Ish tajribasini o‘tang va magistratura ta’limini chet elda oling. Quyida bir nechta variantlarni taqdim etamiz.
Niderlandiyada ta’lim stipendiyasi
1575-yilda asos solingan Leyden universiteti Niderlandiyaning eng qadimiy va nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri sanaladi. Uning fakultet va dasturlaridan ko‘pchiligi o‘zining akademik ustunliklari sabab jahon reytinglarida eng yaxshilari qatoridan muntazam ravishda joy egallaydi.
Iqtidorli talabalarni jalb qilish maqsadida universitet Leiden University Excellence Scholarship (LExS) nufuzli stipendiya dasturini taklif etadi. Moliyaviy yordam hajmi 10000, 15000 yevro yoki ta’limning to‘liq narxini qoplab berishi mumkin. Dastur, shunga qaramay, to‘liq stipendiyani qoplab berishni nazarda tutmaydi va Yevropa iqtisodiy hududiga kirmaydigan davlatlar talabalari viza olish uchun hisoblari yetarli mablag‘ borligi haqidagi dalilni taqdim etishlari lozim.
so‘nggi muddat : 1-oktabr
sayt: universiteitleiden.nl
AQSH da ta’lim stipendiyasi
Simmons Distinguished Scholar Award stipendiyasi maxsus akademik yutuqlarni, jamiyat hayotida faol ishtiroki va jamiyatdagi ijobiy o‘zgarishlarga ishtiyoqini namoyish etadigan talabalar uchun mo‘ljallangan.
U bakalavriatning to‘liq to‘rt yillik kunduzgi bo‘limiga beriladi va avval berilgan istalgan akademik stipendiyaning o‘rnini egallaydi. Laureat talabalar shaxsiy va intellektual rivojlanish, madaniy boyish va ijtimoiy aloqalar uchun ko‘plab imkoniyatlarga, ega jo‘shqin kampus hamjamiyatining bir qismiga aylanishadi.
Jamiyat hayotiga ko‘ngillilik, yetakchilik va qiziqishning boshqa shakllari orqali jamoatchilik hayotidagi faol ishtiroki, shuningdek, akademik yutuqlar, o‘qishdan tashqari faoliyatlar va shuning ortidan keluvchi tajriba vositasida tanlangan ta’lim yo‘nalishiga ishtiyoqni namoyon etish saralab olishning muhim mezonlari bo‘lib xizmat qiladi.
so‘nggi muddat : 1-dekabr
sayt: simmons.edu/undergraduate
Germaniyada ta’lim stipendiyasi
Germaniya akademik almashinuv xizmati (DAAD) tomonidan amalga oshiriladigan Gelmut Shmidt dasturi rivojlanayotgan davlatda samarali boshqaruv hamda fuqarolik jamiyati tuzilmasini qo‘llab-quvvatlovchi magistrlik stipendiyasini taklif etadi.
U rivojlanayotgan davlatlardagi ijtimoiy va siyosiy fanlar, huquq, davlat siyosati va ma’muriyati sohalarida a’lo akademik natijalarga erishgan bakalavriat bitiruvchilariga mo‘ljallangan.
Stipendiya 2025-yilning sentabr/oktabr oylaridan boshlab, nemis oliygohlarida tanlangan DAAD magistrlik dasturlari xarajatlarini qoplaydi. Stipendiatlar oylik ko‘mak, tibbiy sug‘urta, yo‘l haqi, tadqiqot grantlari, ijara subsidiyalari va oilaviy ustamalar oladilar. O‘qish boshlanishidan avval 4 oygacha majburiy til kurslarini o‘tash belgilangan.
so‘nggi muddat: 31-iyul
sayt: daad.de
Yaponiyada OIST stajirovkalari
The OIST Graduate School (OIST) talabalarga fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) sohalarida tadqiqot stajirovkalarini o‘tash imkoniyatini taklif etadi. Stajirovka dasturi talabalarga ilg‘or tadqiqot laboratoriyalarida qimmatli ish tajribasini orttirish va tajribali professorlar rahbarligida maxsus metodlar va texnikalarni o‘rganish imkoniyatini berish uchun mo‘ljallangan.
Tajriba orttirish davomiyligi 2 oydan 6 oygacha. Stajyorlar institutning yetakchi olimlari bilan yelkama yelka ishlagan holda OIST’ning ilmiy tadqiqotlariga bevosita hissa qo‘shadilar.
Qabul kampaniyasi yil davomida ikkita ariza topshirish davriga bo‘lingan. Omadli nomzodlar har kunlik stipendiya, Okinavaga borib-kelish uchun yo‘l haqi, shu kampus hududida va undan uzoq bo‘lmagan joydan uy-joy bilan ta’minlash, shuningdek instituti avtobuslariga bepul yo‘lkirani o‘z ichiga olgan himmatli moliyaviy ko‘makka ega bo‘lishadi.
sayt: admissions.oist.jp
Italiyada o‘qish uchun DSU stipendiyasi
Stipendiya talabalarga bepul yashash, ovqatlanish, moliyaviy yordam va o‘qish mobaynidagi yig‘imlardan ozod qilish bilan ta’minlaydi. Dastur Piza universiteti (University of Pisa)ga o‘qishga kirishni rejalashtirayotgan yoki allaqachon o‘qiyotgan talabalar uchun ochiq.
so‘nggi muddat: 6-sentabr
sayt: unipi.it
Avstraliyada o‘qish uchun stipendiya
Bond universitetining Transformer Scholarshipi barcha davlat talabalari uchun ochiq va bakalavr va magistratura darajalari uchun mo‘ljallangan. Yetakchi mustaqil universitet sifatida Avstraliyaning ilk notijoriy universiteti Bond universiteti talabalik tajribasi uchun ko‘plab 5-yulduzli baholarga sazovor bo‘lgan.
Ta’lim bu yerda nomzodlarga ta’lim va ko‘nikmalarning o‘sishiga imkoniyat yaratib bergan holda ularni o‘z sohalarida yetakchiga aylantiradigan atoqli talabalik tajribasi hamda xususiyatlarni oshirishga imkon beradi. Mazkur stipenidya doirasida deyarli barcha akademik sohalar va mutaxassisliklar mavjud, shu bilan birga stipendiya bakalavriat yoki magistraturaning istalgan alohida dasturi bo‘yicha 50% gacha chegirma bilan ta’minlaydi.
so‘nggi muddat: 29-avgust
sayt: bond.edu.au/entry-to-bond/scholarships
Islandiyada o‘qish uchun stipendiya
Islandiya madaniyat vazirligi xorijiy talabalarga Reykyavik universitetida gumanitar fanlar fanlar yo‘nalishida o‘qish dasturi bo‘yicha stipendiya taqdim etadi. Stipendiya o‘qish, yashash va ro‘yxatdan o‘tish badallarini o‘z ichiga oladi. Ishtirok etish uchun CV, ikkita tavsiyanoma, baholar transkripti, shahodatnoma nusxasi va ingliz tilini bilish tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish zarur.
so‘nggi muddat: 1-dekabr
sayt: arnastofnun.is/en/about-scholarship