Nega uzoq dam olish kunlarida ham hordiq chiqarishning uddasidan chiqib bo‘lmaydi va buni o‘zgartirishning iloji bormi?
Ehtimol, siz vaqti-vaqti bilan dam olishingiz kerakligi haqida ko‘p eshitgansiz, shuningdek, dam olish kunlari ish olish va uxlashga yotganingizda mijozlarga javob berish maqsadga muvofiq emas. Ushbu tavsiyalar haqiqatdan ham foydali: ular sizga holdan toyish va ta’tildan chiqib yana ta’tilni kutib yashashdan saqlanishga yordam beradi. Bir tomondan hammasi oddiy, aslida esa bu hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. O‘zingizni hordiq chiqargandek his qilishingiz va dam olish kunlarida tanangizni qanday bo‘shashtirish kun tartibingizda nimalarni o‘zgartirishingiz mumkinligi haqida so‘z yuritamiz.
QANDAY QILIB TO‘G‘RI DAM OLISH KERAK
Birinchidan, to‘g‘ri dam olishning o‘zi nima ekanligini aniqlashtirib olaylik. To‘g‘ri dam olish – bu sizga mos keladigan dam olish. Ya’ni, o‘z-o‘zidan to‘g‘ri va unchalik to‘g‘ri emas deb hisoblanishi mumkin bo‘lgan dam olish turlari bo‘lmaydi. Faqat his-tuyg‘ularga tayanish lozim. Odatda, agar dam olish turi sizga mos bo‘lsa, qoniqish his qilasiz va yangi kuch bilan ishlay boshlaysiz. Agar dam olish kunining oxiriga borib kamida yana bir kun yotish istagi tug‘ilsa, uni o‘tkazish usulini qayta ko‘rib chiqishingizni maslahat beramiz. Agar siz yetarlicha yoki o‘zingiz yoqadigan tarzda dam olmasangiz, tanangiz signal yubora boshlaydi. Siz nafaqat charchoqni, balki boshqa noxush alomatlarni ham sezasiz, masalan:
- yetti-to‘qqiz soat, ba’zan esa ko‘proq uxlagan bo‘lsangiz-da, yetarlicha uyquga to‘ymaysiz;
- uyqusizlik paydo bo‘ladi, rosa xohlasangiz ham uxlay olmaysiz;
- yelka va bo‘yinda sport yoki massajdan keyin yo‘qolmaydigan og‘irlik paydo bo‘ladi;
- ahvol yomonlashadi: bosh og‘rig‘i, kun oxiriga borib zaiflik, tanada og‘riq paydo bo‘ladi;
- diqqatni jamlash va motivatsiya yo‘qoladi, ilgari tez va muammosiz bajarilgan vazifalar endi qiyinchilik tug‘dira boshlaydi;
- Jizzakilik yuzaga keladi va ishga borish xohishi so‘nadi, o‘zingiz yoki atrofingizdagilar buni sezasiz.
Siz hozirgi ahvolingiz haqida kundalik yuritishingiz, masalan, qisqa qaydlarda yozib borishingiz boshlashingiz mumkin. Har bir necha soatda o‘zingizni qanday his qilayotganingizni qayd etib boring va aynan nima bilan mashg‘ul bo‘lganingizni yozing. Kun oxirida charchog‘ingiz sababi nima ekanligini yoki boshqa noxush holatlarni tahlil qilishingiz mumkin bo‘ladi. Misol uchun, siz kun davomida standart bir soatlik tanaffus o‘rniga atigi 15 daqiqa dam olganingiz uchun charchayotganingizni tushunasiz. Vaziyatni oʻzgartirish uchun jadvalingizga kun yarmida koʻproq tanaffuslar qoʻshing va unutmaslik uchun ularni oldindan rejalashtiring.
NEGA DAM OLISH O‘XSHAMAYDI
Sabablari bir nechta bo‘lishi mumkin – har birini ko‘rib chiqamiz.
Hordiqning nomaqbul turi. Agar sizga maroq bermaydigan mashg‘ulotni tanlasangiz, undan so‘ng o‘zingizni dam olgandek his qilmaysiz. Bunaqasi kishi dam olish va ta’tillarsiz ko‘p ishlagan holatlarda yuz beradi. Kishi uni qanday hordiq turi quvontirishini ham unuta boshlaydi, shuning uchun atrofdagilarga qarab ish tutadi.
