Kostyum – albatta ofisga xos bo‘lishi shart emas. Kostyum – albatta qimmat bo‘lishi shart emas. Hamkorlar bilan uchrashuvga va oqshom ziyofatiga otlanish uchun kiyish mumkin bo‘lgan yetti xil kostyumni jamladik.
Wythe
Ikki bortli pidjak – tuyulganidek emas. Hashamdor drapirovkasi sabab uzoqdan jun gazlamaliga o‘xshab ko‘rinadi, lekin bu yuz foizlik zig‘irdan qilingan, shunday ekan uni raqs maydoniga ham (ofisdan chiqqan zahoti) kiysa bo‘ladi. Yelkasi yo‘q, qisman kichik astar qo‘yilgan, yetarlicha keng, biroq qopga o‘xshagan shim emas – retro uslubdagi jiddiy kostyum o‘rnida ham ketaveradigan, yaqinlashib kelayotgan yozga kiyish uchun yaxshi buyum.
Barena
Bu variant esa butunlay erkin va qulay kiyinadiganlar uchun: venetsiya brendidan zamoksiz shimli, astarsiz keng pidjak. Kostyum zig‘irdan tikilgan, ammo 65%i viskozadan iborat (garchi bunday deb bo‘lmasa-da). Agar do‘stlaringiz sizni xotirjam qiyofali sho‘x odam deb hisoblashsa, ushbu kulrang kostyum siz uchun.
Noah
Zig‘irpoya tolasidan yigirilgan ipdan tikilgan qo‘shaloq burmali italyancha “qop-kostyum”. “Qop” deyilishiga sabab – aslida, brend kostyumni oversayz deb tasniflagani uchun emas, balki uning qahva tashishda ishlatiladigan qanor qop tikiladigan matoni eslatgani tufaylidir. Astari 100% paxtadan qilingan. Tugmalari haqiqiy muguzdan qilingan. Mokko rangidagi muhtasham libos.
Fear of Gods
Keng bichimdagi 1980-yillarning gollivudcha uslubini eslatadigan “Kaliforniya – abadiy” bleyzeri. Kostyumning o‘lchami katta, standard o‘lchamdagi yelkalar sabab shaklini ushlab turadi va odamni “yutib yubormaydi”. Ikki bortli oddiy bichim, qum rangidagi (rangning nomi “Dyuna”!) tabiiy jun gazlama va paxtali aralashmadan qilingan sarja. Yuqori belli shimlar bilan yaxshigina mos tushadi.
Portuguese Flannel
Ha, kostyumning shunaqasi ham bo‘ladi, uni itni sayr qildirishga olib chiqqanda kiyish mumkin. Lekin mohiyat shundaki, xaki rangidagi bu chiyduxoba kostyumda toqqa haydasangiz ham, to‘ylarga qadamranjida qilsangiz ham bo‘ladi: matosi cho‘zilmaydi va har qanday sharoitda shaklini saqlab turadi. Pidjakni sviter ustidan kiying, shimni charm derbi bilan moslab shimaring – va tayyor.
Madison
Arang cho‘ziladigan matoli paxtali oq kostyum; keng bichim, yelkalarning tabiiy chizig‘i, beldan xiyol pastga tushib turadi: barketta (italyan tilidan “qayiqcha”) nomi bilan mashhur ko‘krak cho‘ntagi mavjud. Kamarsiz, lekin bog‘ichli yengil shim. Ofisga bu qiyofada borish o‘rinli deb bo‘lmaydi, yoz ayvonida o‘tkaziladigan ziyofatga esa – ayni muddao.
Jamladi va tarjima qildi: Denis Ustyansev