Uning 20 yildan ortiq mehnat faoliyati reteyl sohasida ko‘p qismi Yevropadagi Billa supermarketlari tarmog‘ida o‘tgan yuqori lavozimlarni qamrab oladi. Xalqaro nomga ega brend Nikolay muvaffaqiyatli boshqaruvchi sifatida nom va obro‘ qozongan ijodiy ozuqa maskaniga aylangan. Xususan, qahramonimiz o‘zi dunyoga kelgan Bolgariyadan tashqari, boshqa mamlakatlar, masalar Rossiyada ham tanilishga ulgurgan.
Suhbatdoshmizning tarjimai xoli, aslida, reteyl sohasidagi uzoq yillik karyera bilan cheklanmaydi. The Mag tahririyati Nikolay bilan biznes, O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati va, albatta, motosikllarga nisbatan muhabbati haqida suhbatlashdi. Chamasi, u hayotni to‘laqonli qiluvchi narsalar haqida soatlab gapirishga va buni qiziqarli shaklda taqdim etishga qodir odam.
Siz yaqinda “Makro” bosh direktoriga aylandingiz. Kompaniya hayotingiz va faoliyatingizda qanday paydo bo‘lgani haqida so‘zlab bersangiz.
Buni taqdir deyish mumkin. Men reteyl sohasida katta tajribaga egaman, Billa kompaniyasida 22 yillik faoliyatim davomida, jumladan chet elda ham ko‘plab jiddiy loyihalarni amalga oshirganman. Masalan, men tanaffuslar bilan o‘n yildan ortiq vaqtni Rossiyada o‘tkazib, u yerda keyinchalik “Lenta” tomonidan sotib olingan brendni rivojlantirish ustida ishlaganman.
Reteyl ichkaridan qanday bo‘lishini juda yaxshi bilaman: sotuvlar bo‘limiga rahbarlik qilganman, operatsion direktor bo‘lganman, tavakkallarga qarshi menejment bilan shug‘ullanganman hamda CEO sifatida kompaniyani boshqarganman.
2022-yil oxirida Billa kompaniyasini tark etdim. Navbatdagi katta loyiham siz nomini eshitgan yana bir jahonga mashhur Carrefour brendi bo‘ldi. Shartnoma muddati tugashiga bir oy qolganida “Makro”dagi hamkasblarim men bilan aloqaga chiqdilar va mana endi bu yerdaman.
Qarorni darhol qabul qildingizmi?
Tabiiyki, o‘sha suhbat menda katta taassurot qoldirdi. Menga “Makro”, loyihaning o‘zi va uning g‘oyasi haqida so‘zlab berdilar, men qiziqib qoldim. Shunday qilib, 1-iyundan buyon men O‘zbekistondaman.
Mamlakatimiz yuzasidan taassurotlaringiz qanday? Avval ham bu yerga kelganmisiz?
Avval hech qachon O‘zbekistonga kelmaganman. Taassurotlarim faqat ijobiy! An’analar va zamonaviylikning juda antiqa uyg‘unligi. Negizida takrorlanmas Osiyoga xos xilma-xillik, ba’zi joylarda Yevropaning ta’siri ko‘rinadi. Va albatta, ajoyib mehmondo‘st odamlar. Bu yerda qulaylikda yashash uchun barcha shart-sharoitlar mavjud, Toshkentni har safar o‘zim uchun yangidan kashf etaman. Bundan tashqari, O‘zbekiston iqtisodiy jihatdan jadal rivojlanib bormoqda – aynan shu omil ham mening qarorimga ta’sir ko‘rsatdi.
Siz reteyl bozorining rivojlanishini nazarda tutyapsizmi?