Yoga yoki suzish kabi biror ishni birinchi marta shug‘ullana boshlaganingizda, avvaliga quvonmasligingiz va qanoat hosil qilmasligingiz mumkin. Birinchi martada hamma narsa tushunarsiz va murakkabdek ko‘rinadi. Moslashish, mazasini olish va ilk natijani ko‘rish uchun o‘zingizga vaqt bering. Ehtimol, shundan keyin siz yangi sevimli mashg‘ulotingizdan zavq olishni boshlaysiz. Ammo agar siz bo‘sh vaqt noqulaylik tug‘dirayotganini bir necha bor sezsangiz, hatto qolganlar uchun mos kelsa ham, boshqa mashg‘ulotlarga o‘tganingiz ma’qul.
O‘z-o‘zini tanqid qilish. Bu sabab ko‘pincha “o‘zarman”lar orasida uchraydi. Ular hamma narsada yuqori natijalarga erishishga odatlangan, shuning uchun xato qilish va biror narsada birinchi bo‘lmaslik qo‘rqinchli bo‘lishi mumkin.
Tanqidchi rejimi ko‘pincha ko‘nikmalar zarur bo‘lgan mashg‘ulotlarda, masalan, kulolchilik charxida ganchkorlik bo‘yicha seminarda qo‘shiladi. O‘zingizni tanqid qilishni boshlaganingizda holatingizni kuzatish ahamiyatlidir. Bunday paytlarda siz yangi cho‘qqilarni zabt etish uchun emas, balki zavq olish uchun kelganingizni o‘zingizga eslatishingiz kerak. Shunday qilib, siz e’tiboringizni natijadan
jarayonga o‘tkazishingiz va ijobiy his-tuyg‘ularni shu yerda va hozir qabul
qilishingiz mumkin.
Nazorat. Aksariyat tadbirkorlarning dam olishi va ishdan nafas rostlashi amrimahol, chunki ularga ularning ishtirokisiz barcha loyihalar barbod bo‘ladigandek, hech kim ishni ularchalik yaxshiroq bajara olmaydigandek tuyulaveradi. Bu vaziyatni o‘zgartirish uchun tadbirkorlarga o‘zi ishonadigan qo‘l ostidagi xodimlariga vazifani yuklatishga o‘rganishi kerak bo‘ladi. Vaqti-vaqti bilan, jamoa uning doimiy nazoratisiz ham eplayotganini ko‘rganida, erkin nafas olish va to‘laqonli hordiq chiqarishning uddasidan chiqadi. Faoliyatda o‘zgarishning yo‘qligi. Dam olish uchun faoliyatni bir turidan boshqasiga o‘tkazish lozim. Kun bo‘yi o‘tirib ishladingizmi – sayrga chiqing yoki badantarbiya bilan shug‘ullaning.
Ishda nima qildingiz
- Jamoadagi ish jarayonlarini ta’rifladik, soliq organlari uchun hisobot tayyorladik.
- Kunni Internetda mahsulot qidirish va buyurtma berish bilan o‘tkazdik.
Faoliyatni o’zgartirMAdingiz
- Biznes bo yicha ta’lim ma’ruzasini tomosha qildik
- Videoo‘yinlar o‘ynadik
Faoliyatni o’zgartirdingiz
- Yolg‘iz o‘zingiz velosipedda sayr qilishga otlandik
- Raqs mashg‘ulotlariga bordik
DAM OLISH TURLARI
TEDx konferensiyasidagi chiqishlardan birida vrach tadqiqotchi Sandra Dalton-Smit dam olishning 7 ta turi borligini aytib o‘tdi. Ularning har biri haqida xabardor bo‘lgan holda odam vaqtida kuchini qayta tiklashi va hordiq chiqarishning mos variantini tanlay oladi.
Dam olish turlari
- Jismoniy Har qanday sport, yurish, mashq qilish, cho‘zilish
- Sensorli Telefon yoki quloqchinsiz sayr qilish
- Aqliy Istirohat bog‘ida musiqa yoki orqa shovqinsiz sayr qiling. Sevimli kechki ovqatingizni tayyorlang
- Ijtimoiy Do‘stlar bilan uchrashuv, tadbirlar, barga borish
- Hissiy Yaqinlaringiz bilan suhbatlar, psixolog bilan uchrashuv, yostiq bilan jang
- Ruhiy Meditatsiya, yoga
- Ijodiy Loydan ganchkorlik, chizish, to‘qish
DAM OLISHNI QANDAY QILIB HAYOTNING BIR BO‘LAGIGA AYLANTIRISH MUMKIN
Ikki asosiy maslahat. Siz ular haqida allaqachon eshitgan yoki kitoblarda o‘qigan bo‘lishingiz va ular siyqasi chiqqan bo‘lib tuyulishi mumkin. Ammo ularni tilga olmay ilojimiz yo‘q: agar siz rioya qilishni o‘rgansangiz, tavsiyalar ish beradi.
