Skip to main content

Oktyabrda borish mumkin bo‘lgan oltita manzilgohni tanladik: yozda dengizda dam olishga ulgurmagan bo‘lsangiz, siz uchun qaynoq maskanlar     

Dubrovnik, Xorvatiya    

Oktyabrdagi ortacha harorat: 22 °С

Oktyabrda maftunkor Eski Dubrovnik shahri qizil tomli uylari va kuz oftobining oltin nurlarida tovlanuvchi o‘rta asr qal’asi bilan jonlanadi. Sinchkov mehmonlar shaharni “Taxtlar o‘yini” dunyosidan bilishadi, chunki u mashhur serial uchun suratga olish maydonchasiga aylantirilgan. Shu bilan birga oktabrda bu yerda har yili ikki haftalik oziq-ovqat festivali bo‘lib o‘tadi, uning o‘ziga xos jihati – Dubrovnik stoli bo‘lib, u shaharning asosiy ko‘chasi Stradun bo‘ylab 300 metrga cho‘zilgan.

Plyajda kuz: oktyabrda dengiz bo‘yida dam olish uchun olti maskan, 7men.uz

Tagazut, Marokash

Oktyabrdagi o‘rtacha harorat: 25 °С

Marokashning betartib shaharlari naqadar sarmast qiluvchi bo‘lmasin, uning atlantik qirg‘oqlarida sokin quyosh vannalarini qabul qilib ko‘ring. Ayniqsa syorfingchilar boshpanasidan asta-sekinlik bilan yoppasiga hordiq chiqarish markaziga aylanib borayotgan baliqchilar qishlog‘i Tagazutda. Shunday ekan syorfingchilar bilan qo‘shnichilikda ko‘plab, shu jumladan ochiq havodagi suv yaqinidagi yoga zallari allaqachon ochilgan.

Plyajda kuz: oktyabrda dengiz bo‘yida dam olish uchun olti maskan, 7men.uz

Azor orollari, Portugaliya

Oktyabrdagi o‘rtacha harorat: 21 °С

Ular Portugaliyaga tegishli bo‘lsa-da, Azor orollari qit’adan minglab mil narida joylashgan: bunday yevropacha Gavayi orollari ham kimsasiz joyda, biroq Atlantikada. Bilimdon lissabonlik va syorfingchilar (Portugal sohilidan g‘arbga tomon uchish uchun eng katta to‘lqinlar bo‘lishini bilarmidingiz?) ko‘k-yashil krater ko‘llarining yo‘qolgan dunyosi, abadiy yashil qoyalardan ko‘pirib tushayotgan sharsharalar dunyosini topadilar. Yana bir shunga o‘xshash hodisani Islandiya bilan o‘tkazish mumkin – agar u tropikda bo‘lsa. Oktabrda bu yerda sayyohlar odatdagidan kamroq bo‘ladi, yaxtada okeanga yo‘l olib, delfin yoki hatto kitlarni uchratish mumkin.

Plyajda kuz: oktyabrda dengiz bo‘yida dam olish uchun olti maskan, 7men.uz

Limassol, Kipr

Oktyabrdagi o‘rtacha harorat: 21 °С

Kiprning eng gavjum shaharlaridan biri Limassonda shahar markazida eng xilma-xil ko‘ngilochar maskanlar va suv oldida plyajda dam olish uchun osoyishta joylarni topasiz. Majburiy punkt – o‘rta asrlarning mashhur Limassol qasri joylashgan tarixiy Eski shahar bo‘ylab sayr qilish. Yana qadimiy Kurion shahri ham bor – ochiq osmon ostidagi haqiqiy arxeologik muzey. Faol hordiq chiqarishni xush ko‘radiganlar uchun sohil bo‘ylab kruizlar va vino zavodlariga ekskursiyalar ham mavjud. Ha, albatta, dunyodagi eng yumshoq va tajovuzkor bo‘lmagan dengiz – O‘rtayer dengizida plyajda dam olish.

