Skip to main content

2023-yilning asosiy xiti atrofidagi shov-shuv – loyihaning yuqori darajadagi muvaffaqiyati, uning manbalari va madaniy o‘ziga xosliklari haqida muhokama qilish vaqti yetdi

Qozon shahridagi qayta qurish davrida bezori ko‘cha to‘dalari ishkallari haqida hikoya qiluvchi teleshou 2023-yilda Wink strimingida chiqdi. Dastlabki uch kunda serial milliondan ortiq ko‘rishlarga ega bo‘ldi – bu videoservisning original mahsulotlari orasida eng yaxshi start. Kitob sotuvchi shaxobchalarda Robert Garayevning jinoiy Tataristonga bag‘ishlangan hamda Joar Krishovnikov uchun adabiy asosga aylangan shu nomdagi non-fikshn asari o‘sha zahotiyoq sotib tugatildi. “Yigitlar kechirim so‘ramaydi” (“Пацаны не извиняются”) va “Chushpan emas” (“Не чушпан”) singari eskicha urfdagi bomberlar marketpleyslarda kosmik narxlarda sotila boshladi. “Аигел” guruhi tomonidan kuylangan urib turuvchi ritmli texno-pop janridagi “Пыяла” saundtreki esa Shazam ning jahon reytinglarida yetakchilik qildi.

Asl-manba asar

1989-yilda tatar gimnaziya o‘quvchisi va musiqa maktabi tarbiyachisi Robert Garayev “Quyi tabaqalar” (“Низы”) guruhiga qo‘shiladi. Qaror majburiy bo‘lgan: o‘sha yillarda tengdosh xavfli jinoiy guruh to‘dalari a’zolari barcha “mishiqi” o‘smirlardan sovetcha tiyin va rubl talab qilib, ularni qo‘rqitishardi. 1991-yilda Garayev ishdan ketadi, Qozon universitetining tarix fakultetini tamomlaydi, Moskvaga kelgach, jurnalistika va kuratorlik bilan shug‘ullanadi. Bir yil o‘tgach esa, Tatariston tashkiliy jinoiy uyushmasi hovlisi haqida hujjatli jamlanmaga qabul qilinadi. 2020-yilda Individuum nashriyoti tomonidan chiqarilgan kitob, 1970-2010- yillardagi asfalt urushlarida qatnashgan sobiq “yigitlar” va “iskovuch”lardan olingan tarixiy qaydlar va intervyularning keng ko‘lamli yig‘indisi sifatida o‘ylab chiqilgan. To‘g‘risini aytganda, aybdor-guvohlardan biri – Garayevning o‘zi.

So‘zga so‘z, 7men.uz

Robert Garayev. Yigit so‘zi. 1970-2010-yillardagi jinoiy Tatariston. Individuum. 2020

Yigitlar to‘dasiga qo‘shilgan o‘ziga to‘q oiladan chiqqan bola – 1980-yildagi Tatariston ASSR dagi odatiy hodisa. “Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, – eslaydi muallif, – “Skver” uyushgan jinoiy guruhiga Tatariston madaniyat vazirining o‘g‘li ham ishtirok etgan, unga yuqori militsiya amaldorining o‘g‘li ham kirgan”.

Ehtimol, bu sababga ko‘ra Garayevning taqdiri Andrey Vasilyev (Palto) – solfejioni mushtlashuvga, junli paltoni esa – olimpiykaga almashgan o‘qimishli bolakayning ekrandagi biografiyasi aniq-ravshan qofiyalanadi. Serialda u asosiy qahramonlardan biri: birinchi epizodda “anglichanka” Flyura Gabdulovna Andreydan ikkichi, to‘polonchi va to‘da a’zosi bo‘lmish Maratni ilg‘orlar safiga olib chiqishni iltimos qiladi. Ikkita mashg‘ulot o‘tar-o‘tmay, ular ikkovlashib o‘tgan-ketganlarga tupurib, komission do‘konlardan import narsalarni o‘maradigan bo‘lishadi. Naq shu ssenariyga asosan Garayevning o‘z “yigitlik” hayoti boshlanadi.