Qisman. Men “Makro” va umuman zamonaviy reteyl uchun ulkan salohiyatni ko‘ryapman. Tushuntirib bersam: bugun, turli baholashlarga ko‘ra, O‘zbekistonda jami oziq-ovqat mahsulotlari tovar aylanmasida modern reteylning ulushi 8,5 foizdan 10,5 foizgacha. Bunday raqamlar 20 yil avval Turkiyada qayd etilgan – hozirda esa zamonaviy chakana xizmatlar bozorning 50 foizini egallagan. O‘zbekistonni ham xuddi shunday jadal rivojlanish kutayotganini ta’kidlash uchun barcha asoslar mavjud. O‘tmishni o‘zgartirish imkonsiz, faqat kelajakni o‘zgartirish mumkin. Men “Makro” eng taniqli brendlardan biri sifatida ushbu yo‘nalishga boshchilik qilishiga va o‘sishning katta ulushiga ega bo‘lishiga ishonaman.
Tabiiyki, ortiqcha sirlarni oshkor qilmagan holda, Siz lavozimingizga qanday biznes-strategiya bilan tayinlandingiz?
Bizning maqsadimiz – “Makro”dagi jarayonlar samaradorligini eng yuqori darajagacha oshirish, har bir xaridorni mamnun qiladigan assortiment, sifat va xizmat darajasiga erishishdan iborat. Xaridor – hamma narsaning markazida. Biz amalga oshirayotgan barcha ishlar faqat xaridor manfaatini ko‘zlaydi.
Men ongli hayotimning katta qismini reteyl sohasida o‘tkazganman. Shunga qaramay, tajribamni oshirishda davom etaman, rivojlanishda to‘xtamayman, dom o‘qiyman va bilimlarimni hamkasblarim bilan o‘rtoqlashaman. Mening boshqaruv usulim ana shunday: oldinga yolg‘iz emas, jamoa bilan birga qadam bosish. Men xodimlarning vakolatlarini oshirib, natijaga erishishni talab qilaman. Hayriyatki, bizda ajoyib yoshlardan iborat jamoa to‘plangan.
Yaqin kelajakdagi rejalaringiz bilan bo‘lisha olasizmi?
12-avgust kuni bo‘lib o‘tgan strategik sessiyada biz “Makro” brendining yangi muhim xabarini aniqlab oldik: “Hammasi siz uchun!”. Bu bizning xaridorga murojaatimiz, u baxtli bo‘lishi uchun bizning va’damiz, mas’uliyatimizdir.
Bu shunchaki oddiy shior emas, biz mehmonlarimizning afzalliklari va odatlarini muntazam ravishda tahlil qilib, olingan ma’lumotlar asosida assortiment va narx siyosatini moslashtiramiz, promoaksiyalar o‘ylab topamiz. Ishonchim komilki, bizdagi yangicha qarashlar xaridorning e’tiboridan chetda qolmaydi. (Kuladi).
Hali hammaning tiliga tushadigan qiziqarli aksiyalar kutilmoqda. Umuman olganda, biz albatta assortiment kengligi, arzon narxlarga urg‘u beramiz. Aytgandek, “eng arzon narxlar” qabilidagi jumlalarni mutlaqo yoqtirmayman. Narxlar adolatli va xaridor uchun hamyonbop bo‘lishi kerak. “Makro” uchun yana bir muhim fokus – mahsulotlarning yangiligi. Sabzavotlar, mevalar, sut mahsulotlari, go‘sht, pishiriqlar – hammasi yuqori darajada bo‘lishi kerak.
Odamlar xaridlarni kechqurun amalga oshirishga odatlangan. Barcha uchun ko‘z oldingda yangi mahsulotlar bilan to‘lgan peshtaxtalarning bo‘lishi hayot me’yoriga aylangan. Ushbu qulaylik ortida nimalar yashiringanini aytib bersangiz. Sifat darajasini saqlab turish uchun qancha odamning mehnati talab etiladi?
