Chelsi, botinkalar va etiklar: joriy qish uchun zamsh va nubukdan ishlangan poyabzalning 10 mukammal varianti
Avvaldan ogohlantiramiz: zamsh va nubukdan tayyorlangan modellar ancha injiq hisoblanadi. Ko‘chaga chiqishdan oldin bunday poyabzalga maxsus parvarishlovchi – hech bo‘lmaganda suvni itaruvchi vosita bilan ishlov berilishi kerak. Biroq, bunday g‘amxo‘rlik albatta munosib taqdirlanadi: zamsh va nubukdan ishlangan poyabzal umumiy fonda doim ajralib turadi.

Brioni

Brunello Cucinelli

Common Projects

Louis Vuitton

Officine Creative

Paul Smith

Saint Lauren

Saint Lauren

Salvatore Ferragamo

Salvatore Ferragamo

Tom Ford

Tricker’s
Qizig‘i, so‘nggi paytda dizaynerlar bu materiallardan faqat bayramona ko‘rinishni emas (Paul Smith yoki Saint Laurent mukammal qora chelsilari kabi), balki kundalik yoki, hattoki, yarim sportbop shakllarni (bu borada Brioni tog‘ botinkalari juda qulay) ham yaratmoqda. Nimani kiyishni o‘zingiz hal qiling – hayriyatki, tanlov ko‘lami ancha keng: siz uchun eng qiziq modellar tanlovini tayyorladik.