Ammo bu, yagona syujet o‘xshashliklaridir – boshqa jihatdan esa serial kitobga zarracha ham o‘xshamaydi. Shunchaki bunga unda ezgu qahramonlar va yagona hikoya chizig‘i yo‘qligi sabab. Faqat ssenariy mualliflari – Andrey Zolotaryov va Jora Krijovnikovlar uni yanada ishonarliroq chiqishi uchun unga o‘z tarixlarini qo‘shgan hujjatli parchalar to‘plami mavjud.

Aynan esa: yigitlar haqiqatdan ham yerto‘ladagi tebranma stullarda yashashar va xokkey “qutilari”lardagi uyushgan jinoiy guruh savollarini muhokama qilishar, sinfdoshlarining cho‘ntagidagi bor pullarini qoqib olishar, poytaxtda o‘g‘rilik reydlarini o‘tkazishar, avtotrassalarda tovlamachilik bilan shug‘ullanishar, diskotekalarda aylana bo‘lib raqsga tushishar, Yuriy Shatuniv va “Miraj” guruhiga o‘xshagan estrada pop musiqalarini eshitishar, videosalonlar ochishar, kinoga borib, seansdan avval to‘dalar haqidagi reportaj yilnomalarini ko‘rib va voyaga yetmaganlarning ishlari to‘g‘risidagi inspektorlarning gaplarini eshitib qahqaha otib kulishardi.

So‘zga so‘z, 7men.uz

Chapdan: “Yigit so’zi” serialidagi bosh qahramon: Andrey Vasilyev (Palto), o’ngdan — Robert Garayev, serial uchun asos bo’lgan “Yigit so’zi” asari muallifi

“Yigit so‘zi” da to‘qima “Universam” jinoiy to‘dasi haqida so‘z boradi. Maratning mo‘ljaliga ko‘ra, uning to‘dasiga o‘zining xushbichim tashqi
ko‘rinishi sabab Palto laqabini orttirgan Andreyning tushadi. To‘da lideri – Koshshey, vaqt o‘tishi bilan mayzada bo‘lib qolgan piyonista va giyohvand darajasiga tushib qolgan sobiq jinoyatchi. O‘sha vaqtlarda Maratning akasi – Adidas laqabli harbiy xizmatdan chetlatilgan razvedkachi Vova Afg‘onistondan qaytadi va to‘da rahbarligini o‘z qo‘liga olgan holda hudud avtoritetlari huquqlari asosida Kashsheyni mansabidan ozod qiladi. Bundan ko‘p o‘tmay, qo‘shni jinoiy guruhlar kichik universamchi Yeralashni o‘lasi qilib kaltaklashadi – shu ondan ish oilaviy dramalar va muhabbat chizgilari bilan almashinib turadigan asfalt urushlari boshlanadi.

Serialni “Горько!” va “Горько! 2” tresh-dilogiyalari, shuningdek, “Eng yaxshi kun” karaoke-komediyasi bilan rusiyzabon meynstrim yetakchilariga bostirib kirgan rejissyor-narodnik Jora Krijovnikov suratga olgan. 2018-yilda u birdaniga janrini o‘zgartirdi va Premier videoservisi uchun Rossiyadagi OIV muammosiga bag‘ishlangan “DiKaprioga qo‘ng‘iroq qiling!” daramatik serialini suratga oldi.

 

So‘zga so‘z, 7men.uz

To‘da lideri – Koshshey, vaqt o‘tishi bilan mayzada bo‘lib qolgan piyonista va giyohvand darajasiga tushib qolgan sobiq jinoyatchi.

So‘zga so‘z, 7men.uz

So‘zga so‘z, 7men.uz

“Горько!” filmidan so‘ng tanilgan “Yigit so‘zi” rejissyori Jora Krijovnikov

 

2021-yilda kayfiyat trayektoriyasini o‘zgartirgan holda “qozon fenomeni” ni o‘rganishga bel bog‘laydi, va ehtimol, karyerasida ilk bor deputatlarning nafrati to‘lqinini qo‘zg‘atib yuboradi, ustiga ustak premyeradan ancha oldin: ombudsmanlar loyihani bekor qilishga ko‘p urinishdi, Qozon hukumati egalari hatto suratga olish ishlariga ham ruxsat berishni rad etishdi, shuni deb butun prodakshnni Yaroslavlga ko‘chirishga to‘g‘ri keldi.

