2024-yilning eng ko‘p kutilayotgan inglizcha albomlari: Green Day, Asher, Jastin Timberleyk va boshqa yulduzlarning qaytishi
Green Day — Saviors
Green Day’ning haligacha barcha davrlarning eng ko‘p sotiladigan pank-albomi bo‘lib kelayotgan “Dookie” bilan butun avlodni ostin-ustun qilib yuborganiga ham 30 yil to‘libdi. Rok-n-roll sharafi zali ularning 14-studiyali albomini “xom va emotsional, ajib va xavotirli. Bu ma’lum darajada og‘riq ustidan kuluvchi va baxtdan yig‘lovchi musiqa” deya ta’riflaydi. Yangi plastinka “Dookie” va “American Idiot”ga prodyuserlik qilgan Rob Kovallo bilan trioni birlashtiradi va ularni “The American Dream Is Killing Me” singlida siyosiy dialogga qaytaradi.
Lenni Kravits — Blue Electric Light
2020-yilning mart oyida Lenni Kravits dam olish uchun turining bosqichlari o‘rtasida tezda quvvatga to‘lib olish uchun yetarlicha kiyim olib o‘zining Bagam orollaridagi uyida paydo bo‘ladi. Oqibatda u keyingi ikki yarim yil shu yerda qolib ketadi. U o‘zining ulg‘aygandagi hayotining eng uzoq vaqtini bir joyda o‘tkazganida musiqa daryo bo‘lib oqdi, natijada esa quvnoq, ba’zida miyani porlatib yuboruvchi elektrofank-albom “Blue Electric Light” bo‘lib qoldi.
The Smile — Wall of Eyes
Tom York, Jonni Grinvud va Tom Skiner The Smile ning ikkinchi davrini – jahannam madhiyasiga aylangan orkestr va ibtidoiy impulslar mujassamlashgan aql bovar qilmas ballada bo‘lmish “Bending Hectic” bilan chiqardi. Bu singl Radiohead guruhidagi avvalgi yillarda Grinvud va York kamdan kam foydalangan o‘zining xom prodyuserlik ishi va ovozdagi ekstremizmi bilan qahrli tadqiqot yondashuviga ishora qilgandi. Bir necha oy o‘tib chiqarilgan bosh trek ancha bo‘g‘iq akustik ijod namunasi edi, biroq uning maftunkor aranjirovkasi Grinvud, ehtimol, qachonlardir bo‘lganidan ko‘ra hozir o‘z iste’dodidan ancha yaxshi foydalanib qolgan, degan fikrga olib keladi – bastakor va gitarachi muxlislari uchun favqulodda ko‘rkam istiqbol.
Asher — Coming Home
Karyerasining o‘ttiz yilligi o‘tgach, Asher yilning eng yirik musiqiy voqealaridan biri – Superbouldagi tanaffus vaqtidagi shouda xedlaynerga aylandi. O‘sha kuni u tadbirda chiqish qilgan kuni uning 2016-yildan beri ilk yakkaxon albomi dunyo yuzini ko‘radi. Musiqachi “Coming Home” (“Uyga qaytish”) albomida u ilgari o‘zining eng ko‘p sotilgan palstinkalari ustida ishlagan odamlar ishtirok etishini va’da qilgandi.
Dua Lipa
“Future Nostalgia” Dua Lipani jahon yulduziga aylantirganidan beri oradan to‘rt yil o‘tibdi. Keyin bu albomdan birin-ketin Elton Jon bilan kuylangan “Cold Heart” dueti va o‘tgan yilgi “Barbi” filmidagi xit qo‘shiq “Dance the Night” taqdim etildi. U oldinda turgan “Houdini” uchinchi singl-albomi chiqishini e’lon qildi, chunki qo‘shiq, uning so‘zlariga ko‘ra, “davomiy ravishda hikoyalar seriyasidagi birinchisidir”. Singlga Tame Impala dan chiqqan Kevin Parker prodyuserlik qilgan. “Bu albomdagi ko‘pgina qo‘shiqlar mutlaq xaosning o‘sha shodon lahzalarida yozilgan, – deydi Lipa, – va xotima qanday bo‘lmasin, mening dunyo bo‘ylab yengillik va optimizm bilan harakatlanganim haqidadir”.
