Skip to main content

Xurragingiz xavfliligini qanday anglash mumkin

Xurrak odatiy hol bo‘lish va bu haqda tashvishlanishga arzimasligi mumkin, ammo bu obstruktiv uyqu apnoesining asosiy belgisi ham bo‘lishi ehtimoldan holi emas — bu odamlar haqiqatdan o‘n soniya yoki undan ko‘proqqa nafas olishdan to‘xtaydigan jiddiy uyqu buzilishidir. Dunyodagi taxminan 936 million kishi obstruktiv uyqu apnoesidan aziyat chekishi ehtimoli mavjud, bundan-da ko‘prog‘iga esa hali tashxis qo‘yilmagan. Xavotirlanish vaqti kelganini qanday tushunish mumkin?                    

Xurrak qachon xavfli tus oladi?

Xurrak apnoening asosiy ko‘rsatkichi sanaladi, shuning uchun u bu holatning ehtimoliy ogohlantiruvchi alomatlari ro‘yxatida yetakchilik qiladi. “Biz suhbatga xalal beradigan yoki yopiq eshikdan ham eshitiladigan qattiq, yoqimsiz xurrak haqida gapiryapmiz”, – tushuntirish berdi uyqu bo‘yicha mutaxassis doktor, Janubiy Kaliforniya universiteti qoshidagi Kek Tibbiyot universitetining klinik tibbiyot dotsenti Raj Dasgupta.

Biroq apnoega faqat tovush va balandlikning o‘zigina ishora qilmasligi mumkin. Mana yana bir nechta alomatlar. 

Charchoq hissi

Kun davomidagi kuchli charchoq yomon uyquning asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi. Xurrak bilan birgalikda bu uyqudagi apnoening xarakterli belgisi bo‘lishi mumkin.

Hech qanday tovushning yo‘qligi

Ko‘pchilik apnoedan aziyat chekishi haqida o‘zi bilmaydi, lekin ularning yonida birga uxlaydigan sheriklari xavotirli signallarni payqashi mumkin. Va bu faqat xurrakning o‘zi emas! Apnoe havo oqimining yetishmovchiligini anglatadi – u na ichkariga kiradi va na tashqariga chiqadi. Odam shunchaki nafas olmaydi. Shuning uchun agar karavotdosh qo‘shningiz sizning nafas olishdan osongina to‘xtayotganingizni payqagan bo‘lsa, bu yerda bir gap bor. 

Yuqori qon bosimi 

Obstruktiv uyqu apnoesi gipertoniyaga olib kelishi mumkin. Har safar odam bir necha soniyaga nafas olishdan to‘xtaganida, organizmning simpatik asab tizimi harakatga keladi va qon bosimini ko‘taradi. Bundan tashqari, organizm, vaqti-vaqti bilan qon bosimini oshirishi mumkin bo‘lgan katexolamin nomli stress gormonlarini ajratadi.    

Garchi gipertoniya o‘z-o‘zidan uyqu buzilishining alomati hisoblanmasa-da, u boshqa xarakterli signallar bilan birgalikda ogohlantiruvchi belgi bo‘lishi mumkin.  

Ortiqcha vazn

Semizlikdan yoki semizlikning yuqori darajasi bilan aziyat chekuvchi kishilarda obstruktib uyqu apnoesi tez-tez kuzatiladi, chunki og‘iz, til va bo‘yindagi qo‘shimcha vazn xurraksiz yengil nafas olishni qiyinlashtirgan holda yumshoq to‘qimalarga zarar yetkazadi.