Reteylda faqatgina yaxshi tayyorgarlik evaziga muvaffaqiyatga erishish mumkin. Logistika eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Shu bois biz logistika tizimini jiddiy qayta tashkil qilishga tayyormiz. Unda WMS ombor boshqaruvi tizimi bilan ishlash, PBL (pick-by-line) yuklarni qayta ishlash tizimini joriy qilish – tovarni saqlamasdan bevosita taqsimlash, transport ishini GPS (turib qolishlar nazorati, yo‘nalishlar bajarilishi nazorati) yordamida nazorat qilish kabi eng zamonaviy texnologiyalardan foydalaniladi. Natijada yetkazib beruvchilar uchun tovarlarni do‘konlarga yanada tezroq va arzonroq narxda olib kelishni osonlashtiradigan sharoitlar yaratiladi. Shu tariqa, biz qabul qiladigan har qanday qarorlarning markazida turuvchi iste’molchilar uchun tovarlarning maksimal yangiligi ta’minlanadi. Shuningdek, biz logistika platformalarimiz orqali o‘tadigan tovarlar ulushini jami hajmning 80-85 foizigacha oshirishni maqsad qilganmiz.
Yetkazib beruvchilar – boshqotirmaning yana bir muhim bo‘lagidir. Avgust oyida biz ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar, tovar importchilari bilan uchrashuv o‘tkazdik. Anjumanda 200 dan ortiq yetkazib beruvchi ishtirok etdi. Biz ushbu tadbirni amaldagi va salohiyatli sheriklarimiz uchun “Makro” strategiyasi va murojaatini yetkazish, rejalarni muhokama qilish va xaridorlarga yanada yaxshiroq xizmat ko‘rsatish ustida o‘ylash uchun tashkil qildik. Ishonchim komilki, bunday shakldagi tadbir har yili o‘tkaziladi, biz hamkorlarimiz bilan birga oldinga intilishni ko‘zlaganmiz.
O‘tgan yillar tajribasiga nazar tashlar ekansiz, xaridorlarni bozorlardan zamonaviy supermarketlarga jalb qilish qanchalik qiyin vazifa?
Bunday vazifa mavjud emas. Biz an’analarga katta hurmat bilan munosabat bildiramiz, o‘zbeklar asrlar davomida bozorlarga tashrif buyurgan, men ham bu yerga ko‘chib kelganimda xuddi shunday qildim. Chorsuga bir qarang – naqadar xilma-xil odamlar, mahsulotlar va tamomlar. Bozorlarsiz O‘zbekistonni tasavvur qilish qiyin.
Shu bois “Makro” ular bilan raqobatlashishni maqsad qilmagan, aniqrog‘i, biz ularni to‘ldirib turishni istaymiz: xaridorda bozorga borish ehtiyoji mavjud, ammo u yerga har kuni bora olmaysan, ba’zan eng zarur narsalarni uyga yaqin joydan sotib olishga to‘g‘ri keladi. Bunday vaziyatda biz hamkor rolida ishtirok etamiz. Hamyonbop narxlar evaziga sifatli yangi mahsulotlar – biz tomonga chorlaydi. Shuningdek, biz barcha professional reteylerlarga ham hurmat bilan qaraymiz, zero raqobat – taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuchdir. “Makro” raqobatni me’yor va takomillashish yo‘lidagi rag‘batlantirish sifatida qabul qiladi.
Sizningcha, qanday raqobatga oid afzallik “Makro”ni boshqa reteylerlardan ajratib turadi?
Mahsulot sifati va yangiligi. Aniq assortiment. Moslashuvchan narx siyosati. O‘rtacha hajmdagi supermarketda 8-9 mingta artikul, kattasida esa – 12-13 ming artikul mavjud. Barcha mahsulotlar xaridorlarning istagidan kelib chiqib sinchkovlik bilan tanlanadi, bizda makonlar barcha zarur narsalar yaqin va qo‘l ostida turadigan ko‘rinishda shakllantiriladi. Bizda juda kuchli sifat nazorati bo‘limi bo‘lib, u har kuni barcha xavfsizlik standartlari, sanitariya normalari, qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi ustida mehnat qiladi. Biz uchun “Makro”da har bir xaridor o‘zini qulay his qilishi muhimdir, chunki u eng yaxshisiga munosib.
