Mayk Tayson yana ringda: poytaxtda Butunjahon Boks Ittifoqining 60 yilligi nishonlandi.
12-17-noyabr kunlari poytaxtda professional boksdagi eng nufuzli tashkilotlardan biri bo‘lgan WBC (Butunjahon Boks Ittifoqi) ning 61-konvensiyasi bo‘lib o‘tdi. Shu kunlarda bir vaqtning o‘zida birinchi marta boks yulduzlari: Mayk Tayson, Evander Xolifild, Xulio Sesar Chaves, Kostya Szyu, Amir Xon, Aleksandr Usik Toshkentda bo‘lishdi. Biz ushbu keng ko‘lamda bo‘lib o‘tgan tadbirning eng taassurotga boy daqiqalari haqida gaplashamiz.
Ochilish marosimi
Mamlakatimizda bunday tadbir (boring-ki, butun Markaziy Osiyoda) birinchi marta o‘tkazilmoqda. Unda dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlaridan delegatlar ishtirok etdi. Ular orasida WBC prezidenti Maurisio Sulaymon, O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, mamlakatning boks federatsiyasi raisi Ochilboy Ramatov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov va boshqalar bor.
Rasmiy ochilish marosimi poytaxtdagi Hilton mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi. Ochilboy Ramatov va Maurisio Sulaymon prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizda sportni rivojlantirishga katta e’tibor qaratayotgani va o‘zbek bokschilarining xalqaro maydondagi yuksak yutuqlarini olqishladi. Bundan tashqari, WBC rahbari O‘zbekistonning ushbu yirik sport musobaqasiga yuqori tayyorgarlik ko‘rganini ta’kidladi.
Tashkilot nomidan Sulaymon Ochilboy Ramatovga ko‘p yillik hamkorlik va keng ko‘lamli tadbirni kerakli darajada tashkil etishda yordam bergani uchun maxsus mukofotlar topshirdi.
Bundan tashqari, O‘zbek boksining Bahodir Jalolov, Hasanboy Do‘smatov, Bektemir Meliqo‘ziyev, Shahobiddin Zoirov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Abdumalik Xaloqov, Mujibillo Tursunov va Miraziz Mirzaxalilov kabi yulduzlari maxsus esdalik medallari bilan taqdirlandilar.
WBC ning 60 yilligi
Dasturni 17-noyabr kuni Humo Arena sport kompleksida bo‘lib o‘tgan katta boks kechasi yakun yasadi. Ushbu tadbir arafasida Hilton mehmonxonasida matbuot anjumani o‘tkazildi, unda WBC vakillari o‘zbek boksining afsonalari Rufat Risqiyev va Muhammadqodir Abdullayevga esdalik sovg‘alarini topshirdilar. Boks oqshomida sportchilarimiz ajoyib mahorat ko‘rsatdilar. 57,1 kilogrammgacha bo‘lgan toifada Abdumalik Xoliqov o‘zining birinchi professional jangini o‘tkazdi.
Ikkinchi raundda Abdumalik ukrainalik Aleksandr Yegorov ustidan nokaut bilan g‘alaba qozondi. Yarim o‘rta toifada Qudratillo Abduqahhorov ikkinchi uch daqiqada tanzaniyalik raqibi Maono Allini nokaut qildi. Abduqahhorov uchun bu g‘alaba professional ringdagi karyerasidagi 19-g‘alaba bo‘ldi. Miraziz Mirzaxalilov hakamlarning bir ovozdan bergan qarori bilan xitoylik Кunki Jouni mag‘lub etdi. Aytgancha, Mirazizbek allaqachon to‘rtta professional jang o‘tkazgan va bir marta ham mag‘lubiyatga uchramagan. Shuningdek, mamlakatimizning ikki vakili — Anvar Turopov va Suhrob Qayumov WBC Central Asia kamari uchun kurashdilar.
Jang ikkinchi raunndan so‘ng yakunlandi: Turopov jangni boshqa davom ettira olmasligini ma’lum qildi. Boshqa yakkama yakka olishuvda Mujibillo Tursunov va xitoylik Yangcheng Jin uchrashdi. Jang belgilangan sakkiz raundning oxirigacha davom etdi. Ochkolar bo‘yicha Tursunov g‘alabani qo‘lga kiritdi. Yakunlovchi uchrashuvda Bahodir Jalolov hamda JAR dan Kris Tompson kurash olib bordilar. Jang birinchi raunddayoq o‘z nihoyasiga yetdi: Jalolov raqibini nokaut qilib, professional karyerasidagi 14-g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ushbu oqshomning ko ‘zga ko ‘ringan voqealardan – jahon boksining ikki afsonasi – Mayk Tayson va Evander Xolifildning ringga chiqishi bo‘ldi. To‘g‘ri, bu safar hammasi tinchlik bilan yakun topdi. Olimpiya kengashining vitse-prezidenti Otabek Umarov Mayk Taysonga WBC ning faxriy kamarini topshirdi. Ta’kidlab o‘tamiz, bunday mukofot bilan faqat tarixiy jangda g‘alaba qozongani uchun elita bokschilar taqdirlanishadi. Temir Maykda esa bunaqasidan kam emas.