Skip to main content

O‘zbekistonda poyezdda sayohat qilish allaqachon ancha tezlashgan, biroq bizda temir yo‘lda yurish serhasham hordiq bilan tasavvur qilinmasa kerak. Ammo dunyoda shunday maxsus poyezdlar borki, ular go‘yo harakatlanuvchi mehmonxonalarga o‘xshaydi: qimmatbaho jihozlar, Mishlen yulduzli oshpazlar, massaj xonasi yoki fitnes zali kabi barcha zarur xizmatlar bilan ta’minlangan. Odatda, bunday poyezdlar paket turlarning bir qismi bo‘lib, bir nechta shaharlar orasida qatnaydi. Ularning qanday ko‘rinishga ega ekanligini tomosha qiling.

G‘ildirakli mehmonxona: eng qimmat interyerga ega poyezd-mehmonxonalar jamlanmasi, 7men.uz

Orient Express La Dolce Vita

1960-yillar atmosferasiga g‘arq bo‘lgan va Venetsiyadan Palermogacha deyarli butun mamlakatni qamrab olgan poyezd. Nomerda vanna xonalari, 140×190 xonali karavot, bortida haqiqiy italyancha menyu.

G‘ildirakli mehmonxona: eng qimmat interyerga ega poyezd-mehmonxonalar jamlanmasi, 7men.uz

Sayt: orient-express.com/la-dolce-vita
Instagram: @orientexpress

The Vietage

Poyezd Vyetnamning Danang va Nyachang shaharlarini bog‘laydi va osuda qishloq joylaridan o‘tadi. Butun yo‘l bir kundan ortiq davom etmaydi: sayohatni qulaylik jihatidan beqiyos sayr-tomosha sifatida qabul qiling.

G‘ildirakli mehmonxona: eng qimmat interyerga ega poyezd-mehmonxonalar jamlanmasi, 7men.uz

Sayt: thevietagetrain.com
Instagram: @thevietage

Eastern & Oriental Express

Poyezd Malayziya, Tailand va Singapur o‘rtasida qatnaydi va bortiga ham xususiy sayyohlarni, ham korporativ guruhlarni (kamida 12 kishi) qabul qiladi. Yanvardan tashqari yil bo‘yi ishlaydi.

G‘ildirakli mehmonxona: eng qimmat interyerga ega poyezd-mehmonxonalar jamlanmasi, 7men.uz

G‘ildirakli mehmonxona: eng qimmat interyerga ega poyezd-mehmonxonalar jamlanmasi, 7men.uz

Sayt: belmond.com/trains/asia/eastern-and-oriental-express
Instagram: @easternoriental

Turli qit’alar bo‘ylab sayohat qilish uchun ko‘proq lyuks poyezdlarni belmond.com va luxurytraintickets.com saytlarida topish mumkin.