Binokor Temir Beton Servis bosh direktori kompaniya rolining bozorda o‘sib borayotgani, qurilish sohasidagi trendlar, ekologik siyosat va kelgusi rejalar haqida.
Binokor Temir Beton Servis — jadal parvozini uzoq vaqt ta’riflash mumkin bo‘lgan korxona. U ishga tushgan vaqtdan buyon 13 yil o‘tdi hamda kompaniya O‘zbekiston temir yo‘llarini elektrlashtirish uchun temir-beton buyumlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik korxonadan qurilish bozorida yetakchi pozitsiyani egallashga muvaffaq bo‘ldi. Bugun Binokor Temir Beton Servis nafaqat transport, balki sanoat va fuqaro qurilishi sohalariga ham xizmat ko‘rsatadi.
Va temir-beton mahsulotlarni ishlab chiqarish — kompaniya amalga oshiradigan faoliyatning kichik bir qismi xolos. Kompaniya tarmoqning eng yangi yutuqlarini tahlil qilish, mualliflik patent tadqiqotlarini o‘tkazish, respublikadagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish orqali qurilish sanoatida yangi sifat standartlarini shakllantirmoqda. Xususan, korxona yaqin fursatda uzun yirik hajmli buyumlar — uzunligi 42 metrgacha bo‘lgan oraliq inshootlarning ko‘prik ustunlarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Binokor Temir Beton Servis mijozlari orasida — Kukmara, Golden House, Korzinka, FDG, Autex, BI GROUP, Enter Engineering, NRG va boshqalarni qayd etish mumkin. Temir-beton ishlab chiqarish bo‘yicha raqobatchi tarmoqda rivojlanish sirlarini o‘rganish uchun 7MEN tahririyati Binokor bosh direktori Ulug‘bek Nazarmetov bilan suhbatlashdi.
Ulug‘bek, kasb yo‘lingiz haqida so‘zlab bersangiz. Siz qachon va qay tariqa Binokor bosh direktoriga aylangansiz?
Mening kasb yo‘lim O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish tizimidagi oliy ta’lim muassasalarining birini “Yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlashdan boshlangan. Men huquqni muhofaza qilish organlarida 10 yil ishlagan bo‘lsam, shundan ikki yil – rahbarlik lavozimlarida o‘tgan. Oilaviy sharoitim tufayli faoliyat sohamni o‘zgartirib, qishloq xo‘jalik mashinasozlik sohasidagi davlat xolding kompaniyasida oddiy huquqshunos bo‘lib ishlashimga to‘g‘ri kelgan.
Shunday qilib, 2010-yildan men xo‘jalik-fuqarolik ishlari bo‘yicha huquqshunosga aylandim. 2016-yilda taqdir meni Orient Group bilan uchrashtirdi va u yerda men yuridik bo‘lib boshlig‘i sifatida faoliyatimni boshladim. Orient korxonalarining (BMK, Dsk Binokor, Evaylek Technologies, Building Innovation) turli rahbarlik lavozimlarida ishladim. 2022-yilning dekabr oyidan buyon Binokor Temir Beton Servis bosh direktori lavozimida ishlab kelaman.
Kompaniyaning o‘zi bozordagi 13 yillik faoliyati davomida qanday yo‘lni bosib o‘tdi?
Mislsiz! Binokor kichik korxona sifatida ish boshlagan, ishlab chiqarish quvvatlari kamtarona bo‘lib, kam sonli shtat bilan cheklangan. Avvaliga oddiy buyumlardan boshlab, asta-sekin assortiment kengaytirilib, zamonaviy texnologiyalar joriy etilgan. Biz qurilmalarga faol sarmoya kiritib, xodimlarni o‘qitdik va yirik qurilish kompaniyalari bilan hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘ydik.
Hozirda bizning kompaniya — O‘zbekistonda temir-beton mahsulotlari bozorining yetakchilaridan biri hisoblanadi. Xususan, retroistiqbolda bosib o‘tilgan yo‘lga nazar tashlaydigan bo‘lsak, faxrlanish uchun asoslar topiladi. Albatta, biz rivojlanishda davom etamiz. Men kompaniyaga bosh direktor rolida qaytganimda qator asosiy vazifalarni hal qilish zarar edi: unumdorlikni yaxshilash, mahsulot sifati, mijozlar bilan munosabatlarni yangi ishonch darajasiga olib chiqish. Bu bizning kelgusi o‘sishimiz uchun muhim.