Siz aniq assortiment haqida aytib o‘tdingiz. Har bir mahsulot o‘z o‘rnida turadigan makonni yaratish sehri qanday ishlaydi?
Biz maqsadli auditoriyamizni inobatga olamiz. Toifali menejment nomli fan mavjud. Bu zamonaviy reteylda assortimentni boshqarishning optimal tizimi bo‘lib, u xilma-xillikni yaratish hamda tanlamani xaridor va uning istaklariga mos ravishda toraytirish imkonini beradi. Biz mijozlarimizni juda yaxshi bilamiz va mavjud barcha vositalar orqali ular bilan aloqani saqlaymiz: mobil ilova, sodiqlik kartalari, ijtimoiy tarmoqlarimiz, sayt, call-markazlar. Biz doim mehmonlarimiz istaklariga va ular bilan qayta aloqaga chiqishga katta e’tibor qaratamiz. Bu va boshqalar do‘konimizni doim yanada yaxshilash uchun yetarlicha ma’lumotni ta’minlaydi.
Besh yildan keyin “Makro” kelajagini qanday ko‘rasiz?
“Makro” har bir xaridorning sherigiga hamda har doim va har yerda ishonish mumkin bo‘lgan brendga aylanadi. Do‘konlarimiz soni ortadi, geografiyani kengaytirishni rejalashtirganmiz. Bugungi kunda Toshkentda, Vodiyda – Andijon, Farg‘ona va Namanganda mavjudmiz. Hozirda biz joylashgan tumanlarning salohiyatini rivojlantirishda va yangilarini qamrab olishda davom etamiz.
Siz asli Bolgariyadansiz. Vataningizni sog‘inasizmi?
Men hatto uyda bo‘lganimda ham vatanimni sog‘inaman. (Kuladi). Bu shunchalik go‘zal mamlakatki, uning bir qismida bo‘lganingda boshqa joyini albatta sog‘inasan. Biroq men baxtliman, chunki oilam shu yerda, O‘zbekistonda men bilan birga. Mening ikki o‘g‘lim bor, kattasi 12 yoshda, kichigi o‘nda. Ular avgustda yonimga uchib kelishdi.
“Makro”da ishlashga qaror qilganimda bir narsani tushungandim: uzoq vaqtga ko‘chib ketyapman va 120 foizga mehnat qilishim kerak. Bor tajribam, bilim va qobiliyatlarimni – hammasini bu yerga olib keldim. Hattoki xatolarimni ham olib keldim, zero tajriba – bu xatolar va ulardan chiqarilgan xulosalardir. Oilam bu yerdan qariyb 5 ming kilometr uzoqlikda bo‘lsa, o‘zimni “Makro”da tasavvur qila olmasdim.
Nima uchun hayotda bir marta bo‘lsa ham Bolgariyaga tashrif buyurish kerakligi haqida O‘zbekiston aholisiga so‘zlab bersangiz.
Bir marta bilan cheklanib qolmang-da! (Kuladi). Aslida Bolgariyada ko‘p narsalar sizni quvontirishi va ajoyib taassurot qoldirishi mumkin. Chang‘ida yoki snoubordda uchishni tavsiya qilaman, bizda zo‘r qishki kurortlar ko‘p. Yoz haqida esa, menimcha, ortiqcha gapga hojat yo‘q: Bolgariya – ajoyib plyajlar va iliq Qora dengiz joylashgan mamlakat.
Keyingi yillarda qishloq turizmi ham ommalashgan. Bunda sayohatchilar an’anaviy uylarda yashab, uy taomlarini tatib ko‘radilar va qishloq hayotidan bahramand bo‘ladilar.
