NORQAIN — Alp tog‘larida vujudga kelgan Shveysariya soat brendi bo‘lib faqatgina mexanik soatlar ishlab chiqaradigan kam sonli brendlardan biri hisoblanadi. Shveysariyaning Tavan kommunasidagi o‘z ustaxonasida tajribali soatsozlar tomonidan har bir nusxani qo‘lda puxtalik bilan yig‘ilishi ularning o‘ziga xos faxridir.
Qizig‘i shundaki, NORQAIN nafaqat o‘ziga xos dizayni bilan, balki Kenissi eksklyuziv mexanizmlari (Rolex’ning ikkinchi brendi Tudor, shuningdek Breitling va Chanel uchun mexanizmlarni yetkazib beruvchi ishlab chiqaruvchi (manufaktura)) bilan ham ajralib turadi. Hamkorlikdagi ishlar natijasida Adventure, Freedom va Independence to‘plamlari uchun kalibrlar yaratildi. Isbotlangan ishonchlilik, yuqori sifatli xususiyatlar va sanoat standartlaridan ustun bo‘lgan aniqlik: NN20/1 (uch milli) va NN20/2 (GMT funksiyali) kalibrlari 70 soatlik zaxira quvvatiga ega, xronometr sifatida sertifikatlangan va egasini har qanday sarguzashtda hamrohlik qilishga tayyor. Barcha NORQAIN modellari kamida 10 ATM (100 metr) suv o‘tkazmaslik xususiyatiga ega.
NORQAIN raqamlashtirish va aqlli soatlar davrida innovatsiyalarni joriy etish va mexanik soatlarga bo‘lgan qiziqishni keng tadbiq etishga intiladi. Masalan, 2022-yilda Wild ONE to‘plami uchun NORTEQ® deb nomlangan maxsus material ishlab chiqildi. Uglerod tolasidan tayyorlangan bu polimer nafaqat po‘latdan olti barobar, balki titandan ham 3,5 barobar yengil. Shu bilan birga, u yuqori darajadagi mustahkamlikni ta’minlaydi, bu ayniqsa faol hayot tarzini olib boruvchilar uchun juda muhimdir.
Brend ruhi doimiy ravishda yangi g‘oyalarni izlayotgan va o‘rganilmagan sarhadlarni kashf etayotgan, o‘ziga o‘xshagan yorqin va g‘ayratli izdoshlarni jalb qilayotgan jasur sarguzasht izlovchilariga juda mos keladi. NORQAINning do‘stlari orasida xokkeychi, Stenli kubogi sohibi Mark Shtrayt; tennischi, “Katta shlem” turnirlari g‘olibi Sten Vavrinka; Afrikadagi Xakuna Mipaka qo‘riqxonasining asoschisi, jabrlangan yovvoyi hayvonlarni himoya qilish bilan shug‘ullanadigan Din Shnayder bor. Din Shnayder Afrikadagi Xakuna Mipaka qo‘riqxonasining asoschisi bo‘lib, u jabrlangan yovvoyi hayvonlarni himoya qilish bilan shug‘ullanadi
O‘zbekistonda NORQAIN brendi faqat rasmiy distribyutor CHRONO.UZ tomonidan taqdim etiladi.
Chrono.uz
Instagram: @chrono.uz
+998 90 183-88-88