Skip to main content

Yaqinda issiq kiyimlarni tashlab, yengilroqlariga o‘tish vaqti keladi. 2024- yilning bahor-yoz mavsumining asosiy trendlarini e’tiboringizga havola etamiz.

Garderobimizga duch kelgan urfdagi tendensiyani kiritmasak ham, dizaynerlar hozir nima kiyishni maslahat berayotgani baribir qiziq. Shu haqida so‘z yuritamiz!

Baliqchi baliqchini “qorong‘uda topadi”

Modani ko‘pincha kundalik hayot uchun mutlaqo nobop va noqulay uchun tanqid qilishadi. Ehtimol, bu gapda jon bordir, lekin qisman. Dizaynerlar ham odam va ularga insonlarga xos narsalar begona emas. Masalan, baliq oviga borish. Ushbu mavsumda podiumda moda tanqidchilari… baliqchilarniki deb o‘ylayotgan bir nechta kiyimlarni ko‘rish mumkin bo‘ldi. Ko‘pgina va hatto suv o‘tkazmaydigan matolardan tikilgan cho‘ntaklar, to‘g‘ri andazali qulay jinsi shimlar – baliq ovi uchun bundan-da yana nima ko‘proq mos kelishi mumkin? Podium uchun ham.

Ob-havoga qarab kiyinamiz, 7men.uz

Mayka – o‘z-o‘zini to‘ldiruvchi buyum

Yoki siz ergashmoqchi bo‘lgan yanada qulayroq tendensiya. Maykalar, boringki, har bir erkak javonida bor. Odatda, hatto yozda ham ularni ko‘ylak yoki keng futbolka tagidan kiyish odat bo‘lib qolgan. Bu mavsumda dizaynerlar javondagi mazkur buyumni qadr-qimmatiga yarasha, ya’ni mutlaqo mustaqil “jangovar birlik” sifatida baholashga chaqiradilar. Maykani shimingiz ichiga tiqib — yoki sport uslubidagi kalta shimlar kiying – juda qulay! Asosiysi, quyoshda kuyib ketmaslik uchun quyoshdan himoyalovchi krem olishni unutmaslik lozim. Keyin o‘zingizni tartibga solish uchun zalga boring.

Ob-havoga qarab kiyinamiz, 7men.uz

Aristokrat javonidagi bluzkalar

Bu trend, albatta, endi unchalik ham amalda emas, lekin ko‘zga yoqimli. Har qanday muhim oqsuyaklar tadbiriga kirish uchun odatiy ko‘ylakni endi bluzkaga almashtirish mumkin. Bu so‘zdan qo‘rqmang! Ustiga ustak, bluzka bir vaqtlar erkaklar garderobidagi buyum bo‘lgan. Mana endi dizaynerlar ham bir necha asrlar oldin yevropalik aristokratlar ularni kiyishni xush ko‘rganlarini eslab qolishdi. Hammasidan ham, albatta, ipakdan tayyorlangan variantlar yaxshiroq, bu xarakterlidir, bunday javon elementini nafaqat “aristokratcha” kiyimlar bilan uyg‘unlashtirish mumkin. Masalan, Giorgio Armani da bo‘lgani kabi, bluzkani keng shim va zamsh poyabzal bilan mukammallashtiring.

Ob-havoga qarab kiyinamiz, 7men.uz

Gangstercha ikki bortli pidjak

Yana bir uncha uzoq bo‘lmagan o‘tmish trendi, xuddi bluzkalardagi holat. Xuddi otalar – hatto bobolar jomadonidan – modelyerlar ikki bortli pidjakni olishni maslahat berishmoqda. Eng jiddiy variant Ferrogamo da tavsiya etilmoqda – bunaqasi muhim muzokaralar uchun mos keladi. Eng qulay va italyancha uslubdagilarini Brunello Cucinelli kolleksiyasida ko‘rish mumkin. Eng xushbichimlarini esa Dolce & Gabbana dan topdik – agar yirik to‘g‘nag‘ich olib tashlansa (uni olib tashlashni maslahat beramiz), o‘ta urfdagi gangstercha kiyimlar to‘plami hosil bo‘ladi.

