Skip to main content

Tarix va uslub bir kadrda uyg‘unlashgan betakror vizual sayohatga sho‘ng‘ing. “Takrorlanmas lahza” fotosessiyasi Toshkentning boy madaniy merosidan ilhomlanib yaratilgan bo‘lib, Sharq va G‘arb estetikasining o’zaro to’qnashuvini namoyon etadi.

Mashhur o‘zbek rassomi A.A. Abdullayev tomonidan yaratilgan Toshkent teleminorasi foyesidagi ajoyib mozaika pannosi fonida, Italiyaning New Millennium Concept Store brendlarining nafis liboslari 70-80-yillar ruhini qayta jonlantiradi. Klassika va zamonaviylik, vazminlik va jasurlik- bularning barchasi har bir detalda o‘z aksini topgan.

Bu yerdagi har bir kadr shunchaki tasvir emas, balki madaniyatlar aro ma’nolarga boy muloqotdir. Zamonaviy siluetlar va sokin ranglar pannoning ulug‘vor ranglari bilan mukammal uyg‘unlashib, modani madaniy kontekstning ajralmas qismiga aylantiruvchi bir simfoniya yaratadi. Ushbu sayohat avlodlar va uslublarni birlashtiradi, italiyalik dizaynerlar mahorati va o‘zbek an’analarining boyligini namoyon etadi.

1980-yillarda o‘zbek rassomi A.A. Abdullayev tomonidan yaratilgan mozaika pannosi Uyg‘onish davriga xos bo‘lgan Florensiya mozaikasi uslubida yarim qimmatbaho toshlardan ishlangan. U yorqin ranglar va murakkab naqshlarni uyg‘unlashtirib, o‘zbek madaniyatining boyligini aks ettiradi hamda Sharq va G‘arb san’ati belgilarini uyg‘unlashtiradi. Panno nafaqat maskanning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shuvchi bezak, balki Toshkentning madaniy o‘ziga xosligining ramziga ham aylangan.

Takrorlanmas lahza: New Millennium’dan madaniyatlar uyg‘unlashuvi, 7men.uz

100% yungdan tayyorlangan Barba’ning zamonaviy to‘q qizil pidjagi salqin kunlar uchun ajoyib tanlovdir. 100% paxtadan tikilgan Barba trikotaj ko‘ylagi bilan birgalikda tashqi ko‘rinish yanada ko‘rkamlashadi. Yorqin chiziqli Berwich to‘q qizil shimlari ishonchli, lekin erkin siluetni yaratadi, va Fratelli Rossetti’ning nafis to‘q qizil-ko‘k oksfordlari obrazga o‘zgacha chiroy qo’shib, uni yakunlaydi.

Klassik “g‘oz panjasi” naqshli Barba yungli pidjagi xuddi shu brendning issiq yungli svitri bilan mukammal uyg‘unlashib, qulaylik va uslubni hadya etadi. 100% yungdan tikilgan burmali Berwich shimlari ko‘rinishga xushbichim jiddiylik bag‘ishlaydi. Bally’ning katta loferlar zamonaviylik bag‘ishlaydi, Gucci GG1104S 002 ko‘zoynagi esa nafislik va  o‘ziga ishonchga urg‘u berib, ansamblni yakunlaydi.

Takrorlanmas lahza: New Millennium’dan madaniyatlar uyg‘unlashuvi, 7men.uz

100% yungli bashang Tambolini paltosi ipak astarli Caruso kashmir pidjagi bilan mukammal tarzda uyg‘unlashadi. Kashmir va ipakli Colombo mockneck ko‘ylagi yumshoqlik qo‘shsa, 100% yungdan yaratilgan Bertolo shimlari tana siluetiga urg‘u beradi. Barrett tomonidan ishlab chiqarilgan Double Monk bejirim qizg‘ish-qo‘ng‘ir tuflilar bu obrazni mukammal yakunlaydi.

Takrorlanmas lahza: New Millennium’dan madaniyatlar uyg‘unlashuvi, 7men.uz

Loro Piana matosidan ishlangan och sarg‘ish rangli Barba yungli paltosi Tambolini yungli pidjagi bilan ideal ravishda uyg‘unlashadi. Baza sifatida kiyiladigan Barba kulrang vodolazkasi ko‘rinishni boyitib, unga soddalik baxsh etadi. Berwich yung shimlari va Blue Barrett jigarrang chelsi poyabzali o‘ziga xos uslub va nafis ko‘rinishni yakunlaydi.

Tombolini yungli paltosi Herno to‘qima jileti bilan birgalikda qulay va ko‘p qatlamli ko‘rinishni hosil qiladi. Barba vodolazka va klassik yung Berwich shimlari jiddiy uslubni ta’kidlasa, Barrett donador buzoq terisidan tayyorlangan poyabzal va Pasotti hassasi esa aristokratik ko‘rinish beradi. Chopard VCH328 0703 ko‘zoynak ko‘rinishni nafis detal bilan yakunlaydi.

Takrorlanmas lahza: New Millennium’dan madaniyatlar uyg‘unlashuvi, 7men.uz

Yungli Giampaolo kostyumi nafis kundalik ko‘rinish uchun mukammal tanlovdir. Sonrisa’ning yumshoq paxtali ko‘ylagi qulaylik va yengillik baxsh etadi, Bontoni’ning qo‘lda ishlangan poyabzali esa bu uyg‘unlikni mukammal tarzda yakunlaydi. Pasotti’ning bejirim hassasi esa ko‘rinishga alohida joziba va nazokatni baxsh etadi.

Takrorlanmas lahza: New Millennium’dan madaniyatlar uyg‘unlashuvi, 7men.uz

Donador buzoq terisidan tikilgan Castello d’Ora kurtkasi tasvirga ma’noli faktura va uslub bag‘ishlaydi. Colombo kashmirli nimchasi va Barba 100% yungli vodolazkasi kuzgi ob-havo uchun ideal bo‘lgan qulaylik va iliqlikni yaratadi. 100% paxtadan tayyorlangan Marco Pescarolo chinoslar ko‘rinishga erkinlik taqdim etadi, Blue Barrett brendining mashhur chelsi poyabzallari esa ansamblni yakunlaydi. Phillip Plein SPP009 0H70 ko‘zoynaklari o‘ziga ishonch va nafosatdan dalolat beradi.

 

Kolleksiyalar: New Millennium Concept Store

Fotograf: Darya Jdanova

Stilist:Viktoriya Alekseyeva

Modellar: Оtabek Ergashev, Аsadbek Hudoyqulov

 

Reklama huquqlari asosida.