Skip to main content

Politsiyaning aytishicha, samolyot havoga ko‘tarilgan zahoti texnik muammo yuzaga kelgan.

Nemis aktyori Kristian Oliver Karib dengizidagi aviahalokatda vafot etdi, deb xabar berdi Sent-Vinsent va Grenadin politsiyasi.

Huquq-tartibot idoralarining xabar berishicha, 4-yanvar kuni Bekiya orolidan Sent-Lyusiyaga uchayotgan yengil motorli samolyot Kichik Nevisdan bir dengiz milya g‘arbda suvga qulagan.

Samolyotda to‘rt kishi bo‘lgan: 51 yoshli aktyor, uning qizlari 12 yoshli Annik va 10 yoshli Madita, shuningdek, uchuvchi Robert Saks. Bortda bo‘lganlarning bari halok bo‘lgan.

Kristian Oliver “Valkiriya operatsiyasi”, “Shaqildoq ilonlar” va “Uddaburon poygachi” filmlari, shuningdek “Kobra maxsus otryadi”, “Sakkizinchi hissiyot”, “Parallel olamlar” va “Inspektor Jorj Jentli” seriallaridagi rollari bilan mashhur.