Billi Aylish
2021-yildagi “Happier Than Ever” albomidan so‘ng, Aylish va uning akasi va ijodiy sherigi Finneas o‘zlarini boshi berk ko‘chada qolgandek his qilishdi –ularga “Barbi” uchun qo‘shiq yozishni buyurtma qilmagunlariga qadar. “Oltin globus”ga sazovor bo‘lgan trek, ayonki, ularning mahsuldorligini ko‘tarib berdi. “Butun boshli musiqa albomi tayyorlanyapti, – dedi Aylish sentabr oyida. – Biz uni yakunlash bosqichida turibmiz. Bu uning erta-indin chiqadi degani emas, biroq yakun yaqin, bu juda ham hayajonli.”
Ariana Grande — Eternal Sunshine
Ariana Grande 2020-yilda so‘nggi “Positions” nomli albomini chiqarganidan beri “Wicked” ni suratga olish ishlari bilan band edi, biroq 2023-yilning oxirida u nihoyat o‘zining ijodga qaytganini e’lon qildi. Relizda tizer postlarda ko‘zga tashlangan avvalgi hammualliflar Maks Martin hamda Ilya Salmanzadelar bilan birgalikda yozilgan qo‘shiqlar bo‘lishi mumkin. Yanvar oyida Grande yangi albomning ilk singli bo‘lishi kerak bo‘lgan “Yes, And?” ni e’lon qildi. Dekabrda o‘zining Instagram postida yulduz 2023-yil eng burilishlarga boy, eng qiyin va shu bilan birga, artistning Wicked filmidagi hamkasbi Itan Sleyter bilan munosabatlariga shama qilgan holda, hayotining baxtli va o‘zgacha pallasi bo‘lganini aytib o‘tgandi. Bu musiqada ta’sirini o‘tkazadimi, yo‘qmi, hozircha noma’lum.
Jennifer Lopez — This Is Me… Now
Jennifer Lopezning yangi studiya albomi “This Is Me…Now” “A.K.A” dan taxminan 10 yil va “This Is Me… Then” dan 20 yildan ortiq vaqt o‘tgach chiqmoqda. Albomga 2002-yildagi Lopezning eri Ben Afflekka bag‘ishlab kuylangan qo‘shig‘i “Dear Ben” ning davomi ham kiritilgan.
Rianna
Aslida biz Rianna yangi albomini qachon chiqarishini aniq bilmaymiz. U bir necha bor uning ustida ishlayotganini aytgan, biz unga ishonsak-da, anchadan beri kutyapmiz. “Ochig‘ini aytganda, agar bu yil chiqmaydigan bo‘lsa, kulgili ish bo‘lardi”, – dedi u 2023-yil boshida Superboulda shou xedlayneri bo‘lganidan so‘ng bergan intervyusida. O‘sha maqolada aytilishicha, unda ko‘p yillik qo‘shiqlar to‘planib qolganligi aytilgandi. Agar u albomni chiqarsa, u aniq yilning eng shov-shuvli relizlaridan biriga aylanadi.
Kardi Bi
Bronksdan chiqqan reper qiz 2018-yilda unga eng yaxshi rep-albom uchun “Gremmi” mukofotini olib kelgan o‘zining debyut studiya albomi “Invasion of Privacy” bilan dunyo yuzini ko‘rdi. Artist bu toifa bo‘yicha ilk yakkaxon ijrochi sifatida tarixga kirdi (o‘zining The Fugees bilan ishidan so‘ng bu nominatsiyada “Gremmi” olgan birinchi ayol Lorin Xill edi). Biroz tanaffusdan so‘ng Kardi Bi qaytib, besh yil ichida birinchi albomini chiqarmoqchi bo‘ldi va hatto Megan Thee Stallionning ko‘magida “Bongos” bosh singlini ham chiqardi.
