Sudga doir hujjatli to‘qima, institut dramasi va aksilliberal satira: ehtimol siz ko‘rmay qolgan ajoyib seriallar
Ketayotgan yilning asosiy “yashirin javohirlari” – “Maslahatchi tashvishlari” tajriba mokyumentarisi, “Yaxshisi Solga qo‘ng‘iroq qiling“ serialining bosh aktyori ishtirokidagi “Toleli Xenk” monodramasi, shuningdek avangard qiziqchi Neytan Filderning ikkiyuzlamachiligi uchun jazoga tortiladigan tadbirkorlar haqidagi “La’nat” nomli yangi loyihasi. Har bir serialga batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
“Maslahatchi tashvishlari”
(rej. Djeyk Shimanski)
2022-yilda Kaliforniya okrugi sudida Trevor Morrisning ishi bo‘yicha tinglovlar boshlangan. Ayblovchi tomonning ta’kidlashicha, fabrikada xizmat qiluvchi va ko‘rinishidan mayda giyohvand vositachisini eslatuvchi Morris ishga oyoqda turolmaydigan darajada mast ahvolda kelgan holda, to‘quv dastgohiga o‘tirib, boshqaruvni nazorat qila olmagan va ko‘p miqdordagi qimmatli matolarni isrof qilgan.
Ayblanuvchining taqdirini sud maslahatchilari hay’ati hal qilgan: ularning orasida pensioner Barbara, mijg‘ov Todd, og‘ir koreyscha shevada gapiruvchi tijoratchi Ken va hattoki gollivudlik o‘ziga bino qo‘ygan Jeyms Marsden ham bo‘lgan. Ammo ularning orasida eng asosiysi San-Diyegodan kelgan quyosh batareyalarini o‘rnatuvchi 29 yoshli Ronald Gladden bo‘lib, sud uni hay’at rahbari etib tayinlagan. Butun jarayon maslahatchilar hay’atining kundalik yumushlari to‘g‘risidagi hujjatli serialni suratga olgan televideniye ishchilari tomonidan qayd etilgan. Serial keyinroq Amazon Freevee strimingida Jury Duty nomi ostida chiqadi.
Biroq bitta muhim detal mavjud: Morrisning ishi – shunchaki improvizatsiya teatri artistlari tomonidan qoyilmaqom tarzda yaratilgan be’mani qalbakilik. Ronald Gladden esa – yuz berayotgan voqealarning haqiqat ekanligiga ishongan yagona haqiqiy odam, ya’ni “personaj” emas. 17 kun davomida aktyorlar jiddiy yuz qiyofasi bilan o‘zlarini ahmoqlarcha tutib, mutlaqo bo‘lmag‘ur narsalarni gapirib yurgan bir paytda, kameralar Ronaldning xatti-harakati va munosabatini kuzatib borgan.
Shouning ijrochi prodyuseri Todd Fillipsning aytishicha, “Maslahatchi tashvishlari” – sud-advokatlik materiali asosida “Ofis”ga o‘xshash yolg‘ondakam muxbirlik sitkomini yaratishga urinish edi. Eng qizig‘i, loyiha mualliflari Li Ayzenberg va Djin Stupnitski o‘zlari ham 2000-yillarda “Ofis” ssenariyi ustida ishlaganlar, ammo keyinroq ajralib chiqib, birgalikda to‘liq metrajli ssenariylari yarata boshlaganlar. Ularning portfelida, masalan, uch nafar oltinchi sinf o‘quvchilarining sarguzashtlari va maktabdagi birinchi muhabbat haqida hikoya qiluvchi “Yaxshi bolalar” (2019) nozik o‘smirlar komediyasi bor.
Biroq “Maslahatchi tashvishlari” – shunchaki realiti-shouga navbatdagi parodiyadan ko‘proq narsa. Bu yana qahramonni muntazam ravishda ikki yo‘l orasida qoldiradigan va u yoki bu munosabatni bildirishga majbur qiladigan murakkab shakllantirilgan psixologik tajriba hamda laboratoriya sinovlari ketma-ketligidir. Albatta, bu yerda bosh ayblanuvchi Morris emas, balki yosh Ronald. Va syujetning bosh chizig‘i – uning qahramon yoki aksilqahramon ekanligini aniqlashda.
