Modaga oid tavsiyalarni garderobingizga qanday joriy etishni va shu bilan birga achinarli xatolarga yo‘l qo‘ymaslikni ko‘rib chiqamiz. Bonus sifatida – ehtiyotkorlik bilan muomala qilish kerak bo‘lgan beshta mashhur narsalar ro‘yxati.
Eski buyumlar
Qanday bo‘lmagani ma’qul
Hammaga ma’lumki, moda aylanib qaytib keladigan narsa va vintaj, umuman olganda, hamisha dolzarb. Biroq vintajni to‘g‘ri kelgan o‘n kiyilaverib eskirib ketgan kiyim bilan adashtirish yaramaydi – u bilan bu ikkalasi umuman boshqa narsalar. Ko‘pincha eski kiyim – bu shunchaki eski kiyim, yaxshisi dala-hovlidagi o‘rnida turgani ma’qul.
Qanaqasi mumkin
Agar modani kuzatib boriladigan bo‘lsa, har yili u yoki bu o‘n yillikning trendga chiqishini sezish mumkin. Hozir, masalan, 1970-yillarniki. Ushbu tendensiya uchun esa dizaynerlar maxsus zamonaviy kiyimlarga qadimgi davr elementlarini qo‘shgan holda ularni qaytadan o‘zgacha shaklda yaratmoqdalar. Biroq asosiy g‘oya bu yerda mos: sizning kiyim to‘plamingizda 1970-yillarning shartli belgilari aktual trendga havolalarga qaraganda kamroq bo‘lishi lozim. Biz go‘yo vaqt mashinasidan foydalangandek ota-onalarimiz kabi kiyinish niyatimiz yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas.
Rang-barang bosma tasvirli kiyim
Qanday bo‘lmagani ma’qul
Umuman olganda, sevimli superqahramonlar, yoqadigan brend logotipi yoki boshqa yorqin tasvir tushirilgan kiyimni kiyishning yomon joyi yo‘q. Boshqasi yomon – do‘kon vitrinalari yoki komiks muqovasi yonida turganingizda: hamma narsaning me’yori bo ‘lgani yaxshi, agar bosma tasvirdan foydalanishni afzal ko‘riladigan bo‘lsa, kiyimning muayyan bir to‘plamida bir marta foydalangan ma’qul.
Qanaqasi mumkin
Qoidaga binoan, “luk”da urg‘u beradigan bitta buyum bo‘lishi mumkin. Bu umumiy tamoyil, bosma suratlar bilan ham qo‘llaniladi. Shuning uchun, sizda qaysi narsa asosiy bo‘lishini aniqlashtirib oling (yorqin krossovkalar, balki, svitshotdir?), qolgan kiyim bu asosiy element bilan bahslashishi emas, balki uni shunchaki to‘ldirishi ustida bosh qotiring.
Turfa uslublar uyg‘unlashuvi
Qanday bo‘lmagani ma’qul
Garderobdagi har bir buyum garchi buni bilsak-da, u yoki bu uslubga mansub. Buni ma’lumot o ‘rnida qabul qilish kerak va yuzaga kelgan vaziyatlarda fahmlab olish maqsadga muvofiq. Aytaylik, chinos shimlar – bu kejual uslubidir, charm kurtkalar esa (modeliga qarab) rok-uslub yoki 1990-yillarning “iqtibosi”ga mansub bo‘lishi mumkin. U yoki bu holatda, mazkur buyumlar bu yo‘nalishlar g‘oyat turlicha ekani hamda bir-biridan nihoyatda farqlanishi sabab bir-biriga yaxshi mos tushmaydi, bomber va jinsovka esa, aksincha, bunday shimlar bilan zo‘r ketadi.
Qanaqasi mumkin
Albatta, ularni chuqurroq bilib olish uchun mavjud moda uslublarini o‘rganishga biroz vaqt sarflash ideal variantdir. Biroq bunga xohish bo‘lmasligi ham mumkin, lekin baribir yaxshi ko‘ringimiz keladi. Shuning uchun bu yerda beriladigan maslahat bitta: fakturasi, kayfiyati, bichimi va rangi o‘ta har xil buyumlarni birga kiymang. Charm kurtkalarni – jinsi shimlar bilan, zamsh poyabzallarni – qulay shimlar bilan, loklangan tuflilarni – oqshom kostyumiga va h.k. Vaqt bilan sinalgan yechim, har doimgidek, a’lo darajada ishlaydi.
Naqshlar mosligi
Qanday bo‘lmagani ma’qul
Turli moda poytaxtlarining stritstayl-suratlarda blogerlar va boshqa inflyuenserlar peysli naqshini yo‘l-yo‘l naqsh bilan, “g‘oz panjasi”ni kataklisi bilan qanday uyg‘unlashtirishlarini ko ‘rish mumkin. Shubhasiz, bu o‘rtoqlar nima qilayotganini biladi, siz-u biz esa baribir u qadar moda ixlosmandlari emasmiz, shuning uchun ortiqcha tavakkal qilmay, ko‘klarga ko‘tarib maqtalgan ko‘p qavatli murakkab tarkibli to‘plamlar qilmagan ma’qul. Bu masalada pand yeb qolish oson.