Ob-havoga qarab kiyinamiz, 7men.uz

Yana o‘sha kombinezon

Kuz-qish mavsumidagidek, bahor-yoz davrida dizaynerlar kombinezon kiyishni tavsiya etadilar – umuman, bu amalda asosiy buyumga aylandi, shunday ekan, uni ko‘z ostingizga olib qo‘ygan bo‘lsangiz, vanihoyat, qaror qabul qilishingiz payti keldi. Sovuq mavsum uchun boshqa modellardan uning asosiy farqi, ayonki, yengining uzunligi va matoning pishiqligidir – yana bichimi ham. Erkin bichiqli kombinezon Etro uni dam olishda, bizning nazarimizda, basseynda buyurtma qilingan kokteylni kutayotib sayr qilishga kiyish uchun ideal bo‘lib tuyuldi.

Ob-havoga qarab kiyinamiz, 7men.uz

Galstukni darhol bo‘shating

Agar kombinezon bilan hammasi tushunarli bo ‘lsa, ko‘p sonli galstuklar kolleksiyasining paydo bo ‘lishi moda tanqidchilarini hayratga soldi – gap shundaki, oxirgi vaqtlarda javondagi birmuncha rasmiy buyum modelyerla orasida mashhur emas edi. Biroq, bu mavsumda hamma narsa o‘zgardi. To‘g‘ri, galstuklar rasmiy belgisidan go‘yo mahrum bo‘lgani qiziq – ko‘p hollarda uni deyarli bog‘lanmagan holda kiyish tavsiya etiladi, eng dadil moda ixlosmandlariga esa yalang‘och tanaga kiyish tavsiya etiladi. Umuman olganda, bundan buyon bu zerikarli ofis hayotining atributi emas.

Ob-havoga qarab kiyinamiz, 7men.uz

Bir xil rang bilan

Bu bahor va yozda faqat bitta “eng urfdagi rang” mavjud emas – istalgan yorqin tusda kiyinish mumkin, biroq asosiy qoida – barcha kiyimlar yig‘indisida aynan o‘sha rangga urg‘u berish kerak. Bunday yondashuvning muvaffaqiyatli namunasini Zegna va Louis Vuitton kolleksiyalarida ko‘rish mumkin. Qolaversa, obrazda faqat bitta yorqin element bilan cheklanib qolishni istamasangiz, bemalol Valentino izidan ketishingiz va bir xil rangdagi buyumlarni moslashtirishingiz mumkin – bu ham zo‘r variant.

Ob-havoga qarab kiyinamiz, 7men.uz

Yorqinlikni cheklash ham mumkin

Shuni ham aytish joizki – yorqin ranglarda kiyinish ko‘nglingizga o‘tirmaydi, deb faraz qilaylik, biroq bu holatda dizaynerlar erkaklar javoniga xos bo‘lgan faqat qora-kulrang ranglar gammasi bilan cheklanib qolmaslikni tavsiya qilmoqdalar. Bu vaziyatdan chiqishning yaxshi yo‘li – yumshoq palitraga ustunlik berishdir: agar o‘ylab ko‘rsak, och jigarrang, kulrang, hatto pushti rangning turfa xil uyg‘unlik – shu bilan birga barqaror o‘ziga xos uslubni hosil qilish mumkin bo‘lgan ham qancha yorqin tuslari mavjud. Ami namoyishida bir nechta g‘oyalarni ko‘rib chiqish mumkin.

Ob-havoga qarab kiyinamiz, 7men.uz

Iltimos, 50 yil ortga qaytaring

Bu mavsumda dizaynerlar murojaat qilgan eng mashhur o‘n yillik haqida gapiradigan bo‘lsak, darrov xayolda jinsi klyosh shimlar, “xippi”lashib yurgan yoshlar, boshqa norasmiy uslubda kiyinganlar va taniqli soch turmaklari bilan 1970-yillar gavdalanadi. Ehtimol, trendning oldi – Gucci, hamma vaqt modani 1970-yillarda qayta tiklagan va haligacha shu o‘n yillik bilan chambarchas assotsiatsiyalanadi.

Ob-havoga qarab kiyinamiz, 7men.uz

Minimalistik va kundalik

Tahlilimizni barchaning haqiqiy xaloskori – dizaynerlarning urfdagi kundalik minimalistik kiyim uslubi bilan yakunlashni ixtiyor etdik. Buyumlarni saralashdagi asosiy tamoyil – bosma bezaklarning yo‘qligi, ko‘zga tashlanuvchi logotiplar, odmi bichimdir. Aksincha, bir xil rangdagi, muhimi qulaylik va sifat hisoblanadigan erkin turuvchi buyumlar – trend bilan muvofiqlashish uchun aynan shular kerak. Hammaga mos keladigan narsa aynan shudir, ehtimol.

Ob-havoga qarab kiyinamiz, 7men.uz