Bu vazifalarni hal qila oldingizmi?
Ha, va endi oldimizda yangi maqsad turibdi: bir vaqtning o‘zida yuqori darajani saqlab turish va rivojlanishda davom etish. Mukammallikning chegarasi yo‘q. Hammasini uddalaganingiz haqida o‘ylasangiz, xotirjam tortishingiz mumkin, ammo katta biznesda bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Biz har bir mijoz oldida doimiy mas‘uliyatli his qilamiz. Biz haqimizda yaxshi fikrlar bildiriladi, buni qadrlaymiz.
Loyihalarni oddiy va murakkablariga ajratasizmi?
Oddiy obyektlar bo‘lmaydi, har bir obyekt o‘z holicha murakkab. Binokor ishtirok etgan har bir qurilish obyektida o‘z qiyinchilari bo‘lgan: loyiha amalga oshirilishining muddati, logistika qiyinchiliklari, xalqaro loyihalarni mahalliy standartlarga moslashtirish va boshqalar.
Zavodingizda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va xarajatlarni kamaytirish uchun qanday innovatsion texnologiyalar yoki usullar qo‘llaniladi?
Temir-beton konstruksiyalarini ishlab chiqarishda, avvalo, sifat va tezlik muhim. Biz bu ko‘rsatkichlarni oshirish, yangi quvvatlarga chiqish, faol rivojlanayotgan bozor sharoitida raqobatbardoshlikni saqlab qolish uchun yangi texnologiyalarni muntazam joriy qilamiz. Mana shu suhbatimiz arafasida biz Germaniyadan kelgan delegatsiyani qabul qildik. Viktor Mextcherin boshligidagi Drezden texnika universitetidagi hamkasblarimiz muxandislik sohasidagi tadqiqotlari hamda Yevropaning yetakchi sanoat korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yganligi bilan nom qozongan.
Tashrif chog‘ida muhim texnologik vazifalar muhokama qilinib, biz korxona bo‘ylab ekskursiya uyushtirdik va akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyamizni ko‘rsatdik. Bu mahsulotimiz sifatining makkasi bo‘lib, aynan shu yerda eng zamonaviy qurilmalarda yuqori malakali mutaxassislar nazorati ostida biz ishlab chiqaradigan barcha temir-beton mahsulotlar pishiqlik, mustahkamlik va xavfsizlik yuzasidan turli sinovlardan o‘tkaziladi. Hamkasblarimiz sinovlar aniqligi va ishonchliligini munosib baholadilar.
Bunday hamkorlikdan qanday samara kutasiz?
Nemis mutaxassislar qurilish materiallarini ishlab chiqarish sohasidagi o‘zining ilg‘or usullari va ilmiy ishlanmalari bilan bo‘lishiga tayyor. Bu hamkorlik bizga texnologiyalarimizni yaxshilashda va mahsulot sifatini oshirishda yordam beradi. Men bunday darajadagi xalqaro aloqalar bizni bozorda yanada muvaffaqiyatli qilishiga ishonaman.
Xalqaro yetakchi kompaniyalarga intilish — ajoyib yo‘nalish.
Tajriba almashuvisiz rivojlanish mumkin emas. Bizning xodimlarimiz Germaniya, Turkiya, Xitoy va boshqa davlatlarga malaka oshirish va yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish uchun muntazam xizmat safarlariga yuboriladi. Bunday safarlardan keyin ularning kasbiy o‘sishini ko’ramiz, kadrlar rivoji esa — Binokor muvaffaqiyatining asosiy garovidan biridir.
O‘zbekiston haqida gapiradigan bo‘lsak, yaqin besh yilda qurilish sohasida qanday trendlarni ko‘rishingiz mumkin?
Yaqin besh yilda qurilish sohasida bir nechta muhim trendlar kutilmoqda. Avvalo ekologik toza va barqaror materiallarga qiziqish o‘sadi. Quruvchilar va iste’molchilar atrof-muhit muhofazasi ahamiyatini tobora ko‘proq anglab bormoqda, shu bois ekologik yechimlar ommalashadi. Bunga yo‘nalish olish zarur.
