Skip to main content

Kodak Scanza Digital Film Scanner tasma skaneri 

Uyingizdagi shkaf va qutilarda 1990-2000-yillarning eski tasmalari saqlanib qolgan bo‘lsa shubhasiz. Va albatta, qayerdadir chop etilgan fotosuratlar ham bor, biroq ularni quvonchli onlarni eslash uchun har safar olish unchalik qulay emas. Buning uchun tasma skaneri o‘ylab topilgan – unga tasmani qo‘ying, u ekranga kadrni chiqarib beradi, keyin uni kompyuteringizda JPEG formatda saqlab olishingiz mumkin. 

O‘zimga sovg‘a: har biri g‘ayrioddiy narsalardan iborat shaxsiy uy kolleksiyangiz uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan 18 buyum, 7men.uz

Baccarat Rouge 540 Extrait de Parfum parfyumi 

Vaqt ta’sirini ko‘rsata olmaydigan abadiy klassika. Quyuq, kedr, kashmir daraxti, muskatli mavrak va za’faron ifori – har qanday ob-havo va mavsum uchun to‘g‘ri tanlov. Lekin uni kuzning ikkinchi yarmiga qoldirganingiz ma’qul, chunki u salqin va nam havoda yaxshi ochiladi.  

O‘zimga sovg‘a: har biri g‘ayrioddiy narsalardan iborat shaxsiy uy kolleksiyangiz uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan 18 buyum, 7men.uz

Alpine Eagle ruchkasi

Hashamatning yana bir minimalistik sinonimi – Chopard ruchkasi. Vaqt hukmini o‘tkaza olmaydigan nafis dizaynda zanglamaydigan po‘lat va pushti oltin uyg‘unlashgan. Umid qilamizki, bunday ruchka bilan yozilgan har qanday hujjat sohibiga omad keltiradi. 

O‘zimga sovg‘a: har biri g‘ayrioddiy narsalardan iborat shaxsiy uy kolleksiyangiz uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan 18 buyum, 7men.uz

The Chase: Summer Table Top Backgammon narda o‘yini 

Agar narda ishqibozi bo‘lsangiz va chiroyli narsalarga befarq bo‘lmasangiz, Alexandra Llewellyn’dan ushbu variant – yaxshi tanlov. Brend asoschisining bolaligi Qohirada o‘tgan, o‘sha yerda nardaga ishqi tushgan va ko‘p yillar o‘tgach, rassom bo‘lib, o‘z iqtidorini shu stol o‘yini bilan birlashtirishga qaror qilgan. Shu tariqa aql bovar qilmas go‘zallikka ega narda dunyo yuzini ko‘rgan – masalan, shu holatdagidek.  

O‘zimga sovg‘a: har biri g‘ayrioddiy narsalardan iborat shaxsiy uy kolleksiyangiz uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan 18 buyum, 7men.uz

Adib Xolidning “Markaziy Osiyo: Imperiyalar asridan bizning zamonamizgacha” kitobi 

So‘nggi bir necha asr davomida Markaziy Osiyo haqida batafsil hikoya qiluvchi kitoblar hali ham uncha uncha ko‘p emas. Shuning uchun kelib chiqishi pokistonlik bo‘lgan amerikalik tarixchining XVIII asrning o‘rtalaridan to hozirgi kungacha mintaqa hayoti haqidagi kitobiga e’tibor qaratsa arziydi, shu bilan birga, u o‘z asarida sovet va postsovet davrlariga alohida e’tibor qaratadi.  

O‘zimga sovg‘a: har biri g‘ayrioddiy narsalardan iborat shaxsiy uy kolleksiyangiz uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan 18 buyum, 7men.uz

Pendleton Resting Place Blanket ko‘rpasi

Issiq va chiroyli ko‘rpa paxta qo‘shilgan jundan tayyorlangan. Biroq asosiysi – tarkib emas, balki zamonaviy rassom Logan Maksvell Ajejning suratlari buyumga zeb beradi. Uning ijodi Yovvoyi G‘arb obrazini qayta idrok etishga bag‘ishlangan. Nimayam derdik, nazarimizda, u a’lo darajada buning uddasidan chiqqan. Asosiysi – ko‘rpani ko‘rpajildga tiqmaslik kerak! 

