Savol: nega nonushtaga tuxum yeyish foydali? Diyetologiya nuqtai nazaridan javob beramiz va omletning bitta original retseptini taklif etamiz.
Nonushta – ratsionning asosi, u metabolik soatni harakatga keltiradi. Kundalik iste’mol qilinadigan kaloriyaning 20-25%i ertalabki tanovulga to‘g‘ri keladi, tuxum esa – dunyoda eng keng tarqalgan va hammabop mahsulotlardan biridir. Tuxumning tayyorlanishi tez va oson, bu esa megapolis aholis uchun muhimdir. Jiddiy gapiradigan bo‘lsak, tuxum inson organizmini bir kunga yetadigan oqsil va zaruriy aminokislotalar zaxirasi bilan ta’minlaydi va shu bilan birga, oson hazm bo‘ladi. Bunday tanovul ochlikni bosadi va tushlikkacha to‘qlikni saqlab turadi, shu bilan birga oshqozonda og‘irlashuv hissini chaqirmaydi: o‘rtacha hajmdagi bir dona tuxumdagi quvvat 75 kilokaloriyadan ko‘p emas.
Agar sizda nonushta tayyyorlash uchun baribir yetarlicha vaqt bo‘lsa, u holda gastronomiya nuqtai nazaridan tuxum ulkan xilma-xillik kasb etadi: bugun u lososli omlet bo‘ladi, ertaga – sarig‘i va oqini aralashtirmasdan yog‘da qovurilgan tuxum, yana bir kundan keyin isroilcha shakshuka.
Nutritsiologning maslahatiga ko‘ra, nonushtaga tuxum iste’mol qilish – dastlabki oqsilli taomlanishning eng yaxshi variant, ustiga ustak ertalabki vaqtda uni bemalol sarig‘i bilan qo‘shib yeyish mumkin (aynan shunisida xolesterin mavjud). Tuxum oqini hazm qilish oson, uzoq muddatli to‘qlikni 2-3 soatga ta’minlaydi, organizmning aminokislotaga bo‘lgan ehtiyojini kuniga 30% normaga qondiradi. Tuxumni ertalab istalgan ko‘rinishda yeyish mumkin. Eng “xavfsiz” ko‘rinishi, masalan, agar jismoniy qomatingiz haqida qayg‘ursangiz yoki parhez tutsangiz, – yaxlit donli non ustiga ko‘kat bilan tortiladigan qaynatib chala pishirilgan tuxumdir. Sportchilar va haftasiga 7 soatini trenirovkaga sarflaydigan fitnes bilan shug‘ullanuvchi odamlar tuxum iste’molini kuniga ikki donaga oshirishlari mumkin – hammasi mushakka va to‘qimalarning tezkorlik bilan tiklanishiga ketadi.
Tuxum tarkibida katta miqdorda B guruhi vitaminlari, A, E, D, K vitaminlari, shuningdek mikroelementlar: fosfor, oltingugurt, temir moddasi mavjud. Unda ish qobiliyatimiz, xotira va kayfiyatga ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar bor. Xususan, tirozin aminokislotasi. U dofamin – “baxt gormoni”ning bilogik komponenti o‘tmishdoshi hisoblanadi.
Dofamin yordamida biz yangi narsalarni o‘rganamiz, malaka va bilimga ega bo‘lamiz. Tuxum sarig‘ida joylashgan letsitin esa bosh miya neyronlari o‘rtasidagi aloqani ta’minlaydi, uni oziqlantiradi, xotirani mustahkamlaydi, boshqa kognitiv funksiyalarni yaxshilaydi.
Tuxum, shuningdek, organizmni xolin bilan ham ta’minlaydi. Xolin – hayotiy muhim oziq modda, u xotira va o‘rganish funksiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan va boshqa ko‘plab zaruriy jarayonlarda muhim rol o‘ynaydigan atsetilxolin sintezi uchun kerak. Xolin to‘qima membranalarining hosil bo‘lishi uchun komponentlardan biri hisoblanadi.
Va nihoyat, tuxum ko‘rish qobiliyati uchun foydali. Uning tarkibidagi lyutein va zeaksatin – to‘r pardada to‘planib, ko‘zni zararli quyosh nuridan himoyalash xususiyatiga ega antioksidantlardir. Ular katarakta va sariq dog‘ degeneratsiyasi xavfini sezilarli ravishda kamaytiradi. Shunday ekan, nonushtaga tuxum iste’mol qilish orqali biz organizmimizga ishga doir vazifalarni va atrofimizdagi qiyinchiliklarni hal etishga yordam beramiz, immunitetni mustahkamlaymiz, shuningdek, kun davomida yaxshi kayfiyat darmoni bilan ta’minlaymiz. Shunday bo‘lsa da, tuxumni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish xolesterin miqdorining oshib ketishi va allergik reaksiyalar ko‘rinishidagi noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Omletning noyob retsepti
Umuman, omlet – har qanday narsa bilan tayyorlash mumkin bo‘lgan taom. Shubhasiz hammada o‘zining alohida masalliqlari bilan tayyorlanadigan retseptlari mavjud. Basturma va ismaloqli omletni bir tayyorlab ko‘ring! Buni bilish muhim! Bu omlet biroz achchiq. Uni tayyorlashdan avval, siz ishlatmoqchi bo‘lgan bostirma o‘ta sho‘r emasligiga ishonch hosil qiling. Agar bu achchiq qizil qalampir qobig‘ida quritilgan basturma bo‘lsa, u holda retseptdan chili qalampirini olib tashlash mumkin. Achchiq masalliq sifatida basturmali qalampir mutlaqo mos keladi.
Quyida tayyorlanish usulini keltiramiz.
1. Sariyog‘da ismaloqni mayda to‘g‘ralgan sarimsoq va halqacha shaklida kesilgan qizil qalampir bilan qo‘shib dimlang. Limon sharbati bilan ta’mini rostlab oling.
2. Basturmani ingichka qilib kesib, zaytun moyida qovuring. Ko‘pirtirilgan tuxum solib, dimlangan ismaloq bilan aralashtiring va taxminan bir daqiqa davomida qovuring.