Jastin Timberleyk — Everything I Thought It Was
Jastin Timberleyk o‘zining eng yaxshi flanel ko‘ylagini kiyib, “Man of the Woods” nomli beshta albomi bilan o‘rmonga otlanganiga ham olti yo‘l bo‘ldi. Superboul- 2024 dagi taniqli chiqishidan yillar o‘tgach, omma intiqomi bilan yuzlashdi va nihoyat, shov-shuvni bostirishga kuchi yetmagach, 2021-yilda sobiq sevgilisi Britni Spirs undan uzr so‘raganidek, u ham undan uzr so‘radi: “Bilaman, omadsizlikni boshimdan o‘tkazdim, va boshqalar boshidan kechirayotgan muvaffaqiyatsizligidan foydalanib qolishni ortiq istamayman”. Qisqasini aytganda, hamma, ehtimol, uning eski hamkasbi Timbalend o‘tgan yili Jastinning yaqinlashib kelayotgan albomi haqida unchalik iliq fikrlar bildirmaganiga qaramay, JT ning qaytishi uchun qulay fursat kutayotgan bo‘lishi mumkin.
Frenk Oushen
Bu yerda yagona mos sharh, ehtimol, ROFL emojisi bo‘lgan bo‘lardi, chunki Oushen mustaqil san’at turini noyob narsaga aylantirdi. U 2016-yildan buyon albom va 2020-yildan beri rasmiy singl chiqarmay kelayotgan edi. Oxirgi paytlarda ham yangi tarona paydo bo‘lishi alomatlari yo‘q edi. O‘tgan oyning oxirida esa kimdir chaqqonlik qilib aftidan uning yangialbomidan joy olishi kerak bo‘lgan bir nechta qo‘shiqlarini tarmoqqa tarqatib yuboribdi. Hozirgacha bu qaysi qo‘shiqlar ekanligi ma’lum emas, rasmiy relizlarni kutib qolamiz.
Idles — Tangk
“Crawler” albomi uchun 2021-yilda “Gremmi”ga nomzodi qo‘yilganidan keyin Idles qayoqqa yo‘qolib qoldi? Guruh bir nechta taniqli va ehtoimol, kutilmagan prodyuserlar Nayjel Godrich (Radiohead ning bosh prodyuseri) va Kenni Bits (xizmat ro‘yxatida yaqinda Vins Steypls va Dinzel Karri bilan olib borgan ishlari bo‘lgan hip-hop rejissyori) lar bilan kollaboratsiya qilgan holda “Tangk” plastinkasini yozishgandi. LCD Soundsystem guruhidan Jeyms Myorfi va Nensi Vang bosh singl “Dancer” uchun vokal yozishgandi. Jo Telbot “bu qo‘shiqlarning barchasi sevgi haqida” deb aytgandi. Shubha ham qilmagandik.
FKA Twigs
Oktabrda tarmoqda artistning 85 ta qo‘shig‘i va demoyozuvlari tarqaldi. “Barakalla. Bir muddat hech qanday yangi musiqasiz”, – deb yozgandi u instagramda taqiqlangan aksiyadan keyin. “Killer” singli bir chetda tura tursin, u 2022-yilda “Caprisongs” ning miksteypi chiqqan ondan boshlab u rasmiy tarzda hazillashgan qo‘shiqlariga nima bo‘ladi? Bir nima deyish qiyin. Bir nechta treklar Valentinoning Parij moda haftaligidagi namoyishi paytida sizib chiqishidan bir muncha vaqt oldin taqdim etilgan. Ular u “Caprisongs” da ufurib turgan raqs sezgirligini ilgariroq nom qozongan barokkocha notalar bilan uyg‘unlashtirganga o‘xshaydi. Ammo bu FKA Twigs, shunday ekan, albomni chiqarishdan oldin yana olti marta chapga yoki o‘ngga keskin chap berib qolsa ham, hech kim ajablanmaydi.