O‘zimga sovg‘a: har biri g‘ayrioddiy narsalardan iborat shaxsiy uy kolleksiyangiz uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan 18 buyum, 7men.uz

Check-In Leather-Trimmed Trolley Case charm jomadoni

Yaxshi jomadondan bizga nima kerak? To‘ppa-to‘g‘ri – ishonchli, o‘zgacha uslubda bo‘lishi va o‘z sohibining savlatiga mos bo‘lishi lozim. Bu vaziyatda hammasi aynan shunday: xiyol oldskul ko‘rinishdagi Britaniyaning taniqli Globe-Trotter brendi sizga ko‘p yillar ishonch va sadoqat bilan xizmat qiladi. Ha, bulardan tashqari, shunchaki tomosha qilish ham yoqimli.

O‘zimga sovg‘a: har biri g‘ayrioddiy narsalardan iborat shaxsiy uy kolleksiyangiz uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan 18 buyum, 7men.uz

Westover Playing Card Gift Set kartalar to‘plami 

Har qanday buyum tajribali dizayner qo‘lida bejirim sovg‘aga aylanishi mumkin. Masalan, deylik, Ralph Lauren kartalar to‘plami moda uyining taniqli naqshlari bilan bezatilgan, jild esa benuqson ishlangan tabiiy charm va zanglamas po‘latdan ishlangan. Bunday kartalarni hech bo‘lmaganda meros qilib qoldirish mumkin! 

O‘zimga sovg‘a: har biri g‘ayrioddiy narsalardan iborat shaxsiy uy kolleksiyangiz uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan 18 buyum, 7men.uz

Transparent Turntable vinil plastinkalari pleyeri 

Ushbu vinil plastinkalar pleyeri – o‘tmish va kelajakning mukammal uyg‘unligi. Ultrazamonaviy dizayn toblangan shisha va sifatli alyuminiydan tayyorlangan. Shuningdek, o‘z-o‘zidan model tovush uzatish uchun Bluetooth’dan foydalanadi. Bekam-u ko‘st estetik didli kishilar munosib baholaydigan ajoyib sovg‘a.

O‘zimga sovg‘a: har biri g‘ayrioddiy narsalardan iborat shaxsiy uy kolleksiyangiz uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan 18 buyum, 7men.uz

Logo-Appliquéd Two-Tone Mohair and Wool-Blend Cushion yostig‘i

Barchamizga ma’lumki, neytral tuslarda saqlangan interyer urfda. Yana har qanday shunday makonga rangli urg‘ular berish kerakligini ham bilamiz. Qahvarang va ko‘k ranglar uyg‘unlashgan Loewe angor yostig‘i bemalol ulardan biriga aylanishi mumkin. Buyumning old tomoni ham tabiiy charmdan ishlangan yorliq bilan bezatilgan.

O‘zimga sovg‘a: har biri g‘ayrioddiy narsalardan iborat shaxsiy uy kolleksiyangiz uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan 18 buyum, 7men.uz

L’objet dominosi 

Domino, aftidan, dunyoning har qanday burchagida ham – domino. Biroq, bunday buyumlar ustalar qo‘liga yetib borsa, haqiqiy art-obyektga aylanadi. Bu model qizil yog‘ochdan yasalgan va jez elementlari bilan bezatilgan. Partiyadan bosh tortish qiyin – ularning bir-biriga qarsillab urilishini eshitish uchun ham o‘ynagingiz keladi.  

O‘zimga sovg‘a: har biri g‘ayrioddiy narsalardan iborat shaxsiy uy kolleksiyangiz uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan 18 buyum, 7men.uz

Fortis Marinemaster M-44 soati

Shveytsarcha soat – muvaffaqiyatli kishining zaruriy atributi. Har holda, ko‘pchilik shunday fikrda, biz kim bo‘libmizki, bu fikr bilan tortishadigan? Bir muammo – shveytsarcha soatlarning ko‘pchiligi qimmat turadi. Biroq modellari sifatda mashhur soat do‘konlaridan qolishmaydigan brendlar ham mavjud, biroq baribir narxda ommaboproq. Fortis soati aynan shunday: a’lo sifat hamyonbop narx bilan uyg‘unlashgan. Darvoqe, bu suv o‘tkazmaydigan model: u bilan 500 metr chuqurlikka sho‘ng‘ib, soat necha nechaligini bilishingiz mumkin!