Xavotirlar ayon edi: “Yigit so‘zi” Basta tomonidan shanson ladida kuylangan “Alyans” guruhining “Subhidamda” (“На заре”) xitining kaveriga; qahri qattiq machizmni yumshatuvchi nostalgik mayinlik va bunday bezorilar romantikasi o‘rtasidagi bunday uyg‘unligiga betakalluflik bilan o‘xshab qolgan bo‘lardi. Nima ham derdik, serial, rostdan ham o‘tmishga sog‘inchni uyg‘otadi.

U yosh tomoshabinlarga o‘sha davrga sho‘ng‘ish, kattalarga esa – ularning qanday junli qalpoqchalarning angishvonasini o‘ynaganlarini, bolalarni qo‘y terisidan tikilgan shubalar bilan issiq kiyintirishganlarini, zo‘ravonlardan qanday qochishgani va komsomolcha qasam ichishganini xotirlash imkonini beradi.

Ha, umuman olganda, serialda o‘sha davrning maishiy o‘ziga xosliklari vijdonan tasvirlangan: ko‘rimsiz xrushovka uslubidagi binolar, erigan qor va loy bilan qoplangan sovuq xonadonlar, ro‘yxatdan o‘tmagan alyaska-kurtkalar va angor-sharflar, xo‘rozcha-shapkalar, shapka-fernandelkalar, shishirilgan par kurtkalar va yon hoshiyali sportivkalar – bir so‘z bilan aytganda, rekvizitorlar va kostyum bo‘yicha rassomlar chayqov bozoridan nima izlashgan bo‘lsa, hammasi.

“Beshafqat machizm”ga keladigan bo‘lsak, hech qanday yumshatishdan asar ham yo‘q. Serialda shokka tushiradigan elementlar juda ko‘payib ketgan – yirtilgan basharalardan tortib yarmigacha kesilib ketgan quloqlargacha. Bundan tashqari, “Yigit so‘zi” jinoiy hayotning dovrug‘i va ojizligi haqidagi banditcha kinoning zaruriy hissiy arkalariga ega doimiy syujetidan foydalanadi: eyforiyadan tortib – umidsizlikkacha, muhabbatga tashnalik va iqrordan tortib – mutlaq yolg‘izlikkacha, gunohga bandilikdan – axloqiy tushkunlik va shaxsiyat
zavoligacha.

“Agar sen yomonlik qilgan bo‘lsang, u o‘zingga qaytadi – ortig‘i bilan, qonli, lekin o‘zing qilgan yomonlik” – loyiha maqsadini shunday ta’rifladi Krijovnikning o‘zi. Fojiali qaytishning motivi hatto kompozitsiya darajasida ham seziladi: serial fortepianoda yutqazish va ur-yiqit sahnalaridan boshlanadi – va faqat ular bilan tugab qolmaydi. Faqat qahramonlarning statusi tubdan o‘zgaradi.

Biroq eng muhimi, rejissyor Krijovnikov o‘zini nafaqat tarixiy qayta qurishlar ustasi, balki qobiliyatli dramaturg sifatida ham namoyon qildi. U Andrey Zolotaryov bilan sheriklikda yaratgan antiqahramonlar sarosimalik, g‘azab va qattiq nafrat uyg‘otadi – birinchi navbatda soxta oliyjanobligi, kibr-havo va yoppasiga ikki xil standartlar va ziddiyatlar asosiga qurilgan chirkin yigitlik kodeksi bilan.

Adidas sportivkalari – zo‘r, USA yozuvli beysbolka esa – yomon, axir amerikaliklar “Stingerlar” ni “dux”iga o‘tqizishadi”! Сhushpanni yakkama-yakka olishuvga chaqirish – noloyiq xatti-harakat, to‘da bo‘lib unga tashlanish – boshqa gap. To‘dalashib oyisining shapkasini izlashga – marhamat, otasidan o‘g‘irlangan narsalarni sotish – bunga ham ruxsat. Avvaliga qolgan tengqurlari (kvartirniklarda kuy chaladigan paxmoq rokerlar yoki kulgili partorglar) ularning soyasida nochor omadsizlardek tuyulayotganidan g‘azablanmoqchi bo‘lasan – xuddi ssenariy mualliflari yosh to‘da a’zolarini yaxshiroq qilib ko‘rsatishga harakat qilgandek tuyuladi.