Hujjatlashtirilgan shaklda yozilgan film hamda badiiy postanovka vositalaridan foydalanuvchi voqealar tarixi – azalgi kino hiylasi. Bu sohada uydirma va haqiqat o‘rtasidagi chegarani yo‘qotuvchi so‘nggi tajribalardan biri o‘tgan yili HBO kanalida chiqqan kanadalik qiziqchi Neytan Filderning “Repetitsiya” filmidir.
Filder hayotdagi odamlar bilan tanishib, ularga kelajakda yuz berishi kerak bo‘lgan va ularni qattiq qo‘rquvga soladigan vaziyatlarni yaratishga yordam bergan – bu noqulay suhbat yoki birinchi farzandning tug‘ilishi kabi holatlar bo‘lishi mumkin edi. Serial bizning kelajakni nazorat qilishga har qanday urinishlarimiz va voqealar rivojining barcha variantlarini oldindan bilish istagimiz naqadar kulgili ekanligini namoyon etgan.
“Maslahatchi tashvishlari” ham shunga o‘xshash g‘oyaviy hujjatli fikshn janriga mansub bo‘lib, insonning bema’ni va fantastik uydirmaga osongina ishonishini isbotlab beradi, chunki haqiqat ham o‘z holicha bema’ni va fantastikdir. Ish davomida loyiha davomiy sho‘xlikdan qahramonlik – vaqtidan avval hukm chiqarmaslik va o‘z zimmasiga mas’uliyatni olishdan qo‘rqmaslikda ekanligiga doir sentimental izohga aylanadi.
Biroq Jury Duty faqatgina o‘zidagi mazmunli oshkoraligi, balki hissiyotga boy qatlami bilan ta’sirlantiradi. Qisman “Shou Trumana” filmining hujjatli remeykini eslatuvchi teleshou qahramonlarining g‘alati harakatlariga qaramay, ularni qattiq yaxshi ko‘rib qolasiz va finalda ular bilan oxirgi yetti-sakkiz mavsum birga bo‘lgan sitkom personajlari kabi xayrlashasan.
Ehtimol, loyihaning asosiy xizmati ham ana shunda bo‘lsa kerak. Premial televideniyeda odamovilik va surbetlikka katta talab kuzatilayotgan davrda “Maslahatchi tashvishlari”, aksincha, yaxshilik urug‘ini sepadi va insonga nisbatan ishonchni tiklaydi, hamda bunda nasihatomuz rivoyatga aylanmaydi va ko‘ngilochar vazifalaridan chetga og‘ishmaydi.
“Toleli Xenk”
(rej. Deniel Etties va boshqalar)
Qachonlardir Pensilvaniya kollejida ingliz tili kafedrasi mudiri bo‘lgan Xenk Devero-kichkina muvaffaqiyatli roman nashr ettirgan, ammo o‘shandan buyon bir qator ham yozmagan. O‘zidan hafsalasi pir bo‘lgan Xenk dars berishga chalg‘igan, biroq vaqt o‘tgach bu sohaga ham qiziqishi yo‘qolgan. O‘ziga bino qo‘ygan talabalar, tor dunyoqarashli hamkasblari, institutdagi doim bir xil vazifalar va eski do‘stlarining yozuvchilik borasidagi yutuqlari uning jahlini chiqaradi.
Birdan Xenkning oldida yangi muammolar yuzaga keladi. Rafiqasi Nyu-Yorkdan ish taklifini oladi va yumshoqlik bilan ko‘chish haqida gap ochadi. Ta’sirchan qizi nuqul ishyoqmas eri bilan janjallashadi va ularga ota-onasini ham aralashtiradi. Rektor budjetdagi yo‘qotishlar haqida nimalarnidir gapirib, qisqartirishga tushadigan o‘qituvchilar ro‘yxatini so‘raydi. Nihoyat, Xenk qariyb 15 yil muloqot qilmagan otasi – Uilyam Devero-katta mehmonga kelmoqchi.