O‘zimga sovg‘a: har biri g‘ayrioddiy narsalardan iborat shaxsiy uy kolleksiyangiz uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan 18 buyum, 7men.uz

Snow Peak yig‘ma stuli 

Biz kabi sayohat qilishni yoki shunchaki o‘z bog‘ida o‘tirib qushlarni tomosha qilishni xush ko‘ruvchilarga Take brendining yig‘ma stulini bir ko‘rib chiqishni tavsiya etamiz! Model bambukdan ishlangan va qayerdadir emas, balki Yaponiyada ishlab chiqarilgan. Ma’lumkin, Kunchiqar mamlakatda ustalar sifatli mahsulot tayyorlash va tabiatni kuzatishning ilmini olishgan. 

O‘zimga sovg‘a: har biri g‘ayrioddiy narsalardan iborat shaxsiy uy kolleksiyangiz uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan 18 buyum, 7men.uz

Cartier Monogram Rectangular Sunglasses quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynagi

O‘zgacha uslubdagi kiyim va aksessuarlar har doim ham ko‘zga tashlanavermasligi lozim. Buning yana bir isboti – Cartier quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynagi. Bir tomondan, ular minimalistik dizaynda ishlangan, boshqa tarafdan esa gardishi oltindan qilingan. Xoh sport uslubida, xoh ishchi uslubda bo‘lsin – doim mos tushaveradi. 

O‘zimga sovg‘a: har biri g‘ayrioddiy narsalardan iborat shaxsiy uy kolleksiyangiz uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan 18 buyum, 7men.uz

Eels Bifold Coin Wallet in Satin Calfskin kartmoni

Hatto kartmon singari shunday oddiy va o‘rnini almashtirib bo‘lmaydigan buyumlar ham chiroyli bo‘lishi, demakki, zavqlantirishi mumkin. Loewe x Suna Fujita kolleksiyasi modeli tabiiy charmdan ishlangan va shu liniyaga xos tasavvuriy naqsh bilan bezatilgan. Suna Fujita — taniqli moda brendi bilan hamkorlik qilishga qaror qilgan Kiotoda joylashgan keramika studiyasi. Shunday ekan, natija a’lo darajada o‘xshagan.

O‘zimga sovg‘a: har biri g‘ayrioddiy narsalardan iborat shaxsiy uy kolleksiyangiz uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan 18 buyum, 7men.uz

Motorcycle White Gold Cuff Links With Diamonds ilmatugmalari

Aytishlaricha, hatto eng omadli erkakning ichida yosh bolakay yashaydi. Jon deb ishonamiz – bunday holatlarda oq oltin va brilliantlar bilan bezatilgan Sydney Evan ilmatugmalari ichki bolakayingizni aniq xursand qila oladi. Hashamat, muvaffaqiyat va isyonkor ruhning nodir uyg‘unligi. 

O‘zimga sovg‘a: har biri g‘ayrioddiy narsalardan iborat shaxsiy uy kolleksiyangiz uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan 18 buyum, 7men.uz

Sister Rosetta ko‘zachasi

Kichik, ammo o‘ta hurmatli italyan brendi Mario Luca Giusti kolleksiyasidan bejirim ko‘zacha akrildan yasalgan. Sodda mumtoz shakl noodatiy bezak elementlari va teran may rangi bilan yaxshi uyg‘unlashgan. Bu ko‘zalarni ko‘rgan kishida katta oilaviy ziyofat uyushtirish istagi paydo bo‘ladi.

O‘zimga sovg‘a: har biri g‘ayrioddiy narsalardan iborat shaxsiy uy kolleksiyangiz uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan 18 buyum, 7men.uz

Giraffe in Love XS stol lampasi 

Ekstravagant yechimlarga hamisha o‘rin bor, shunday emasmi? Agar shu fikrga qo‘shilsangiz, animalistik elementlarga ega dizaynga ixtisoslashgan italyancha Qeeboo brendining g‘ayrioddiy stol lampasini xarid qiling. Chunki – turgan gapki, rokoko ruhidagi qandil tutib turgan qora jirafa ko‘rinishidagi lampadan-da noodatiyroq nima bo‘lishi mumkin?   

O‘zimga sovg‘a: har biri g‘ayrioddiy narsalardan iborat shaxsiy uy kolleksiyangiz uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan 18 buyum, 7men.uz

To‘pladi: Sergey Vereskov