Skip to main content

“Emmi” mukofot topshirish marosimida eng yaxshi erkaklar kostyumini tanlaymiz

Barcha smoking va kostyumlar bir xildek tuyuladi: latskanning balandligi va turi, boy to‘q ranglarning yirik diapazoni (oq rang ehtimolligini ham yoddan chiqarmaymiz), uzunligi, material va albatta, qo‘shimcha aksessuarlar (masalan, to‘g‘nag‘ich) – bu yerda tanlov krossovkalar do‘koninikidan kamroq. Misol tariqasida biz yanvar oyida bo‘lib o‘tgan “Emmi” marosimidagi erkaklar suratlarini jamladik. Javonning ushbu anchayin ulug‘vor buyumi qanchalik xilma-xil bo‘lishi mumkinligiga nazar soling.

Sahnaga!, 7men.uz

Sahnaga!, 7men.uz

Sahnaga!, 7men.uz

  1. Aktyor Jeyson Sudeykis. Ajralib turishdan qo‘rqmang! 2. Ssenarist Li Son Jin yelkasi bilan suyanishga tayyor turibdi  3. Aktyor Entoni Kerrigan. Studiyaga sutchini taklif etamiz! 4.“To‘lin oy qotillari” yulduzi Tatanka Mins. Yashil? Chiyduxoba? Olamiz! 5. Komik Brett Goldstin. Тotally black  6. Prodyuser Genri Uinkler. Ushlab ko‘rging keladi. 7.  Aktyor Sem Richardson matolar bilan o‘yin ko‘rsatmoqda. 8. Aktyor Tom Hiddlston. Kulrangning 50 xil tusi 9. Musiqachi Donald Glover tikilgan smoking va “opera” uslubidagi qayiqcha-tuflida. So‘zsiz g‘olibimiz! 10. Komik Joel Kim Buster malla-shokoladrang smokingda 11. Aktyor Kolman Domingo. Hamma gap – aksessuarda.  12. Prodyuser Jeffri V. Byord qora baxmalda  13. Aktyor Gideon Glik. Laksanlar o‘yini va shim uzunligi jilvasiga boqing!  14. Aktyor Yang Mazino. Ba’zida ko‘ylaksiz ham amallasa bo‘ladi. 15. Shefning xuddi o‘zi! Aktyor Jeremi Allen Uayt familiyasiga mos – oq rangda. 16. Aktyor Fil Danster. “Keng pochalarimdan chiqaryapman…”