Skip to main content

Futurolog Kevin Kelli bizni kelajakda nimalar kutayotgan haqida bir nechta kitob yozgan (rus tilida faqat bittasi – “Muqarrar. Kelajagimizni belgilab beruvchi 12ta texnologik trendlar”). Shu bilan birga, o‘zining yettinchi o‘n yilligida katta bolalari uchun maslahat tuzishni odat qildi, ulardan butun bir kitob hosil bo‘ldi. Ulardan bir nechtasini quyida keltirib o‘tamiz. 

“Raqamli avliyo” Kevin Kellidan 20 ta qimmatli maslahat, 7men.uz

“Raqamli avliyo” Kevin Kellidan 20 ta qimmatli maslahat, 7men.uz

  1. Kunda hech bo‘lmaganda bir marotaba “Bilmayman” deng; bu sizni o‘stiradi.
  2. Hayotdan maqsadingiz nima ekanligini hal qilishga urinishni unuting. Undan ko‘ra yaqin ikki yil ichida nima bilan shug‘ullanishni hal qiling.
  3.  Ota-onangizdan hali ular tirikligida intervyu oling. G‘aroyib narsalarni bilib olasiz.
  4. Agar sizga kimdir kechikyapman, deb yozsa, u aytayotgan vaqtni ikkiga ko‘paytiring. Agar besh daqiqada boraman deyishayotgan bo‘lsa, o‘n daqiqalik mo‘ljal oling; agar o‘n daqiqada deyishsa, unda yigirma daqiqaga.
  5. Muhim narsalar haqida fikrni o‘zgartirish – bu ahmoqlik oqibati emas, balki aqldan dalolatdir. 
  6. Muhim narsa kamdan kam shoshilinch bo‘ladi, shoshilinch narsa kamdan kam muhim bo‘ladi. 
  7. Agar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan yoki ishga ko‘milgan bo‘lsangiz, loyihangizni olg‘a siljitadigan eng mayda narsaga e’tiboringizni qarating. 
  8. “Keyin-chi?” degan birgina so‘zni hisobga olgan holda tanlov qilsangiz, qarorlaringiz yanada oqillashadi. 
  9. Eng keng tarqalgan xato – mutlaqo ahamiyatsiz bo‘lgan narsani qoyilmaqom tarzda ado etish. 
  10. Agar sizning yashashingizga sabab bo‘la oladigan yaxshi “nega” bo‘lsa, hech qanaqa “qanday qilib” sizni to‘xtata olmaydi. 
  11. O‘zingiz sarmoya kiritmaydigan kompaniyada ishlamang. Chunki siz ishlab, o‘zingizda bor eng qadrli narsani – o‘z vaqtingizni tikasiz. 
  12. Xatoni qilish uchun ko‘p vaqt sarflaganingiz uchungina unga yopishib olmang. 
  13. Qorningiz ochgan, jahlingiz chiqqan yoki shunchaki charchagan vaqtingizda muhim qarorlar qabul qilmang. Shunchaki o‘zingizga “To‘xta” deng. 
  14. Zo‘r berib ishlagandan ko‘ra o‘zgacha tarzda ishlash ancha samaraliroq.
  15. Agar sizda g‘oya bo‘lmasa, aylanishga chiqing. Yaxshi sayr ongni tozalaydi, so‘ng uni yangi g‘oyalar bilan to‘ldiradi.
  16. Boshlamaguningizcha tugata olmaysiz, shuning uchun yaxshi boshlashni o‘rganing.
  17. Agar kimningdir ishi sizda yaxshi taassurot qoldirgan bo‘lsa, bu haqda o‘sha odamga ayting, yanayam yaxshisi – u odamning rahbariga.
  18. Agar siz haq bo‘lsangiz, hech narsani o‘rganmaysiz.
  19. Xafa bo‘lmasdan tuzata biling. 
  20. O‘n yilga reja tuzing, har kuni harakat qiling.