Shuningdek, trendlar orasida yig‘ma-karkasli-monolit uylar qurilishi, hududlar obodonlashtirilishi, kommunikatsiya va kanalizatsiya tizimlarinig qurilishi, sun’iy inshootlar (ko‘priklar va yo‘laklar) qurilishi va rekonstruksiya qilinishi, shuningdek ularning tayanch qobiliyati bo‘yicha yevrostandart me’yorlariga o‘tishini aytishim mumkin.
Saytingizdagi yangiliklarning birida “Ishonchli maxsus texnika — yaxshi qurilish garovi” deb yozilgan. Texnika parkini qanday tamoyillar asosida qurasiz?
Zavodimiz uchun texnikani tanlashda bir nechta muhim jihatga e’tibor qaratamiz. Birinchidan, texnika ishonchli bo‘lishi, katta yuklamalarga dosh berishi hamda ishlab chiqarish to‘xtab qolmasligi va samaradorlik yo‘qolmasligi uchun to‘xtovsiz ishlashi kerak.
Shuningdek, biz uchun qurilmaning ekologikligi juda muhim. Bunda nima nazarda tutiladi: biz atrof-muhitga kamroq zarar yetkazadigan, past chiqindi chiqarish va yaxshi energiya samaradorligiga ega mashinalarni tanlaymiz. Bu bizga ekologik me’yorlarga amal qilishdan tashqari, tabiat muhofazasiga o‘z hissamizni qo‘shish imkonini beradi. Bundan tashqari, daraxtlar va o‘simliklar ekish orqali hududimizni faol ko‘kalamzorlashtiramiz. Bu ekologik vaziyatni yaxshilash bilan birga, xodimlar uchun yanada yoqimli muhitni yaratadi.
Aksariyat rahbarlar biznes yuritishda o‘z falsafasi va yondashuvlarini ishlab chiqadi. Siz Ulug‘bek Nazarmetovni rahbar sifatida qanday ta’riflagan bo‘lardingiz?
Men jamoaviy faoliyat va ochiqlikka ishonaman. Muvaffaqiyat uchun jamoadagi ijobiy muhit juda muhim.
Yana bir muhim sifat — bu barqarorlik va o‘zgarishlarga tayyorlik. Bozor muntazam o‘zgaradi, rahbar tahlil asosida tegishli qarorlarni qabul qilish orqali yangi sharoitlarga moslashishi zarur.
Fikrimcha, meni strategik fikrlash, yangi g‘oyalarga ochiqlik, maqsad sari intiluvchanlik, jamoa ishini tashkillashtira olish, tez qaror qabul qilish qobiliyati ajratib turadi.
Qanday rahbarlik usuliga amal qilasiz? Siz — qattiqqo‘l rahbarmisiz?
Mening boshqaruv usulimni siyosiy atama bilan ta’riflaydigan bo‘lsam, bu demokratik markazlashuv.
Rahbarlik haqida bilib oldik. Kiyinish borasida qanday uslubni afzal ko’rasiz? Sizningcha, erkak kishi munosib ko‘rinishi uchun qanday tamoyillarga rioya qilish kerak?
Men har kuni zavod bo‘ylab aylanganim sababli ko‘p kiyadigan maxsus formani afzal ko‘raman (kuladi, tah. izohi). Jiddiy aytadigan bo‘lsam, men casual uslubini yoqtiraman. Menimcha, yetakchilikka intiluvchi erkaklarga aynan shu uslub mos keladi. Bunda brendning roli muhim emas. Men brendlar ortidan quvmayman, did bilan tanlangan sifatli kiyimni afzal ko‘raman va men uchun yaxshi kiyim mashhur brendga mansub emasligi muhim emas.
Asosiy xobbingiz haqida so‘zlab bersangiz. Bo‘sh vaqtingizni qanday o‘tkazasiz?
Aslida, bo‘sh vaqt topish muammo — men deyarli bor vaqtimni zavodda o‘tkazaman. O‘z ishimga juda sodiqman. Lekin, to‘laqonli dam olish kunlari bo‘lib qolgan taqdirda, o‘qishni, turli kurslarda ta’lim olishni tanlayman: yurisprudensiya bo‘yicha ixtisosligimdan tashqari, meni iqtisodiyot va menejment qiziqtiradi. Men noyob boshqaruvchi — shunchaki tabiatan yetakchi emas, balki har tomonlama rivojlangan inson ekanligiga ishonaman.
Matn: Aleksandr Shaptala
Foto: Ruslan Mardanov
Reklama huquqlari asosida.