“Super Mario Odisseya” an’anaviy psixologik davolash usullariga qarshi qo‘yildi.
Mario o‘ynab o‘tkazilgan vaqt siz uchun kutganingizdan ham yaxshiroq bo‘lishi mumkin. Hech bo‘lmaganda, yangi tadqiqot natijalari shunga guvohlik bermoqda.
Yaqinda germaniyalik tadqiqotchilar Frontiers of Psychology jurnalida 3D video‘yinlarga o‘xshagan o‘yinlarni o‘ynash katta depressiv buzilishning (KDB) kognitiv alomatlarini, shu jumladan “affekt, kayfiyat va xotira bilan bog‘liq muammolar singari kognitiv buzilishlarni kamaytirishini” qanday davolash mumkinligini o‘rgangan tadqiqotni nashr etishdi.
Tadqiqotda katta depressiv sindrom tashxisi qo‘yilgan 46 ta ishtirokchi uch guruhga ajratilgan: biri Nintendo Switch uchun Super Mario Odyssey o‘yinini o‘ynagan, boshqasi kognitiv mashq qilish kompyuter dasturi (CogPack)dan foydalangan, uchinchisi esa psixoterapiya va dori-darmonga o‘xshash davolashning an’anaviy usullarini o‘tagan.
Olti hafta o‘tgach, Super Mario Odyssey a’zolari guruhida katta depressiv buzilish belgilarining eng yuqori darajada pasayishi kuzatildi, bu ishtirokchilarning o‘zlari aytib o‘tishgan. Holatlar soni deyarli 50% ga kamaygan. Bundan tashqari, Super Mario Odyssey guruhi davolanishni davom ettirish uchun boshqa guruhlarga qaraganda ancha yuqori motivatsiyaga ega bo‘lgani haqida xabar berdi.
Tadqiqot qayg‘u yoki lazzat hissining susayishi kabi affektiv alomatlarga emas, balki xotira va muammolarni hal qilish kabi katta depressiv buzilishning kognitiv belgilariga qaratilgan. Shuningdek, tadqiqotda super Mario Odyssey kabi 3D o‘yinlar miyaning o‘rganish va xotira uchun mas’ul bo‘lgan qismi – gippokampga ta’sir o’tkazishi aniqlandi.
2015-yilda Journal of Neuroscience da nashr etilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, 3D-videoo‘yinlar 2D analoglariga qaraganda xotira samaradorligini 12 foziga oshiradi, 2017-yilda olib borilgan Nature tadqiqoti esa 3D o‘yin platformerlari gippokampdagi kulrang moddani rag‘batlantirishga yordam berishini ko‘rsatdi.