Aprel oyida AMC kabel telekanalida efirga uzatila boshlangan “Toleli Xenk” Pulitser mukofotiga ega romanist va sobiq o‘qituvchi Richard Russo tomonidan 1990-yillar oxirida nashr ettirilgan “Samimiy odam” nomli yarim tarjimai xol shaklidagi asarning ekrandagi sahnalashtirilgan ko‘rinishidir. Russo ortidan serialda o‘rta yoshlar inqiroziga oid qayg‘uli syujet hamda ekssentrik oliftalar, sovuqqon odamovilar va ginachi xudbinlardan iborat akademik olamga nisbatan o‘tkir satira ketma-ketligi ko‘rsatiladi.
Bu yerda barcha ikkinchi sahnat qahramonlari – odamlar emas, balki biron-bir psixologik hajmdan mosuvo bo‘lgan hazilakam suratlardir. Ular bu yerda shunchaki muhit ta’sirida ezilgan mutlaq Chexovga xos qahramon – Xenkning hikoyasida kontrapunkt vazifasini o‘tovchi yasama chiqishlar, mahalliy memlar xolos.
The Mamas & the Papas kabi retro-klassika ohanglari ostida hayotni sevishni o‘rganayotgan bu sochi oqargan asabiy odamni kuzatish – qayg‘uli va ba’zan kulgili. Va asosiysi, “Toleli…” mutlaq tugallanganlik taassurotini qoldiradi, shu bois AMC’ning loyihani birinchi mavsumdan keyin yopish qarori kimnidir hafa qilishi ehtimoldan yiroq.
“La’nat”
Er-xotin Esher va Uitni Nyu-Meksiko shtatidagi nochor etnodahani qayta tiklash bilan ovora bo‘lib, bu haqida hujjatli teleshouni suratga oladilar. Ular HGTV kanali materialni efirga uzatishiga va ularni aylantirishga yordam berishiga umid qiladi. Suratga olish ishlarida ularga virusli dastur yaratish va karera zinapoyasidan ko‘tarilish istagida bo‘lgan zohid-televideniye mutaxassis Dugi Shekter yordam beradi.
Bir kuni u kamerani yoqib, Esherdan to‘xtatsh joyida gazli suv sotadigan qizchaga 100 dollar berishni so‘raydi. Munofiq Esher sahna suratga olinganidan so‘ng undan pullarni qaytarib oladi va qiz uni la’natlaydi – endilikda eri-xotinni ularning nikohi va biznesiga xalaqit qiladigan mayda noxushliklar kutadi.
A24 ko‘magida yaratilgan va asta-sekin Showtime strimingida uzatilayotgan “La’nat” Gollivudning ikki nafar dohiyi tomonidan o‘ylab topilgan. Birinchisi – ikkita iste’dodli komediya tok-shousi – “Neytan yordamga shoshadi” va “Repetitsiya”ni yaratgan Neytan Filder. Ikkinchisi – yaqinda kuchli aktyorlik faoliyati boshlangan va “Tarashlanmagan olmoslar”ning hammuallifi Benni Sefdi: xususan, u “Oppengeymer” va “Lakritsali pitssa”da o‘ynagan. Djentrifikatsiyalash, medianing aldamchiligi, ekologik muammolar, liberal jamoatchilikning ikkiyuzlamachiligi ustidan kuluvchi “La’nat” o‘zi amalga oshuvchi bashorat g‘oyasidan foydalanadi: er-xotinning o‘zi ham la’natga ishonadi, shu bois mayda muammolarida g‘ayritabiiy kuchlar ta’sirini ko‘radi.
Shu sababdan serialda kuchli tasavvuf mavjud emas, ammo unda nomaqbul yumor, dolzarb satira va qahramonlar duch keladigan hamda Filderga xos o‘ta noqulay vaziyatlar juda ko‘p. “La’nat” – hamma uchun mo‘ljallangan art-komediya emas, ammo kanadalik qiziqchi ijodining muxlislari aniq afsuslanmaydi.