Ayollardan farqli o‘laroq, erkaklarda o‘z kiyim to‘plamini qandaydir tarzda ajratib ko‘rsatishning usullari unchalik ko‘p emas va shu bilan birga me’yordan oshirib yubormaslik lozim. Bunday vaziyatda eng ommabop aksessuarlardan biri – galstuk.
Ayonki, ushbu aksessuar qadimiy tarixga ega – masalan, qadimgi rim jangchilari bo’yinlariga tugun qilib bog‘langan ro‘molchalar taqishgan. Bugungi kunda biz galstuk sifatida biladigan ko‘rinishda XIX asrda paydo bo‘lgan. G‘arb mamlakatlarida va birinchi navbatda Buyuk Britaniyada undan po‘rim kiyinuvchilar foydalana boshlashgan, yuz yillikning oxiriga kelib esa odobli va tarbiyali erkak galstuksiz shunchaki jamoat orasida ko‘rinish bera olmasdi.
XX asrda aksessuar bir necha marotaba shaklini o‘zgartirdi – goh urfda galstukning keng, goh tor, o‘tkir “tilchali”, gohida to‘g‘ri shaklli modellari urfda bo‘lgan. Asosan ular tayyorlangan matolar ham yuz yillikdan yuz yillikka o‘tgan sari o‘zgarib boravergan, ba’zan esa aristokratcha bo‘yin ro‘molchalar urfga qaytgan.
Har holda, hozir, eklektika urfga kirgan paytda (va uni istalgan joyda taqish mumkin), galstuk shaklini tanlash faqat sizga – hamda siz olishni istagan taassurotga bog‘liq.
Klassik uslubdagi galstuk
Ham ofisga, ham to‘yga kiyib borsa bo‘ladigan universal variant. Kengligi 7-9 santimetr, uzunligi 135-150 santimetr. Bir tusli, yo‘l-yo‘l yoki boshqa tasvirli bo‘lishi mumkin. Bu holatda asosiysi – bezak emas, aynan uning o‘lchamlaridir. Bir yoqlama tugmali kostyumlar va to‘g‘ri bichimli klassik ko‘ylaklar bilan mos keladi.
Kapalaknusxa galstuk
Smoking yoki oqshom kostyumiga qo‘shimcha sifatida an’anaviy tarzda foydalaniladigan rasmiy variant. Agar sizni kechki ovqatga qandaydir qirollik oilasi chaqirayotgan bo‘lsa, mukammal tanlov. Qora, oq yoki boshqa istalgan asl rangda bo‘lishi mumkin.
Ikki xil asosiy turi mavjud – tayyor kapalaknusxa (orqasidan maxsus mahkamlagichlar bilan bog‘laysiz) va qo‘lda bog‘lanadigan (agar ko‘zgu qarshisida qiynalishga vaqtingiz bo‘lsa).
Qolaversa, bugun kapalaknusxa galstukni o‘ta muhim voqea vajidan taqishadi. Aksessuarning katakli ko‘ylak bilan kiyish mumkin bo‘lgan yorqin variantlari allaqachon urfga kirgan. Va buning uchun sizga hech kim yomon gap gapirmaydi, ishonavering.
Ingichka galstuk
Oddiy xalq orasida uni “selyodka” deb atashadi. Galstukning bu turi 1960-yillarda, moda olamida minimalizm bal qoidasi bo‘lgan vaqtlarda ommalasha boshladi. Kengligi 4dan 6 santimetrgacha o‘zgaradi. Bunday galstuklar turli materiallardan tayyorlanadi – hatto charmdan qilingan variantlarini ham topish mumkin. Bir tusli beldan tushib turadigan ko‘ylaklar va mana shunday mukammal darajada yarashib turadigan kostyumlar bilan kiygan ma’qul.
To‘qilgan galstuk
Aksessuarlarning boshqa turlaridan asosiy farqli jihati – uning trikotaj galstuk ekanligidadir. Yana uning uchi o‘tkir emas, to‘g‘ri bo‘ladi. Bunday galstuk juda keng bo‘lmasligi kerak: mukammal eni – taxminan 7 santimetr atrofida bo‘ladi. Deniel Kreyg Jeyms Bond rolida “007: Spektr” filmida shunday galstukda ko‘rinish bergan. Biz, albatta, gollivud stilistlari emasmiz, biroq bugungi kunda qulay obraz yaratish uchun bunday aksessuarni – kundalik ko‘ylaklar va hatto jinsilar bilan kiyishni tavsiya qilamiz, biroq jiddiy kostyumlar bilan emas.
Galstuk-askot
Agar siz aritokratlar hayoti haqidagi britancha filmlarni ko‘rishni yoqtirsangiz, u holda galstuk-askotga shubhasiz, ko‘zingiz tushgan – bu aksessuarlarning eng eski variantlaridan biri. Taxminan 15 santimetr o‘rtacha kenglikda va uchi dumaloq shaklga ega. Qoidaga ko‘ra, xuddi tasvirdagidek ancha sipo ranglardan foydalaniladi.
Bunday galstuk alohida tadbirlarda, masalan, to‘y yoki oqsuyaklarning qabul marosimi uchun mos keladi (agar siz kapalaknusxa galstukni emas, aynan galstuk-askotni tanlashga qaror qilsangiz). Jiletka yoki klassik pidjak bilan kiyish lozim.
Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, galstuk-askotga yana ikkita galstuk turi o‘xshash: galstuk-sharpey va galstuk-plastron. Ular orasidagi farq tugunning kengligida. Qolgan hollarda ular deyarli bir xilda – juda muhim tadbirlarda qatnashish uchun foydalaniladi.
Galstuk-bolo
O‘zida charm yoki zamsh bog‘ichni ifodalovchi norasmiy galstuk. Old tarafidan eng xilma-xil usullar bilan bezatilgan qisqich bilan mahkamlanadi – qadama naqshli toshlar, gravirovka, ingichka metall o‘ymakorligi bo‘lishi mumkin. Umuman olganda, har qanday narsa. 1940-yillarda AQSHda paydo bo‘lgan. Amerikadan tashqarida bunday aksessuarga talab u qadar yuqori bo‘lmagan, garchi kantri ixlosmandlari biz bilan bahslasha olgan bo‘lishardi.
Katakli ko‘ylaklar, shuningdek, amerikacha vestern uslubidagi kiyimlarga mos tushadi. Hammasidan ham ko‘ra oqshom hamda boshqa norasmiy uchrashuvlarga taqqan maqsadga muvofiq. Haqiqiy kovboylar uchun mukammal aksessuar.
Matn: Sergey Vereskov