Plyajda kuz: oktyabrda dengiz bo‘yida dam olish uchun olti maskan, 7men.uz

Sitsiliya, Italiya

Oktyabrdagi o‘rtacha harorati: 21 °С

Sitsiliya asosan Italiyadan nimasi bilandir ajralib qolganga o‘xshaydi. Uning joylashuvi – orol O‘rtayer dengizida Italiyaning janubiy qirg‘oqlari va Afrikaning shimoli o‘rtasida siqilib qolgan – bu oziq-ovqat, arxitektura va madaniyatning ajib qorishmasiga olib kelgan. Asta-sekinlik bilan tutun burqsib chiqayotgan vulqonlar fonidagi yarqiroq qirg‘oq chizig‘i va jilosini yo‘qotib, rangi o‘chgan shaharchalar. Palermodan tortib Kataniya va Notogacha restoranlar bu yerda vulqon tuprog‘ida yetishtirilgan noodatiy masalliqlardan foydalanib asriy taomlarni dasturxonga tortadilar.

Plyajda kuz: oktyabrda dengiz bo‘yida dam olish uchun olti maskan, 7men.uz

Madagaskar

Oktyabrdagi o‘rtacha harorat: 25 °С

Oktyabr oyida Madagaskarda nima bo‘ladi? Yoz davom etadi, jakarandalar gullaydi, toshbaqalar tuxum qo‘yadi, lemurlarda esa bolalash mavsumi qizg‘in pallaga kiradi. Nusi-Ankао qirg‘og‘ida fantastik landshaftlarga ega Miavana ekomehmonxonasi mavjud: bu tabiatni saqlashga bag‘ishlangan besh yulduzli kurort bo‘lib, tajribali gidlar mehmonlarni lemur va toshbaqalarni tomosha qilish, shuningdek, ularni baliq ovlash va sho‘ng‘ish uchun olib borishadi. Qadimiy o‘rmonlari va oq plyajlari bo‘lgan bu orol borib ko‘rishga arziydi.

Plyajda kuz: oktyabrda dengiz bo‘yida dam olish uchun olti maskan, 7men.uz

Botsvana

Oktyabrdagi o‘rtacha harorat: 35 °С

Botsvana safari uchun dunyodagi eng yaxshi joy bo‘lsa kerak: hukumat mandati “past ta’sir, yuqori darajadagi tajriba” yanada chekka joylardagi lagerlarni yaratishga yordam beradi. Bundan tashqari, Okavango deltasi – hayot bilan to‘lib-toshgan mukammal suv-botqoqli yovvoyi joy bor: tabiatni saqlash shunchalik    muvaffaqiyatli amalga oshganki, Janubiy Afrika yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan karkidonlarni shu yerga ko‘chiradi. Oktabr oyida kuchayib boradigan issiq tufayli turizm kamaya boshlaydi, biroq suv ostida qolgan Okavango suv bilan soviydi, shu vaqtning o‘zida quruq qishda iste’mol qilingan o‘simliklarning yo‘qligi ovni kuzatishni qulaylashtiradi. Narxlar ham oyni oxiriga kelib pasayadi. Chakalakzorlarda Kalaxari cho‘lining tub aholisi bo‘lmish san xalqi bilan sayr qiling, ular sizni noma’qul joylarga qadam qo‘yishga yo‘l qo‘yishmaydi.

Plyajda kuz: oktyabrda dengiz bo‘yida dam olish uchun olti maskan, 7men.uz

Plyajga borishni istamaydiganlar uchun bonus

Darjiling, Hindiston

Oktyabrdagi o‘rtacha harorat: 17 °С

Yaxshiyamki, bir punktni baribir issiq hordiq haqida qilmaymiz. Toqqa otlanishga yana bir imkoniyat bor! Oktyabr oyida Darjilingda musson mavsumi tugaydi va bu Hindistonning eng mashhur tog‘li maskaniga tashrif buyurish uchun ajoyib fursat. Yomg‘ir va tuman tarqalganda, Himolay tog‘larida g‘aroyib manzaralar kashf etiladi. Ro‘yxatda birinchi bo‘lib tongda Tayger-Xill tog‘iga tashrif buyurib, balandligi bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadigan tog‘ – Kanchendjanning qirov bilan qoplangan cho‘qqisini ko‘rish kerak. Aytishlaricha, taassurot oktabrning o ‘rtalarida yaxshiroq bo ‘ladi; ko ‘zlaringizni kattaroq oching, shunda siz Everestni hatto chapdan ham ko ‘rasiz. Bundan tashqari, mahalliy plantatsiyalardagi “shampan choylari” degustatsiyasiga tashrif buyuring va YUNESKO’ning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan va erkalatib o‘yinchoq deb ataladigan bug‘li temir yo‘lda sayr qiling.

Plyajda kuz: oktyabrda dengiz bo‘yida dam olish uchun olti maskan, 7men.uz

To‘pladi: Denis Ustyansev