Skip to main content

Havaskorlar o‘rtasida aralash yakkakurashlar (MMA) bo‘yicha jahon chempionati bu yil O‘zbekiston poytaxtida o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi. Musobaqada 18-20 yosh va 21 yoshdan kattalar toifasida 70 dan ortiq davlat sportchilari ishtirok etadi. Tadbir oktabr oyining oxiri – noyabr oyining boshlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Havaskorlar o‘rtasida aralash jang san’ati bo‘yicha jahon chempionatlari 2014-yildan beri har yili o‘tkazib kelinmoqda. Xalqaro IMMAF federatsiyasi rahbarligida o‘tkaziladigan musobaqalar Toshkentda birinchi marta bo‘lib o‘tadi.