Skip to main content

Stilistlar va libos rassomlari Anna Latkin va Lolita Turadjanova (“Nomad Creators” jamoasi) sharq erkaklarining modasiga oid an’anaviy qarashlarni o‘zgartirishga harakat qilmoqda. Ular o‘zlarining “Nomad Asia” konseptual loyihasida mintaqada erkaklar uslubining ahamiyatini qayta ko‘rib chiqqan holda, o‘zbek milliy kiyimlarini zamonaviy yo‘nalishlar bilan uyg‘unlashtirishmoqda.

Xalqaro moda harakatlaridan, shu jumladan Mayamidagi erkaklar moda haftaligidan ilhomlangan loyiha mualliflari O‘zbekistondagi erkaklar modasining turg‘unligiga e’tibor qaratadilar va uning rivojlanish uchun ulkan salohiyatini aniqlaydilar. Natijada Markaziy Osiyoda erkaklar estetikasining o‘ziga xosligi, madaniy merosi va evolyutsiyasining haqiqiy tadqiqi yaratiladi.

Kelajakka nazar: Nomad Asia san’at loyihasida Sharq erkaklarining kiyinish urfining yangicha talqini, 7men.uz

Kelajakka nazar: Nomad Asia san’at loyihasida Sharq erkaklarining kiyinish urfining yangicha talqini, 7men.uz

Kelajakka nazar: Nomad Asia san’at loyihasida Sharq erkaklarining kiyinish urfining yangicha talqini, 7men.uz

Maxsus to‘plamni yaratishda an’anaviy va zamonaviy elementlar uyg‘unlashtirildi. Ko’rinishlar zamonaviy sharq erkagi mohiyatining shakllanishini to‘rt asosiy bosqichda ifodalaydi –  o‘spirin yigit, sayyoh, erkak va donishmand. Turli teksturalar, ranglar va materiallardan foydalanish orqali har bir bosqich erkak kishi yetukligining turli qirralari va o‘zgarishlarini aks ettiradi.

Loyiha uslubi chopon va do‘ppi kabi an’anaviy elementlarni xudi va kumush taqinchoqlar singari zamonaviy kiyim-kechaklar bilan uyg‘unlashtiradi. Bu uyg‘unlik erkaklar modasi haqidagi odatiy tasavvurlar chegarasidan tashqariga chiqadi. Loyihaning o‘ziga xos jihati qadimiy hunarmandchilik va yangicha uslubiy yechimning uyg‘un birlashuvidir.

Kelajakka nazar: Nomad Asia san’at loyihasida Sharq erkaklarining kiyinish urfining yangicha talqini, 7men.uz

Anna Latkin, Nomad Creators asoschisi:

“Biz mintaqadagi erkaklar modasining ko‘pincha Dog‘iston, Eron va Yaqin Sharqqa yo‘naltirilganini kuzatdik. Bu ta’sirlar muhim, biroq endi o‘z yo‘limizni ochish payti keldi. O‘zbekiston boy madaniy merosga va erkaklar modasida yangi yo‘nalishlarni yaratishda yetakchiga aylanish uchun barcha imkoniyatlarga ega.

Yurtimizda ayollar modasi doimo e’tibor markazida bo‘lib kelgan, ammo erkaklar modasi ham qayta ko‘rib chiqilishi va rivojlantirilishga munosib. Biz dizaynerlarni zamonaviy sharqona erkaklar modasi imkoniyatlarini tadqiq etishga va Markaziy Osiyo uslubini jahon miqyosida idrok etilishini o‘zgartirishga ilhomlantirmoqchimiz.

Biz ushbu loyihani an’analar va zamonaviylik uyg‘unligini namoyish etish uchun yaratdik. Bu nafaqat o‘zbek madaniyati boyligini e’tirof etish, balki madaniy o‘ziga xoslik global tendensiyalar bilan uyg‘unlashgan erkaklar modasining kelajagiga nazar tashlashdir.”

Kelajakka nazar: Nomad Asia san’at loyihasida Sharq erkaklarining kiyinish urfining yangicha talqini, 7men.uz

 Nomad Creators haqida

Anna Latkin va Lolita Turadjanova moda sohasidagi ekspertlar bo‘lib, kino, reklama va televideniye uchun badiiy loyihalar va liboslar yaratishga ixtisoslashadilar. Ularning ishlari Kann xalqaro kinofestivalida, Nyu-Yorkdagi Big Apple Film Festivalida va Barselonadagi ARFFda namoyish etilgan. O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan bu mutaxassislar Markaziy Osiyo dizaynerlarini faol qo‘llab-quvvatlab, mintaqaning boy madaniy merosini jahon miqyosida targ‘ib qilishmoqda.

Kelajakka nazar: Nomad Asia san’at loyihasida Sharq erkaklarining kiyinish urfining yangicha talqini, 7men.uz

Loyiha rejissyori va kreativ direktori Anna Latkin

Uslub: @nomad.creators Lolita Turadjanova

Fotograf: Lilya Nasirova

Pardoz: Karolina Gorodnyaya akademiyasi

Vizajist: Anastasiya Semchenko

Model: Hasan Azimov

Operator: Aydos Kenjeev

Montajchi: German Koval

Joylashuv: Sabina Suleymanoglu

Taqinchoqlar: @etnika.uz

Uma Rustamovnaga minnatdorchilik bildiramiz