Mamlakatimizda turli madaniyat vakillariya istiqomat qiladi, u Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi Bolqon yarim oroli markazida qulay joylashgan. Bu holat turfa xil arxitektura, yorqin oshxona, mamlakatimda yashovchi odamlarda aks etgan. Bizdagi odamlar quvnoq va do‘stona yashaydilar.
Plovdivga tashrif buyurishni tavsiya qilaman. Bu Yevropadagi eng qadimiy shahar bo‘lib, u Afina, Konstantinopol va Rimdan ham kattaroq – 6 ming yoshda. Avvallari u Aleksandr Makedonskiyning otasi Filipp sharafiga Filippopol deb nomlangan. Plovdiv uning sevimli shahri bo‘lgan.
Siz motosikllarga qiziqar ekansiz. Ular katta biznesga bo‘lgan qiziqishdan avval paydo bo‘lganmi?
Hammasi bir zumda yuz bergan. Hech esimdan chiqmaydi, men 2006-yil 25-dekabrda uyg‘onganimda hayolimda bir fikr aylanardi: motosiklda yurishni xohlayman. Lekin o‘sha vaqtgacha bunday fikr bo‘lmagan. Shunday qilib, imkoniyatlarni izlay boshladim, axir imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q, to‘g‘rimi? U vaqtlarda internet hozirgidek rivojlanmagan edi, shu bois eski gazetani ochib, e’lonlargacha varaqlab chiqdim va haydovchilik kurslari reklamasini ko‘rib qoldim. 2007-yil 15-yanvarda motosikl haydash bo‘yicha guvohnoma qo‘limda edi. O‘shandan buyon po‘lat tulpor – hayotimning ajralmas qismiga aylangan.
Nechta motosiklingiz bor?
Jami bo‘lib to‘rtta, hozirda ikkita. Katta Honda Gold Wing sayohat motosikli va 1 900 kubli Yamaha Midnight Star chopperi.
Motosikl haydash Sizga ruhiy ma’noda nima beradi? Bu stressni yo‘qotish usulimi yoki bunda erkinlik va ilhom izlaysizmi? Siz uchun bayker bo‘lish nimani anglatadi?
Men faol odamman, bir joyda qotib o‘tirishim qiyin. Men uchun bu harakatdagi meditatsiya usulidir. Bu xotirjamlik, tabiat bilan uyg‘unlik va, albatta, erkinlik hissidir. O‘z hayollaring bilan yolg‘iz qolish, fikrlash hamda to‘g‘ri xulosa va yechimlarga kelish mumkin bo‘lgan ajoyib vaqt.
Shuningdek, men motosikl haydash jarayonining o‘zidan zavqlanaman. Motosikl tufayli mashina bora olmaydigan ko‘plab go‘zal joylarni ko‘rdim. Motosikl haydovchisining asosiy qoidasi – yo‘qolib qolish. Aynan yo‘qolganda, ko‘zing oqqan tomonga ketganda, albatta qandaydir qiziq va manzarali joyni topasan.
Yana bir qiziqishim – bu futbol. O‘g‘illarim bilan birga ko‘pincha stadionga boramiz, biz “Levski” klubining muxlisimiz. Katta o‘g‘lim haqiqiy ensiklopediya: futbol haqida televideniyedagi ekspertlardan ko‘proq biladi – ularni tuzatib o‘tiradi. Va u hech qachon yanglishmaydi, chunki mavzuga juda qiziqadi.
Bolalar futbol bilan shug‘ullanishadimi?
Bolgariyada shug‘ullanishardi. Shuningdek, ikkala o‘g‘lim olti yildan ortiq txekvondo bilan shug‘ullanadi. Ular ko‘plab, jumladan xalqaro miqyosdagi g‘alaba va medallarga erishgan. Butun oilamiz sportni yaxshi ko‘radi. O‘zbekistonda ham biz albatta sport bilan shug‘ullanishda davom etamiz.
Reklama huquqlari asosida
Matn: Aleksandr Shaptala
Foto: Ruslan Mardanov