Qanaqasi mumkin
Naqshlar bilan bog‘liq holatda kiyim to‘plamini yaratishning eng ishonchli usuli – o‘xshashini o‘xshashi bilan. Kataklisini katakli bilan, yo‘l-yo‘lini – xuddi shunaqa yo‘l-yo‘llisi bilan, bu prinsip har qanaqasiga bir xilda ish beradi. Shunday ekan, siz kostyumni peysli naqshi bilan tanlagan bo‘lsangiz, galstukni qandaydir murakkab naqshlisini emas, xuddi ko‘ylaknikidek bir tusdagisini taqqaningiz ma’qul.
Oversayz-kiyim
Qanday bo‘lmagani ma’qul
Ha, oversayz-kiyim juda aktual, bu shim va jinsilarga ham, pidjak va svitshotlarga ham taalluqli. Biroq bunday bichimdagi va shunchaki “o‘lchami noto‘g‘ri kiyim” orasida katta farq bor. Ikkinchi holatda akasining kiyimni kiygani olib turgan odamga o‘xshab ko‘rinasiz, vaholanki, bu biz istagan narsa emas.
Qanaqasi mumkin
Oversayz-kiyim, qanchalik g‘alati bo‘lmasin, o‘zining o‘lcham qatoriga ega – u shunchaki katta emas, ma’lum bir parametrlarga ega odam egnida yaxshi ko‘rinishi uchun maxsus andazasi mavjud. Shu hisobga olinsa, bunday buyumlar bilan ishlash oddiy – uni istagancha uslubga moslash mumkin: to‘plamga bitta “katta o‘lchamdagi” predmetni qo‘shsa ham, keng shim va keng pidjakni birga kiysa bo‘ladi, bu yerda siz qanday lozim deb hisoblasangiz, shunday qilishingiz mumkin.
O‘ta ehtiyotkorlikni talab etadigan 5ta buyum
Loklangan (amirkon) poyabzal
Tan olamiz, loklangan tufli – bunday teridan qilingan har qanday model – chiroyli. Biroq hech qachon va hech qanday holatda naridan beri klassik shimlar (to‘g‘ri bichim yoki xiyol toraygan) yoki oqshom kostyumlaridan boshqa narsa bilan kiyish kerak emas. Yodda saqlash muhim: na jinsi shimlar, na chinos shimlar, na oversayz shimlar, ustiga ustak kalta shimlar bilan mos kelmaydi.
Borsetka
Mana necha yildirki, ko‘cha modasi va Vetements brendi sharofati bilan juda aktual bo‘lib kelayotgan buyum. Uni urfda saqlaydigan narsa nafaqat mavjudlik fakti (borsetkalar tur sifatida ancha oldin paydo bo‘lgan) emas, balki uni 1990-yil uslubidagi mos liboslar bilan taqilishi hamdir. Eskirgan shim yoki jinsi, xalpillagan svitshot, krossovkalar – borsetkalar uchun yaxshi fon, ofis pidjaklari va klassik ko‘ylaklar uchun esa bunday deb bo‘lmaydi.
Krossovkalar
Hozirgi kunda krossovkalarni har doim va har yerda kiyish mumkin. Biroq bu holatda eng muhimi – bu uchun har qanday krossovka mos kelmasligini hisobga olishdir. Global miqyosda ular shartli ravishda shahar (kundalik turmushda kiyishimiz kerak bo ‘lgan) va sport krossovkalariga bo ‘linadi. Sport uslubidagilarini ham na ofisga, na kafega – sport mashg‘ulotlaridan boshqa hech qayerga kiyish yaramaydi.
Paypoqlar
Ko‘pchilik erkaklar o‘rtasida o‘nta qora paypog‘ing bo‘lsa, demak sen baxtli odamsan va senga boshqa hech narsaning keragi yo‘q, degan tushuncha rasm bo‘lgan. Ammo, yo‘q, albatta, bunday emas – qora paypoqlar faqat to‘q rangli poyabzal va to‘q rangli shimlarga mos keladi. Paypoqni ham kiyim to‘plamiga xuddi boshqa har qanday buyum kabi diqqat bilan tanlash kerak: ularni yoki poyabzalga, yoki o‘zingiz kiygan jinsi, shim yoki kalta shimlar bilan moslagan maqsadga muvofiq.
Ofisbop pidjak
Filmlarda yoki jurnallarda erkaklar pidjakni jinsi yoki kalta shimlar bilan birga moslab kiyganiga tez-tez ko ‘zimiz tushadi. Darhaqiqat, bunaqasi monand va o‘ziga xos ko‘rinadi. Shunday bo ‘lsa-da, pidjakning pidjakdan farqi borligini yodda tutish darkor. Klassik ofis pidjaki bleyzer yoki kundalik kiyiladigan pidjak bilan bir xil emas. Qoidaga muvofiq, farq materiali (ofis variantlari nisbatan qalin matolardan tikiladi), bichimi (tag‘in, ofis pidjaki odatda to‘g‘ri bichimga tortadi) va bezak elementlari (kundalik modellarning yeng tirsaklarida qiziq ashyo – yamoqlar bo‘lishi mumkin, ofis uchun mo ‘ljallangan variantlarida esa bu narsa yo‘q).
Matn: Sergey Vereskov