Biroq, albatta, bu yerda hech qanday ulug‘lash yo‘q: hikoya ularning, barcha chushpanlar tilidan – quyi tabaqalar nuqtai nazaridan aytiladi. O‘sha yerdan estetcha “slou-mo”da juda ko‘p qimirlaydigan kamerada olingan ulug‘vor sahnalashtirilgan mushtlashuv doim ham dahshatga solmaydi, ba’zan esa o‘zining qorong‘u va energetikasini yuqtiradi – yosh qahramonlarni qamrab oladigan jang ekstazi shu tarzda yaxshiroq his etiladi. Demak, tanlangan hikoya manzarasi vizualga ta’sir qiladi.

So‘zga so‘z, 7men.uz

Tanqid: tarafdor va qarshilar

“Yigit so‘zi” ning qabul qilinishi Balabanovning “Aka”siga tomoshabinlarning sharhlarini juda eslatadi: ikkala holatda ham zaharli tillar rejissyorlar banditizmni romantizatsiya qilishda va “haqiqat — kuchda” mafkurasini yetkazayotganlikda ayblandi. Albatta, seriyali relizdan keyin shikoyatlar va prokuror tekshiruvlari boshlandi. Teleloyiha yaratuvchilari deyarli har bir burunlari sinish va suyak chiqishi bilan tugagan maktab voqeasida aybdorga chiqarildi.

Ammo norozilik shikoyatlari oxir-oqibat – oddiy va professional tomoshabinlar, intellektual jamoa, hatto memlar yasash uchun xalq ermagiga qo‘shilgan va “yigitlar partiyasi” va “chushpanlar partiyasi” haqida hazil qila boshlagan siyosatchilarning son-sanoqsiz ijobiy sharhlari soyasida butkul yo‘qoldi.

Tarixiy aniqlik va ssenariyning ishonchliligidan tashqari, tomoshabinlarga aktyorlar — Vova Adidas rolini o‘ynagan Ivan Yankovskiy, shuningdek, ekrandagi yangi yosh qiyofalar ham yoqib tushdi. Avvalo, Marat va Andrey rolini o‘ynagan Ruzil Minikayev va Leon Kemstach, shuningdek, Rossiya kinosining ko‘tarilib borayotgan super yulduzi Nikita Kologriviy (Kashshey), u allaqachon “O‘zganing aralashuvisiz” ertaknamo blokbasterida va “Bender” komedik ekshnida porlashga muvaffaq bo‘lgan.

So‘zga so‘z, 7men.uz

Ajablanarli, biroq “Yigit so‘zi” – “qozon fenomeni” mavzusidagi ilk badiiy loyihadir, bu ham, albatta, uning muvaffaqiyatiga ta’sir ko‘rsatdi. Wink serialidan oldin – Marina Razbejkinaning “Sizning hovlingizda-chi?” oq-qora qisqa metrajli filmiga o‘xshash faqat hujjatli ocherklar olingan, uning kadrlarini Kryjovnikov ishida ham payqash mumkin. G‘arbda shunga yaqin mavzudagi kult filmlar mavjud – hech bo‘lmaganda Frensis Ford Koppolaning “Jangchi baliq” filmini oling. Aftidan, rusiyzabon madaniy landshaftda ham kult maqomiga da’vo qiladigan shunga o‘xshash pretsedent paydo bo‘ldi. Tanqidchilar to‘g‘ri ta’kidlaganidek, u xalqqa keng ekrandan yoki televizordan emas, balki striming orqali kirib keldi, shuning o‘zini ham o‘z-o‘zidan tarixiy yutuq deb hisoblash mumkin.

Biroq, asosiysi, yosh bezorilar zamonaviy texno ostida “tashlashadigan” serial yengil-yelpi ekshn emas, balki gollivudcha Quality TV dan qolishmaydigan yuqori tragediyaga aylandi. Boring-ki, bu yutuq ancha muhim ahamiyatga ega.