompaniyasi Rossiyadagi birinchi Procter & Gamble
distribyutori bo‘lgan. P&G va Nestlé mahsulotlari sotuvi orqasidan pul topgan biznes egalari
2005-yilda birinchi ombor majmuasini yaratgan, so‘ngra logistika xizmatlarini rivojlantira
boshlagan.

  • O‘zingiz va qilgan ishingizdan juda faxrlangan lahzalar haqida gapirib bera olasizmi?

Men o‘zimdan emas, balki jamoamning mehnati natijasidan faxrlanganman. Biz 15 yil ichida nisbatan katta bo‘lmagan “Alidi” hududiy kompaniyasidan sobiq Sovet Ittifoqi hududida kundalik ehtiyoj tovarlari distributsiyasi bo‘yicha soha yetakchilaridan birini yaratdik. Global moliyaviy inqirozlar va boshqa omillarga qaramay, kompaniyaning biznes ko‘rsatkichlari o‘n baravardan ko‘proqqa o‘sdi. Men bu yo‘lni birgalikda bosib o‘tgan, o‘sha ajoyib davrda birga ishlagan hammadan minnatdorman. Hozir o‘sha iqtidorli odamlarning ayrimlari O‘zbekistonda – Orient Group kompaniyalarida hamda raqobatchilarimizda ishlab kelmoqda.

2013-yilda “Alidi” Nestlé kompaniyasi manfaatlarini ifoda etgan holda, Keniya davlari
hududining bir qismida distributsiyasi uchun javob bergan tovarlarning dastlabki partiyasi
yetkazib berilgan. “Alidi” Afrikada biznes boshlagan birinchi rossiyalik logistika va
distribyutorlik kompaniyasi bo‘lgan.

  • Ishdagi xatolarga munosabatingiz qanday? Siz ham yanglishgan vaqtlar bo‘lganmi?
    Vaziyatdan chiqishning yo‘lini topa olganmisiz? 

Albatta, biron ish qilmaydigan, zimmasiga mas’uliyat olmaydigan va hech qanday qaror qabul qilmaydigan odamgina adashmaydi. Aytaylik, Keniyada biznesni rivojlantirishga urinish xatolik bo‘lgan. Biz bozorga ortiqcha baho berib, mahalliy xodimlarning madaniy xususiyatlarini yetarlicha baholamaganmiz, natijada asosiy biznesimiz bilan aloqa nolga teng bo‘lgan. Uch yildan keyin biznesni yopishimizga to‘g‘ri keldi. Pul yo‘qotdik, ammo qimmatli tajribaga ega bo‘ldik.

Pyotr Demchenkov: “Har qanday muvaffaqiyatli biznes hurmatdan boshlanadi”, 7men.uz

  • Sizga ishda qanday odatlar yordam beradi?

Chamamda, odatlar emas, ko‘proq tamoyillar bo‘lsa kerak. Men rivojlanishga yo‘nalgan odamman – biznesni rivojlantirish, shaxsiy rivojlanish. Odamlarga e’tiborli bo‘lishni muhim deb bilaman: xodimlar, xaridorlar, hamkorlar. Menimcha, har qanday muvaffaqiyatli biznes hurmatdan boshlanadi. Hurmatsiz o‘zaro tushunish bo‘lmaydi, boshqa odamlarni tushunmasdan biznes qurish mumkin emas. Bu xoh noyob iste’mol taklifi bo‘lsin, xoh kompaniyada samarali jarayonlarni qurish.

  • Hozir Siz Finlyandiyada yashaysiz. U yerda biznesingiz bormi?

O‘n yil avval kichik investitsiya kompaniyasiga asos solgandim. Hozir uning e’tibori ko‘chmas mulk boshqaruvi va faol turmush tarzida yashovchi odamlar uchun oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan. Yana boshqa g‘oyalar ham bor, ammo ularni oshkor etishga hali erta.

  • Bo‘sh vaqtingizni qanday o‘tkazasiz? Biron qiziqishlaringiz bormi?

Men ingliz va fin tillari sohasidagi bilimlarimga sayqal beraman. Jismoniy faollik uchun vaqt ajratishga urinaman: qishda chang‘ida yugurish, yozda yaxta va velosiped, yil davomida badminton. Rafiqam bilan mashinada sayohat qilishni yaxshi ko‘ramiz. Samolyot o‘rindig‘idan yangi mamlakatni kashf qilish qiyin. Farzandlarimga hayotda o‘z yo‘lini topishda yordamlashaman.

  • Atrofingizdagi odamlarni qanday tamoyil asosida shakllantirasiz?

Uni ataylab shakllantiraman deya olmayman. Men ochiq, yangi aloqa va tanishlardan quvonadigan odamman. Aksariyat odamlardan, ular do‘stlaring, hamkasblaring yoki xodimlaring bo‘lishidan qat’iy nazar, ko‘p narsalarni o‘rganish mumkin.

  • Insonning muvaffaqiyati ko‘rsatkichi Siz uchun nimadan iborat?

Bunga ijodi menga juda yoqadigan britaniyalik xonanda Sting aytgan so‘zlar bilan javob beraman. Intervyularning birida o‘zining asosiy yutuqlari haqidagi savolga u hammasidan ko‘proq farzandlarining yutuqlari bilan faxrlanishini, o‘zi esa yaxshi sport holatini saqlab qolgan shunchaki mashhur musiqachi ekanligini aytgan.