Birinchi maslahat – ta’tilni rejalashtiring. Bir kunlik ishingizni yozayotgan vaqtda, yon daftarchangiz yoki qayd qog‘ozingizga dam olish vaqtini kiritganingizga ishonch hosil qiling. Bu bo‘sh vaqtni o‘tkazib yubormaslikka va tez-tez tanaffus qilishga yordam beradi. Shuningdek, bo‘sh vaqtingizni qiziqarli mashg‘ulotga bag‘ishlashingiz uchun aynan nima qilishni xohlayotganingizni darhol yozishingiz mumkin.
Ikkinchi maslahat – muntazam ravishda dam oling. Agar siz ertalabdan kechgacha besh kun tanaffuslarsiz ishlasangiz, ikki kun dam olish o‘xshamaydi. Shuning uchun har kuni bir oz dam olish muhimdir. Bu sizga tiniqib dam olgandek his qilish va ta’tildan ta’tilgacha yashamaslikka yordam beradi.
Kichik narsalardan boshlang. Bir tomondan tavsiyalar oddiy bo‘lib tuyuladi. Biroq aslida shunaqasi ham bo‘lib turadi: yozib qo‘ygan bo‘lsangiz-da, tanaffus qilishni unutib qo‘yasiz; charchamadim deb o‘ylaysiz va ishlashda davom etasiz; o‘zingizga kam ishlagandek tuyulaverasiz, shuning uchun ishdan ajrala olmaysiz. Dam olish va muntazam tanaffuslarni rejalashtirish ham – qolgan narsalarga o‘xshagan odatlar. Hayotingizga yangi odatlarni olib kirish, har doimgidek, qiyin. Mana nima uchun “shunchaki har kuni dam olishni boshla” degan maslahatlar ish bermaydi.
Misol uchun, agar odam ertalab har kunini bir stakan suv bilan boshlamasa, unga buni hayotiy odatga aylantirishi ancha mushkul kechadi. U suv ichishni unutishi yoki buni majburan qilishi mumkin. Dam olish bilan ham xuddi shunday. Birinchi martada doimiy tanaffus va dam olishni grafikingizga kiritish qiyin kechishi mumkin. Shuning uchun kun rejimi va odatiy kun tartibini o‘zgartirish birdaniga o‘xshashini kutish yaramaydi. Dam olishni qadamma qadam kiritib boring, kichik harakatlardan boshlang.
Fikrlaringizni kuzatib boring. Siz dam olish o‘xshamasligining yana bir sababi – rejalashtirish va muntazam tanaffuslar qilish bo‘yicha tavsiyalarga amal qilishingizga to‘sqinlik qiladigan g‘oyalar va fikrlardir. Masalan, odam o‘z ta’tilini qadrsizlantirishi. Unga tanlangan bo‘sh vaqt behuda ketayotgandek tuyulaveradi, undan ko‘ra ish qilgan yaxshiroq deb o‘ylaydilar. Yoki bo‘lmasa jonini jabborga berib ishlash kerak, chunki jamoa ishlayotgan paytda dam olish uyat, chunki ular rahbar sifatida u haqida qanday xayolga borishadi, degan tushunchada bo‘lishadi.
YAXSHI HORDIQ HAQIDA BIR JUFT KITOB
Klaudiya Hemmond, “Dam olish san’ati”. Abadiy bandlik davrida qanday qilib yaxshi dam olish mumkin”. Britaniyalik psixolog dam olishning o‘nta usuli haqida hikoya qiladi. O‘zingizga eng yaqin bo‘lganini yoki birdaniga bir nechtasini tanlang.
Mayk Viking, “Baxtli xotiralar san’ati”. Bu kitobni o‘qishning o‘zi kishini tinchlantiradi. Unda muallif nima uchun inson hayotida quvonchli voqealar bo‘lishi kerakligi borasida so‘z yuritadi. Ehtiyot bo‘ling: mutolaa mobaynida sizning pirog pishirgingiz yoki velosipedda uchgingiz kelib qoladi.