Skip to main content

Mukammal kurtka, ko‘ylak va sviterni izlab

Erkaklar garderobi ayollarnikiday hilma-xil emas (yaxshiyamki shunday, bu hayotni ancha osonlashtiradi), biroq bu bizning kiyimlar orqali o‘zimizni ifodalashning iloji yo‘qligini bildirmaydi. Keling, ortiqcha e’tibor jalb qilmay, shu bilan bir vaqtda o‘z didimizni qanday namoyish qilish mumkinligini ko‘rib chiqamiz.

(No)bazaviy garderob, 7men.uz(No)bazaviy garderob, 7men.uz

Jinsovkadan puxovikgacha — bir qadam

Erkaklar garderobidagi kiyimlarni ikkita turga ajratish mumkin: hamma narsaga mos tushadigan kiyimlarga (ularga bo‘lgan eng muhim talab – ishonchlilik va sifat), va juftini tanlashda o‘zgacha e’tibor talab qilmaydigan kiyimlarga. Ushbu bo‘linish prinsipi kurtkalarga ham butunlay to‘g‘ri keladi. Aytaylik, Moncler Grenoble issiq puxovigi — universal narsa: rangi tushunarli, klassik shakl. Bunday kiyim garderobingizda bo‘lsa, qishda uydan nima kiyib chiqishga doim variant tayyor. Alexander McQueen brendining klassik uslubdagi kosuxasi bilan esa bir oz murakkabroq: axir bu kurtkani pidjak ustiga kiyib bo‘lmasa – lekin, umuman olganda, bu ham hech qanday shubha keltirib chiqmaydigan bazaviy kiyim.

(No)bazaviy garderob, 7men.uz

(No)bazaviy garderob, 7men.uz

(No)bazaviy garderob, 7men.uz

Yanada murakkab kiyim komplektlarini tuzishda stilistlar aynan qaysi element asosiy bo‘lishini aniqlashni tavsiya qilishadi. Masalan, bu kurtka bo‘lishi mumkin. Bu holda, aynan u qolgan kiyimlarning tanlanishini belgilaydi. Xo‘sh, garderobning u yoki bu predmeti nimani talab qilishini qanday aniqlash mumkin? U qaysi dunyodan kelganini – qanday uslubga xos ekanligini aniqlashga urinib ko‘ring va uni tegishli narsalar bilan to‘ldiring. Aytaylik, Unknown charm kurtkasi ochiqchasiga 1970–1980-yillardagi rokerlardan “salom”, shuning uchun ofis uslubidagi ko‘ylak unga uncha to‘g‘ri kelmasa kerak, “yirtilgan” sviter esa – bemalol. Acne Studios uchuvchisining yelkasidan dublyonka esa loferlar yoki boshqa bironta vazmin oyoq kiyimi bilan dushmanlik qiladi, bog‘ichlangan qo‘pol botinkalar bilan esa benuqson juftlikni hosil qiladi.

Kiyimlaringizga quloq solishni unutmang, ularni uslubdan va o‘z garderobingizdan holi baholamang, ana shunda kiyim tanlash jarayoni siz uchun ancha yoqimli va unumli ishga aylanadi.

Mening sevimli sviterim

Yaxshi svitersiz qishda — kuzda ham, aslida erta bahorda ham — ish bitmaydi. Bunisi tushunarli, ammo bundan so‘ng tanlash azoblari boshlanadi. To‘g‘ri, biz shunchaki Palm Angels, AMI Paris yoki Tod’s singari ishonchli bazaviy variant olishimiz mumkin. Bunday sviter aslo pand bermaydi — ham issiq, ham shinam, va umuman olganda, bu klassika. Ayniqsa, bu Tod’s variantiga tegishli, uni kiyib bir zumda jiddiy, vazmin skandinavlik yog‘och kesuvchisiga aylanish mumkin. Aslo qarimaydigan klassika qatoriga Celine sviterini ham qo‘shsa bo‘ladi — huddi buvamning sandig‘idan chiqqan bu kiyim hali ham urfda, undan chiqishi ham amrimahol.

(No)bazaviy garderob, 7men.uz

(No)bazaviy garderob, 7men.uz

(No)bazaviy garderob, 7men.uz

Lekin biz o‘tirishga yoki uchrashuvga ketayotganimizda, sal qiziqarli, o‘zgacha kiyim tanlashimiz mumkin. Bunda tanlov juda katta — biz bezalishida turli xil ajobiy detallarga ega variantlarda to‘xtab o‘tishni tavsiya qilamiz. Bu Maison Margiela dagi kabi ikki tomonlama yoqa yoki titkilangan kiyim chetlari bo‘lishi mumkin (mayda detal, ammo juda yoqimli). Yoki manjetalarda barmoqlar uchun teshiklar bo‘lishi mumkin (aytgancha, bu juda qulay), huddi Kapital da bo‘lganidek. Yoki Bottega Veneta brendidagiga o‘xshagan rasmli to‘qilgan naqsh. Qolaversa, yanada yorqin variantlar bor – masalan, yoz haqida eslatma sifatida bir talay mevalar chizilgan sviter tanlash mumkin.

 

Bayramga ham, oddiy kunga ham, Yovvoyi G‘arbga ham

Ko‘ylak — erkaklar garderobi asoslarining asosi. Bugun hattoki klassik uslubdagi yo‘l-yo‘l ofis ko‘ylaklari ham o‘zgartirilmoqda. Misol uchun, buni Comme des Garçons Shirt astoydil amalga oshirmoqda — kontrastli liniyalar oddiy kiyimni butunlay o‘zgartirmoqda. Off-White mao yoqa va tasmalar bilan o‘zgacha variantni taklif qiladi — va bu muhim kechki tadbir uchun mukammal tanlov, Alexander McQueen ning qora dog‘li ko‘ylagi kabi.

(No)bazaviy garderob, 7men.uz

(No)bazaviy garderob, 7men.uz

(No)bazaviy garderob, 7men.uz

Bugungi kunda materiallar bilan tajriba qilayotganlar soni ham anchagina. Aytaylik, Acne Studios da oddiy jinsa materialini maxsus moyli tarkib (lekin dog‘ qoldirmaydigan) bilan shimdirishni o‘ylab topishgan — ushbu effekt natijasida siz o‘zingizni 2007-yilning “Neft” deb nomlangan mashhur filmining qahramoni deb tasavvur qilishingiz mumkin. A C.P. Company atlas kremsimon matodan ko‘ylakni taklif qiladi, bu ham o‘z garderobini boyitmoqchi, lekin boshqalar orasida ajralib turishni istamaganlar uchun ajoyib variant. Guest In Residence dagilar bundan ham oldinga siljib, paxta va atlasdan uzoqlashib, trikotaj material foydasiga tanlov qilishdi. Agarda bu sizga haddan tashqari ko‘zga tashlanadigan bo‘lib tuyulsa, baribir bezalish qismida qiziqarli yechimlar qo‘llanilgan modellarga e’tibor qaratishingizni tavsiya qilamiz — masalan, Palm Angels tugmachalarni noodatiy joylashtirgan, Nudie Jeans — esa kontrastli chokdan qo‘llangan.